{"id":10832,"date":"2025-09-12T11:20:41","date_gmt":"2025-09-12T06:20:41","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=10832"},"modified":"2025-09-12T14:23:41","modified_gmt":"2025-09-12T09:23:41","slug":"korsatilmagan-hamda-korsatilmagan-xizmat-yuzasidan-etirozlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/10832","title":{"rendered":"&#171;Ko\u2018rsatilmagan&#187; xizmatlar yuzasidan e&#8217;tirozlar"},"content":{"rendered":"<h4>Aholini suyultirilgan ugledorov gazi bilan ta&#8217;minlash ishlari Hukumatning tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilib, ushbu jarayonda, albatta, iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik talablariga amal qilinishi talab etiladi. Shu sababli ham iste&#8217;molchilardan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga bu boradagi turli masalalar yuzasidan murojaatlar bo\u2018lib turadi.<\/h4>\n<p>Quva tuman &#171;Gulobod&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida istiqomat qiluvchi V.S. Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilib, xonadonida nevarasi so\u2018nggi marta maishiy gaz balloni olgan vaqtida texnik xizmat ko\u2018rsatish uchun deb undan qo\u2018shimcha 35 000 so\u2018m pul olishganligini, lekin hech qanday xizmat ko\u2018rsatilmaganligini ma&#8217;lum qilib, ushbu masalaga oydinlik kiritib berilishini so\u2018ragan. Amaldagi qonunchilikka ko\u2018ra, ijrochi ko\u2018rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Ushbu masala tuman gaz idorasi mas&#8217;ullari bilan o\u2018rganilishi jarayonida iste&#8217;molchining shikoyatida keltirilgan vajlar o\u2018rinli ekanligi ma&#8217;lum bo\u2018lib, o\u2018rganish yakunlari bilan ko\u2018rsatilmagan xizmat uchun olingan pul mablag\u2018i iste&#8217;molchiga to\u2018liq qaytarildi.<\/p>\n<p>Yana bir holat. Qo\u2018qon shahar &#171;Arziktepa&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida yashovchi K.X.ning avtomobillarga suyultirilgan gaz yoqilg\u2018isini quyish shoxobchasida uning maishiy gaz balloniga gaz to\u2018ldirib bermaganliklari, ya&#8217;ni xizmat ko\u2018rsatilmagani holati yuzasidan Federatsiya ishonch telefoniga qilgan murojaati o\u2018rganildi. Avvalo shuni alohida ta&#8217;kidlab o\u2018tish joizki, &#171;O\u2018zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari&#187;ning 189-bandiga ko\u2018ra, sotuvchi (xizmat ko\u2018rsatuvchi) tomonidan iste&#8217;molchiga asossiz ravishda xizmatlar ko\u2018rsatmaslik savdo qoidalarining buzilishi deb e&#8217;tirof etilib, O\u2018zbekiston Respublikasining Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksiga va O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo\u2018lishi belgilab qo\u2018yilgan. Lekin o\u2018rganishda &#171;Avg`onbog&#187; MChJ yoqilg\u2018i quyish shoxobchasi mas&#8217;ullari tomonidan ular lisenziyasi bo\u2018yicha avtomobillarga yoqilg\u2018i quyish faoliyatini amalga oshirishlari, aholi qo\u2018lidagi maishiy gaz ballonlariga xizmat ko\u2018rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun shoxobchada tegishli ruxsatnoma yoki lisenziya mavjud emasligi ma&#8217;lum qilinib, iste&#8217;molchiga bu yo\u2018nalishda &#171;xizmat ko\u2018rsatilmagan&#187;ligining qonuniy sabablari ko\u2018rsatib o\u2018tilgan. O\u2018rganish doirasida ushbu holat inobatga olinib, bu haqda iste&#8217;molchiga tushuntirishlar berilgan va javob xati yuborilgan.<\/p>\n<p><strong>Axmadjon Tuxtaboev,<\/strong><br \/>\n<strong>Muhammadjon O\u2018lmasov,<\/strong><br \/>\n<em>Quva tuman va Qo\u2018qon shahar jamiyati mutaxassislari.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aholini suyultirilgan ugledorov gazi bilan ta&#8217;minlash ishlari Hukumatning tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilib, ushbu jarayonda, albatta, iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik talablariga amal qilinishi talab etiladi. Shu sababli ham iste&#8217;molchilardan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga bu boradagi turli masalalar yuzasidan murojaatlar bo\u2018lib turadi. Quva tuman &#171;Gulobod&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10834,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-10832","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":33,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10832"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10832"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10832\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10836,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10832\/revisions\/10836"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10834"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10832"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10832"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10832"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}