{"id":10310,"date":"2025-06-09T17:41:16","date_gmt":"2025-06-09T12:41:16","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=10310"},"modified":"2025-06-09T17:41:16","modified_gmt":"2025-06-09T12:41:16","slug":"avtoturargohlar-faoliyati-boyicha-jamoatchilik-nazorati-tadbirlari-otkazilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/10310","title":{"rendered":"Avtoturargohlar faoliyati bo\u2018yicha jamoatchilik nazorati tadbirlari o\u2018tkazilmoqda"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018IHHQJ Federatsiyasi hamda Farg\u2018ona viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan kuzatuv-o\u2018rganishlar rejasi asosida viloyat hududidagi bozorlar, yirik savdo va ko\u2018ngilochar maskanlar avtoturargohlari tomonidan ko\u2018rsatilayotgan xizmatlar holati jamoatchilik nazorati tartibida o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>O\u2018rganish bilan, tanlama asosda, viloyat hududidagi 27 ta xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarga qarashli bo\u2018lgan avtoturargohlar qamrab olindi. O\u2018rganishlarga O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan &#171;Yo\u2018l harakati qoidalari&#187; va 31.07.2013 yildagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan &#171;Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizom&#187; talablari asos qilib olindi.<\/p>\n<p>O\u2018rganilgan 27 ta avtoturargohlarning 2 tasi hech qanday hujjatlarsiz faoliyat ko\u2018rsatayotganligi ma&#8217;lum bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Amaldagi qonunchilikka ko\u2018ra, avtoturargohda xizmat ko\u2018rsatuvchi yuridik shaxs nomi, ish rejimi, telefon raqami ko\u2018rsatilgan \u00abPulli avtomobillar to\u2018xtash joyi\u00bb lavhasi mavjud bo\u2018lishi kerak. Lekin ularning 10 tasida ushbu lavhalar qo\u2018yilmagan.<\/p>\n<p>&#171;Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizom&#187;ga asosan mazkur xizmatlarni ko\u2018sratayotgan xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar tomonidan iste&#8217;molchilar tanishishi uchun qulay joyga avtomototransport vositalarini saqlash qoidalari osib qo\u2018yilishi kerak. Lekin ushbu Qoidalar o\u2018rganilgan xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarning 7 tasidagina mavjud bo\u2018lib, 18 tasida qo\u2018yilmagan.<\/p>\n<p>O\u2018rganilgan sub&#8217;ektlarning 12 tasida iste&#8217;molchilarni yong\u2018in xavfsizligi talablariga amal qilish yuzasidan tegishli ogohlantirishlar qo\u2018yilmagan.<\/p>\n<p>Shuningdek, Nizomga ko\u2018ra, aholi vakillari tanishishi uchun qulay joyga avtomototransport vositalarini qabul qilib olish va saqlash uchun mas&#8217;ul shaxslarning vazifalari qo\u2018yilgan bo\u2018lishi lozim bo\u2018lib, sub&#8217;ektlarning 11 tasida ushbu vazifa ijrosi ta&#8217;minlanmagan.<\/p>\n<p>Qonun va nomi zikr etilgan Nizomga asosan ko\u2018rsatiladigan xizmatlar uchun amaldagi tariflar to\u2018g\u2018risida ma&#8217;lumotlar taqdim qilinishi lozim bo\u2018lsada, ushbu talab ijrosi sub&#8217;ektlarning 10 tasida ta&#8217;minlanmagan.<\/p>\n<p>Qonunchilikka ko\u2018ra, mazkur xizmatlarni ko\u2018rsatayotgan yuridik shaxsning davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tganligini tasdiqlovchi guvohnomasidan nusxa iste&#8217;molchilar tanishishi uchun qulay joyga o\u2018rnatilishi lozim bo\u2018lsada, sub&#8217;ektlarning 16 tasida mazkur talab bajarilmagan.