{"id":10744,"date":"2025-08-22T17:59:39","date_gmt":"2025-08-22T12:59:39","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=10744"},"modified":"2025-08-25T07:08:55","modified_gmt":"2025-08-25T02:08:55","slug":"brifing-rishton-tuman-ihhq-jamiyati-faoliyati-yuzasidan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/10744","title":{"rendered":"BRIFING || Rishton tuman IHHQ jamiyati faoliyati yuzasidan"},"content":{"rendered":"<h4>Federatsiyaning Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi media tadbirlar rejasi asosida &#171;Rishton tumani Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste&#8217;molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o\u2018rganish natijalari&#187; yuzasidan brifing o\u2018tkazildi.<\/h4>\n<p><em>Brifing spikeri: Rishton tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Abrorjon Sobirov.<\/em><\/p>\n<p>Rishton tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o\u2018z faoliyatini Federatsiya Ustavi, yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlari hamda tuman jamiyatining 2025 yil asosiy faoliyat yo\u2018nalishlari rejasi, shuningdek hamkor tashkilotlar bilan birgalikda imzolangan Memorandumlar, dasturlar va chora-tadbirlar rejalari asosida amalga oshirib kelmoqda.<\/p>\n<p>Faoliyatimizni samarali amalga oshirishda O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cIjtimoiy sheriklik to\u2018g\u2018risida\u201dgi va sohaga oid boshqa qonunlar hamda qonunosti hujjatlari dasturilamal bo\u2018lib xizmat qilmoqda. Shu o\u2018rinda, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi \u201cMamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmoni faoliyatimizni yanada samarali olib borishimizda bizga katta kuch va ko\u2018mak berganligini ham aytib o\u2018tish lozim.<\/p>\n<p>Asosiy faoliyat yo\u2018nalishlarimizdan biri iste&#8217;molchilarning huquqiy bilimi va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish ekan, bu birinchi navbatda \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun mazmun-mohiyatini, shuningdek sohaga oid qonunchilik asoslarini aholining keng qatlamlari ongiga yetkazishdan iboratdir. Ushbu maqsadlarda o\u2018tgan 2024 yil va joriy yilning o\u2018tgan 7 oyi mobaynida tuman jamiyati tomonidan 42 ta og\u2018zaki targ\u2018ibot shaklidagi va 94 ta yozma targ\u2018ibot shaklidagi tadbirlarni tashkilladik. Bu esa aholining keng qatlamlariga iste&#8217;mol sohasiga oid huquqlari buzilganda o\u2018z huquqlarini mustaqil, davlat va sud idoralari yordamida, shuningdek iste&#8217;molchilarinng jamoat birlashmalari ko\u2018magida himoya qilinishi haqida zaruriy bilim va ko\u2018nikmalarni shakllanishiga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Faoliyatimiz davomida iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik ijrosini ta&#8217;minlanishida, aholi (iste&#8217;molchilar)ning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi yo\u2018lida mamlakatimizning \u201cJismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuni bilan ham yaqindan ishlashimizni taqozo qiladi.<br \/>\nO\u2018tgan o\u2018tgan davrda jamiyatimizga iste&#8217;molchilar tomonidan 68 ta murojaatlar kelib tushgan bo\u2018lib, shulardan 12 tasi Federatsiya ishonch telefoni va telegram boti orqali, 4 tasi huquqni muhofaza qilish idoralari orqali kelib tushgan bo\u2018lsa, qolgan 52 ta murojaat tuman jamiyatimizga yozma va og\u2018zaki tarzda to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri kelib tushgan murojaatlardan iborat bo\u2018lgan.<br \/>\nMurojaatlarni o\u2018rganib chiqilishi natijalari bilan iste&#8217;molchilar foydasiga 51 mln 253 ming 373 so\u2018m, shundan joriy yilning o\u2018zida 27 mln 103 ming 523 so\u2018m mablag\u2018lar hal etib berildi.<br \/>\nKelib tushgan murojaatlarni tarkibiga qaralsa, ularning 11 tasi og\u2018zaki, 39 tasi yozma, 2 tasi elektron shaklda kelib tushganligi, sohalar kesimida ko\u2018rilganda, eng ko\u2018pi, ya&#8217;ni 48,4 foizi savdo sohasiga to\u2018g\u2018ri kelganligi, 25,8 foizi esa elektr va gaz ta&#8217;minoti masalalariga, 16 foizi kommunal xizmat ko\u2018rsatish (va servis) sohasiga, 9,8 foizi suv ta&#8217;minoti hamda chiqindilarni olib ketish xizmatlari sohalariga to\u2018g\u2018ri kelganligi ma&#8217;lum bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Yuqoridagilarga yana shuni qo\u2018shimcha qilish mumkinki, tuman jamiyati qoshida tashkil etilgan \u201cIste&#8217;molchi bilan muloqot\u201d huquqiy maslahatxonalari orqali ham aholi vakillarimizga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko\u2018rsatib kelinmoqda. Jumladan, o\u2018tgan davrda ushbu maslahatxona orqali 68 nafar fuqarolarga savdo, elektr, gaz, suv ta&#8217;minoti, transport, aloqa (internet), kommunal xo\u2018jalik va boshqa sohalar yuzasidan huquqiy maslahat va amaliy yordamlar ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p>Shuning bilan birgalikda, tuman jamiyati tomonidan federatsiya hamda hududiy birlashma topshiriqlari asosida, ichki bozorda sotilayotgan iste&#8217;mol tovar (ish, xizmat)lari sifati va xavfsizligini amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi yuzasidan 2024 yilda 18 ta, joriy yilning o\u2018tgan davrida esa 16 ta jamoatchilik nazorati tartibidagi kuzatuv (o\u2018rganuv)lar ham o\u2018tkazilib, o\u2018rganish yakunlari bo\u2018yicha yuqori turuvchi idoralarga tegishli ma&#8217;lumotnomalar kiritildi.<\/p>\n<p>Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan hudud aholisining iste&#8217;molchilik sohasiga oid bilimlarini va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib borish ishlari tizimli asosda davom ettirilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Federatsiyaning Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi media tadbirlar rejasi asosida &#171;Rishton tumani Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste&#8217;molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o\u2018rganish natijalari&#187; yuzasidan brifing o\u2018tkazildi. Brifing spikeri: Rishton tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Abrorjon Sobirov. Rishton tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o\u2018z faoliyatini Federatsiya Ustavi, yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlari [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10745,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-10744","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":33,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10744"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10744"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10744\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10747,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10744\/revisions\/10747"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10745"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10744"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10744"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10744"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}