{"id":10882,"date":"2025-09-22T09:21:02","date_gmt":"2025-09-22T04:21:02","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=10882"},"modified":"2025-09-22T09:21:02","modified_gmt":"2025-09-22T04:21:02","slug":"kommunal-xizmatlar-istemolchilari-tegishli-tashkilotning-rasmiy-saytidagi-shaxsiy-kabinetlarini-boshqarishni-organishlari-muhim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/10882","title":{"rendered":"Kommunal xizmatlar iste&#8217;molchilari tegishli tashkilotning rasmiy saytidagi shaxsiy kabinetlarini boshqarishni o\u2018rganishlari muhim"},"content":{"rendered":"<h4>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga kommunal xizmatlar (elektr, gaz, suv ta&#8217;minoti) iste&#8217;molchilaridan ularga hisoblangan asossiz qarzdorliklar masalasida turli murojaatlar bo\u2018lib turadi. Murojaatlarni o\u2018rganish jarayonida esa, bugungi axborot asrida, aksariyat hollarda iste&#8217;molchilar yuqoridagi xizmatlarni ko\u2018rsatuvchi idoralarning rasmiy saytlarida o\u2018z shaxsiy kabinetlari tashkil qilinganligini bilmasliklari yoki ushbu qulaylikka e&#8217;tiborsizlik bilan qaralishi holatlariga duch kelinadi.<\/h4>\n<p>Misol tariqasida ichimlik suvi iste&#8217;molchilari uchun &#171;O\u2018zsuvta&#8217;minoti&#187; AJning uzsuv.uz rasmiy saytida tashkil qilingan iste&#8217;molchi shaxsiy kabinetini olib ko\u2018raylik. Iste&#8217;molchi mazkur kabinetga vaqti-vaqti bilan kirib, suv hisoblagichi ko\u2018rsatkichlarini kiritib borishi talab qilinadi. Ushbu ko\u2018rsatkichlarni o\u2018z vaqtida kiritib borilmasligi yoki uzoq vaqt kiritilmasdan qolishi esa dastur egasi hisoblangan ichimlik suvi ta&#8217;minoti tashkiloti tomonidan iste&#8217;molning o\u2018rtacha ko\u2018rsatkichlari kiritilishiga va buning natijasida xonadonda ichimlik suvi hajmi iste&#8217;mol bo\u2018lmagani yoki o\u2018rtachaga nisbatan kamroq iste&#8217;mol bo\u2018lgani holda, dasturga ko\u2018proq hajm kiritib yuborilishiga va asoslanmagan qarzdorlik summalarini yuzaga kelishiga sabab bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Oltiariq tumanida yashovchi I.M.ning Federatsiya 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatini o\u2018rganish davomida ham shu holat kuzatildi. O\u2018rganishda xonadonda ichimlik suv iste&#8217;moli suv hisoblagich vositasida olib borilishi, lekin iste&#8217;molchi tomonidan suv hisoblagich ko\u2018rsatkichlarini billing bazaga o\u2018z vaqtida kiritib borilmaganligi sababli 508 000 so\u2018m asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi ma&#8217;lum bo\u2018lib, o\u2018rganish ishlari doirasida mazkur qarzdorlikni bartaraf qilish chora-tadbirlari ko\u2018rilgan bo\u2018lsada, bu holat iste&#8217;molchining turli idoralarga murojaat qilishga, oqibatda qimmatli vaqt va asablarini yo\u2018qotishiga sabab bo\u2018lganligi achinarlidir.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, kommunal xizmatlar iste&#8217;molchilariga &#171;O\u2018zsuvta&#8217;minot&#187; AJ, &#171;Hududgazta&#8217;minoti&#187; AJ va &#171;Hududiy elektr tarmoqlari&#187; AJ kabi idoralarning rasmiy saytlarida iste&#8217;molchilar uchun shaxsiy kabinetlar tashkil qilinganligi, mazkur kabinetlarga vaqti-vaqti bilan kirib shaxsiy hisob raqamlarida bo\u2018layotgan o\u2018zgarishlardan doimiy xabardor bo\u2018lib borishlarini, shuningdek lozim o\u2018rinlarda tegishli ko\u2018rsatkichlarni kiritib borishlarini so\u2018rab qolamiz.<\/p>\n<p><strong>Dilobar Dadaxonova,<\/strong><br \/>\n<em>jamiyat mutaxassisi.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga kommunal xizmatlar (elektr, gaz, suv ta&#8217;minoti) iste&#8217;molchilaridan ularga hisoblangan asossiz qarzdorliklar masalasida turli murojaatlar bo\u2018lib turadi. Murojaatlarni o\u2018rganish jarayonida esa, bugungi axborot asrida, aksariyat hollarda iste&#8217;molchilar yuqoridagi xizmatlarni ko\u2018rsatuvchi idoralarning rasmiy saytlarida o\u2018z shaxsiy kabinetlari tashkil qilinganligini bilmasliklari yoki ushbu qulaylikka e&#8217;tiborsizlik bilan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10884,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-10882","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":38,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10882"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10882"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10882\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10886,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10882\/revisions\/10886"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10884"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10882"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10882"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10882"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}