{"id":10976,"date":"2025-10-11T09:05:38","date_gmt":"2025-10-11T04:05:38","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=10976"},"modified":"2025-10-13T09:06:26","modified_gmt":"2025-10-13T04:06:26","slug":"pensionerning-plastik-kartasidan-uning-ruxsatisiz-pul-yechib-olish-holatiga-chek-qoyildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/10976","title":{"rendered":"Pensionerning plastik kartasidan uning ruxsatisiz pul yechib olish holatiga chek qo\u2018yildi"},"content":{"rendered":"<h4>Amaldagi tartib-qoidalarga ko\u2018ra fuqarolarning bank plastik kartalaridagi mablag\u2018lari ularning shaxsiy mulki hisoblanadi va qonun bilan himoya qilinadi. Hech bir shaxs yoki tashkilot karta egasining roziligisiz undan pul mablag\u2018larini yechib olishga haqli emas. Bunday holatlar moliyaviy huquqbuzarlik sanalib, tegishli qonunchilik asosida javobgarlikka sabab bo\u2018ladi. Ayniqsa bunday holatlar pensionerlarning plastik kartalaridan, ularga bu borada to\u2018liq tushuntirishlar berib yoki bermasdan, yechib olinishi ko\u2018rinishida sodir etilishi nafaqat huquqiy jihatdan noto\u2018g\u2018ri sanaladi, balki yurtimizda shakllangan qariyalarga hurmat-e&#8217;tibor tamoyillariga ham xos emas.<\/h4>\n<p>Shunday holatlardan biri Yozyovon tumani &#171;Qorasoqol&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida yashovchi pensioner M.R. bilan kuzatildi va uning bu boradagi murojaati tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganib chiqildi. Pensioner otaxon o\u2018z arizasida ancha yillardan buyon tumandagi &#171;Yu.&#187; do\u2018konlar tarmog\u2018ining mijozi hisoblanishi, ulardan bo\u2018lib to\u2018lash shartlarida olingan tovarlar uchun to\u2018lovlarni doim muddatidan oldinroq to\u2018lab qo\u2018yishga harakat qilishini, lekin so\u2018nggi vaqtlarda to\u2018lov amalga oshirilgan bo\u2018lsada uning plastik kartasidan ham pul yechilishi holatlari sodir bo\u2018layotganini bayon qilib, ushbu masalaga qonuniy chek qo\u2018yilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Tuman jamiyati muaxassisi tomonidan o\u2018tkazilgan o\u2018rganish otaxonning murojaatida keltirilgan vajlarning o\u2018rinli ekanligini ko\u2018rsatgach, do\u2018kon mas&#8217;ullari kelgusida bu kabi holatlarga yo\u2018l qo\u2018yilmasligi yuzasidan ogohlantirilib, pensioner M.R.ning plastik kartasi ma&#8217;lumotlari to\u2018lov bazasidan o\u2018chirildi.<\/p>\n<p><strong>Shavkatjon Saidov,<\/strong><br \/>\n<em>jamiyat mutaxassisi.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amaldagi tartib-qoidalarga ko\u2018ra fuqarolarning bank plastik kartalaridagi mablag\u2018lari ularning shaxsiy mulki hisoblanadi va qonun bilan himoya qilinadi. Hech bir shaxs yoki tashkilot karta egasining roziligisiz undan pul mablag\u2018larini yechib olishga haqli emas. Bunday holatlar moliyaviy huquqbuzarlik sanalib, tegishli qonunchilik asosida javobgarlikka sabab bo\u2018ladi. Ayniqsa bunday holatlar pensionerlarning plastik kartalaridan, ularga bu borada to\u2018liq tushuntirishlar berib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10977,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-10976","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":42,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10976"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10976"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10980,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10976\/revisions\/10980"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10977"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}