{"id":10887,"date":"2025-09-22T15:04:55","date_gmt":"2025-09-22T10:04:55","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=10887"},"modified":"2025-09-22T15:06:41","modified_gmt":"2025-09-22T10:06:41","slug":"xususiy-sektor-tomonidan-istemolchilarga-oz-etirozlarini-ornida-bildirishlari-uchun-imkoniyatlar-yaratib-berilishi-zarur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/10887","title":{"rendered":"Xususiy sektorda iste&#8217;molchilarga o\u2018z e&#8217;tirozlarini o\u2018rnida bildirishlari uchun imkoniyatlar yaratib berilishi zarur"},"content":{"rendered":"<h4>Turli davlat idoralariga o\u2018z ariza, shikoyat va takliflari bilan murojaat qilib kelayotgan aholi vakillari uchun mazkur idoralarda o\u2018z murojaatlari (shuningdek e&#8217;tirozlari)ni og\u2018zaki, yozma va elektron shakllarda, o\u2018rnida bildirishlari uchun tegishli sharoit va imkoniyatlar yaratib qo\u2018yilgan. Lekin iste&#8217;molchilarga xizmatlarning aksariyat qismi xususiy sektor tomonidan ko\u2018rsatiladigan bugungi kunda iste&#8217;molchi sotilgan tovar, ko\u2018rsatilgan xizmat, bajarilgan ish yuzasidan o\u2018z e&#8217;tirozini xususiy sektor mas&#8217;uliga yuqoridagi shakllarda bildirish imkoniyatlari mavjudmi?<\/h4>\n<p>Amaliyotda, ko\u2018pchilik hollarda, xarid qilgan tovarida nuqson aniqlangan iste&#8217;molchi o\u2018z e&#8217;tirozlarini savdo do\u2018koni xodimiga faqat og\u2018zaki tarzda bildirish imkoniyatiga ega. Sababi mazkur do\u2018konda iste&#8217;molchi uchun e&#8217;tirozlarni bildirishning boshqa imkoniyatlari (masalan, shikoyat va takliflar daftari, elektron murojaat qilish uchun aloqa ma&#8217;lumotlari va b.) yaratilmaganidadir. Oqibatda iste&#8217;molchining sotuvchiga qilgan og\u2018zaki ravishdagi murojaati (e&#8217;tirozi) hech qaerda aks etmasdan (rasmiylashtirilmasdan), sotuvchida uni &#171;erta kel&#187;, &#171;indin kel&#187; qabilida haftalab, oylab sarson qilish uchun imkoniyat mavjud. Tegishli shakldagi va qonun talablarini o\u2018zida aks ettirgan E&#8217;tiroznoma (pretenziya)ni yozib, uni sotuvchiga taqdim qilish, u olishni bosh tortgan taqdirda esa pochta orqali yuborib, ertaga nizoni hal qilishda asqotadigan tayanch nuqtani &#8212; o\u2018zining ilk murojaat qilgan kuni (vaqti, soati)ni qonuniy qayd qilish, talablari o\u2018z muddatlarida ko\u2018rib chiqilmagan, tegishli tartibda hal qilinmagan taqdirda esa qonun talablari bo\u2018yicha neustoyka (penya)larni undirib olishni esa hamma ham yoki bilmaydi yoki uddasidan chiqavermaydi.<\/p>\n<p>Shu sababdan ham Raqobat boshqarmasi so\u2018rovi va tanlama asosda viloyatdagi iste&#8217;molchilarga savdo va umumiy ovqatlanish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizasiya qilayotgan 97 ta sub&#8217;ektlarda aholi vakillariga bu borada yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan kuzatuvlar o\u2018tkazilganida, ularning 25 tasi yoki 25,7 % idagina (shularning 76 % i dorixonalardir) iste&#8217;molchi o\u2018z murojaati (e&#8217;tirozi)ni og\u2018zaki ravishda bildirishidan tashqari shikoyat va takliflar daftariga ham qayd qilishi uchun imkoniyatlar yaratilganligi, qolgan sub&#8217;ektlarda esa faqatgina og\u2018zaki e&#8217;tirozlar bilan cheklanishi qayd qilindi. Shularning 28 tasi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 25 tasi savdo do\u2018konlari, 19 tasi esa dorixonalardir. Ularning bir-ikkitasida bu borada elektron shaklda ham qabul qilish imkoniyati yaratilganligi da&#8217;vo qilingan bo\u2018lsada, murojaat qilinishi mumkin bo\u2018lgan elektron manzil (pochta, bot va b.) ko\u2018zga ko\u2018rinarli va iste&#8217;molchilar tanishishi uchun qulay joyga qo\u2018yilmaganligi bu imkoniyatlarning yaratilmaganligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Kuzatuvdan o\u2018tkazilgan sub&#8217;ektlarning 43 tasi yoki salkam yarmida, shularning 21 tasi savdo do\u2018konlari, 19 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 3 tasi dorixonalar, kirish qismiga sub&#8217;ektning nomi, yuridik manzili va ish tartibini ko\u2018rsatuvchi peshlavhalarning o\u2018rnatilmaganligi esa, qonunlarni bilgan iste&#8217;molchi uchun ham E&#8217;tiroznomani yozma ravishda berishda qiyinchilik tug\u2018diradi. Sababi u E&#8217;tiroznomani pochta orqali yuborish uchun sub&#8217;ektning haqiqiy manzilini bilmaydi (xizmat ko\u2018rsatuvchi vakili esa ushbu manzilni aytishdan bosh tortishi yoki manzilni noto\u2018g\u2018ri berishi ham mumkin).<\/p>\n<p>Yuqoridagi sharoitlarni to\u2018liq va to\u2018laqonli yaratib berilishi iste&#8217;molchilarga qulayliklar yaratishi bilan birgalikda, xususiy sektor egasi &#8212; mulkdorga ham o\u2018z biznesi va qo\u2018l ostidagi xodimlar ustidan samarali nazorat borish, xaridor (mijoz)larning e&#8217;tirozlari bilan ishlash yo\u2018nalishida samarali ish tashkillash va ular bilan yuzaga keladigan nizolarni o\u2018rnida hal etish hamda murojaatlarni turli davlat idoralarigacha yetib borib, ular tomonidan tekshirilishigacha bo\u2018lgan ortiqcha bosh og\u2018riqlardan biroz holi bo\u2018lish imkoniyatini ham yaratib bergan bo\u2018lar edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turli davlat idoralariga o\u2018z ariza, shikoyat va takliflari bilan murojaat qilib kelayotgan aholi vakillari uchun mazkur idoralarda o\u2018z murojaatlari (shuningdek e&#8217;tirozlari)ni og\u2018zaki, yozma va elektron shakllarda, o\u2018rnida bildirishlari uchun tegishli sharoit va imkoniyatlar yaratib qo\u2018yilgan. Lekin iste&#8217;molchilarga xizmatlarning aksariyat qismi xususiy sektor tomonidan ko\u2018rsatiladigan bugungi kunda iste&#8217;molchi sotilgan tovar, ko\u2018rsatilgan xizmat, bajarilgan ish yuzasidan o\u2018z [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10888,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-10887","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":46,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10887"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10887"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10887\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10891,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10887\/revisions\/10891"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10888"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10887"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10887"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10887"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}