{"id":10803,"date":"2025-09-06T10:47:52","date_gmt":"2025-09-06T05:47:52","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=10803"},"modified":"2025-09-08T11:56:25","modified_gmt":"2025-09-08T06:56:25","slug":"erkin-narxlar-sharoitida-tanlov-huquqimizdan-orinli-va-samarali-foydalanaylik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/10803","title":{"rendered":"Erkin narxlar sharoitida tanlov huquqimizdan o\u2018rinli va samarali foydalanaylik"},"content":{"rendered":"<h4>Buvayda tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning &#171;Beglar&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi S.O.ning tuman markazidagi kiyim-kechak bozoridan farzandi uchun xarid qilgan kiyimni pulini qaytarib olish borasida sotuvchiga qilgan murojaati qanoatlantirilmaganligi, masalani qonuniy o\u2018rganib chiqib hal qilib berilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o\u2018rganildi.<\/h4>\n<p>Iste&#8217;molchiga ko\u2018ra, u tuman markazi Yangiqo\u2018rg\u2018on qishlog\u2018ida joylashgan kiyim-kechak bozorida savdo faoliyati olib borayotgan sotuvchidan farzandi uchun 130 000 so\u2018mga yubka sotib olgan. Xarid qilinib olib ketilgan yubka farzandiga biroz mos kelmagani sababidan uni shu kunni o\u2018zida do\u2018konga qaytarib olib kelgan va pulini qaytarib berilishini so\u2018ragan iste&#8217;molchining talabi bajarilmagan. Vaziyatga tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi aralashuvi bilan yubka sotuvchi tomonidan qaytarib olinib, pul iste&#8217;molchiga qaytarilgan bo\u2018lsada, iste&#8217;molchi murojaatidagi bir holatga e&#8217;tiboringizni qaratishni lozim topdik. Xususan, iste&#8217;molchi murojaatida &#171;xuddi shunday yubkalar boshqa do\u2018konda arzon sotilayotgani&#187;ni ham tovarni qaytarishga asos bo\u2018luvchi vaj deb hisoblaydi. Lekin amaldagi qonunchilik va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi savdo tartib-qoidalari buni qonunbuzilishi holati deb hisoblamaydi. Bir xil tovar uchta do\u2018konda uch xil narxda sotilishi mumkin. Bir xil tovarga nisbatan iste&#8217;molchilarning talabi ortishi va ushbu talab tegishli taklif bilan muvozanatga keltirilmasligi ortidan narxlar oshishi yoxud bozorga bir xil turdagi tovarni talabga nisbatan ortiqcha taklif qilinishi ortidan narxlar pasayishi ham mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlar erkin bo\u2018lib, ular bozordagi talab va taklif asosida boshqarib boriladi.<\/p>\n<p>Faqatgina ijtimoiy ahamiyatga ega bo\u2018lgan shunday tovarlar borki, ular ustidan Hukumat nazorati o\u2018rnatilib, ularga biror bir aniq narx yoki narxlarning quyi va yuqori chegaralari belgilab qo\u2018yilishi, ana shu chegaralarni buzishgina qoida buzilishi holati deb e&#8217;tirof etilishi mumkin. Masalan, monopol soha bo\u2018lgan elektr energiyasi tariflari respublika bo\u2018yicha bir xilda qilib belgilangan bo\u2018lsa, ichimlik suvi uchun to\u2018lovlar mamlakatning muayyan ma&#8217;muriy-hududiy birliklari uchun boshqa-boshqa qilib belgilangan, dori-darmon vositalarining aksariyatiga yuqori chegaradan o\u2018tib ketmaslikni ko\u2018zda tutuvchi qoidalar amal qiladi. Agar iste&#8217;molchi xuddi shunday tovar (ish, xizmat)lardan birini xarid qilgan va narxlar belgilangan chegaradan o\u2018tib ketganlik holati bo\u2018yicha murojaat yo\u2018llasa, ushbu holatda vakolatli idoralar tomonidan uning murojaati asosida tegishli choralar ko\u2018riladi.<\/p>\n<p>Shu sababli hurmatli iste&#8217;molchilarimizdan, bugungi kunda bozordagi aksariyat tovarlarga nisbatan erkin narxlar qo\u2018llanilishini, shuning bilan birgalikda xuddi shunday tovarni bir joyning o\u2018zida bir necha sotuvchi tomonidan sotilishini va sotuvchilar o\u2018rtasida raqobat, iste&#8217;molchida esa tanlov imkoniyati mavjudligini inobatga olib, tovarlar sotib olishda, ish va xizmatlarga buyurtma berishda o\u2018zlarining tanlov huquqlaridan o\u2018rinli va samarali foydalanishlarini so\u2018rab qolamiz.<\/p>\n<p><strong>Asrorjon Yigitaliyev,<\/strong><br \/>\n<em>jamiyat raisi.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buvayda tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning &#171;Beglar&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi S.O.ning tuman markazidagi kiyim-kechak bozoridan farzandi uchun xarid qilgan kiyimni pulini qaytarib olish borasida sotuvchiga qilgan murojaati qanoatlantirilmaganligi, masalani qonuniy o\u2018rganib chiqib hal qilib berilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o\u2018rganildi. Iste&#8217;molchiga ko\u2018ra, u [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10804,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-10803","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":40,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10803"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10803"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10803\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10806,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10803\/revisions\/10806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10804"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10803"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10803"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10803"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}