<\/p>\n<p>&#171;Yo\u2018l harakati qoidalari&#187;dan ma&#8217;lumki, avtomobillar to\u2018xtab turish joylari ko\u2018k rangdagi 5.15 &#171;To\u2018xtab turish joyi&#187; maxsus yo\u2018l belgisi bilan jihozlanishi, bu haqda oldindan ma&#8217;lumot taqdim qilinishi lozim. Agar mazkur to\u2018xtab turish joyi pulli bo\u2018ladigan bo\u2018lsa, ob&#8217;ekt sariq rangdagi 5.15.1 &#171;Pullik to\u2018xtab turish joyi&#187; maxsus yo\u2018l belgisi bilan jixozlanishi lozim bo\u2018ladi. Sababi, bu yerda qonunga ko\u2018ra iste&#8217;molchiga bu haqda oldindan ma&#8217;lumot berilishi lozimligi bo\u2018yicha normadan kelib chiqiladi. O\u2018rganilgan avtoturargohlar pulli bo\u2018lgani holda, ularning 7 tasi 5.15 &#171;To\u2018xtab turish joyi&#187; maxsus yo\u2018l belgisi bilan jixozlangan va bu boradagi qonun talablari to\u2018laqonli bajarilmayotgan bo\u2018lsa, ularning 15 tasi umuman hech qanday yo\u2018l belgisi bilan jixozlanmagan holda faoliyatini olib bormoqda. Ushbu holat nafaqat iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilikka, balki &#171;Yo\u2018l harakati qoidalari&#187;ga ham ziddir.<\/p>\n<p>Shuning bilan birgalikda, sub&#8217;ektlarning 13 tasida kirish (chiqish) uchun ajratilgan joyda nazoratchi-kassirning xonasi (budkasi) bo\u2018lishi talabi, 20 tasida nazoratchi-kassirning xonasi (budkasi)ning tashqi tomoniga ko\u2018rinarli joyda avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari ko\u2018rsatish tariflari va shartlari yirik harflarda yozilgan (harflarning yirikligi kamida 3 sm bo\u2018lgan) yozuv joylashtirilishi bo\u2018yicha talablar bajarilmagan, 13 tasida avtomototransport vositalarini joylashtirish tegishli sxemasi mavjud emas, 11 tasida nogironlarning avtomototransport vositalari uchun maxsus jihozlangan kamida ikkita joy mavjud bo\u2018lishi talabi, 5 tasi qattiq qoplama bilan, 5 tasi yoritish vositalari bilan jixozlanmagan, 3 tasida chiqindi to\u2018plash uchun konteynerlarni mavjud bo\u2018lishi bo\u2018yicha talab bajarilmagan, 8 tasida yong\u2018inga qarshi vositalar yo\u2018q, 8 tasida pulli xizmatlar uchun to\u2018lovlarni naqd va naqd pulsiz amalga oshirish imkoniyatlari to\u2018liq yaratilmagan (NKM yoki to\u2018lov terminalidan bittasi yo\u2018q), 2 ta sub&#8217;ektda esa umuman yaratilmagan (NKM, to\u2018lov terminalining har ikkisi yo\u2018q).<\/p>\n<p>O\u2018rganish ishlari olib borilishi davomida xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarga amaldagi qonunchilik targ\u2018iboti olib borildi. Uning yakunlari bo\u2018yicha tayyorlangan yakuniy ma&#8217;lumotnomaning tegishli qismlari vakolati doirasida chora-tadbirlar ko\u2018rilishi uchun tegishli idoralarga kiritiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018IHHQJ Federatsiyasi hamda Farg\u2018ona viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan kuzatuv-o\u2018rganishlar rejasi asosida viloyat hududidagi bozorlar, yirik savdo va ko\u2018ngilochar maskanlar avtoturargohlari tomonidan ko\u2018rsatilayotgan xizmatlar holati jamoatchilik nazorati tartibida o\u2018rganildi. O\u2018rganish bilan, tanlama asosda, viloyat hududidagi 27 ta xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarga qarashli bo\u2018lgan avtoturargohlar qamrab olindi. O\u2018rganishlarga O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuni, Vazirlar Mahkamasining [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10312,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-10310","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":70,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10310"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10310"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10310\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10313,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10310\/revisions\/10313"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10312"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10310"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10310"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10310"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}