{"id":11009,"date":"2025-10-16T13:23:24","date_gmt":"2025-10-16T08:23:24","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=11009"},"modified":"2025-10-16T13:23:39","modified_gmt":"2025-10-16T08:23:39","slug":"bagdod-tumani-istemolchilar-huquqlarini-himoya-qilish-jamiyatiga-aholi-istemolchilardan-kelib-tushayotgan-murojaatlar-va-ularni-organish-natijalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/11009","title":{"rendered":"Bag\u2018dod tumani Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste&#8217;molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o\u2018rganish natijalari"},"content":{"rendered":"<h4>BRIFING<br \/>\n<em>Brifing spikeri: Sherzod Muxamov, tuman jamiyati raisi.<\/em><\/h4>\n<p><iframe loading=\"lazy\" title=\"Brifing || Bag\u2018dod tumani\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/pVs0EArh4HI?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<p>Bag\u2018dod tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o\u2018z faoliyatini Federatsiya Ustavi, yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlari hamda tuman jamiyatining 2025 yil asosiy faoliyat yo\u2018nalishlari rejasi, shuningdek hamkor tashkilotlar bilan birgalikda imzolangan Memorandumlar, dasturlar va chora-tadbirlar rejalari asosida amalga oshirib kelmoqda.<\/p>\n<p>Asosiy faoliyat yo\u2018nalishlarimizdan biri iste&#8217;molchilarning huquqiy bilimi va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish ekan, bu birinchi navbatda \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun mazmun-mohiyatini, shuningdek sohaga oid qonunchilik asoslarini aholining keng qatlamlari ongiga yetkazishdan iboratdir. Ushbu maqsadlarda hisobot davrida 45 ta yozma va og\u2018zaki targ\u2018ibot shaklidagi tadbirlarni tashkilladik.<br \/>\nFaoliyatimiz davomida iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik ijrosini ta&#8217;minlanishi va aholi (iste&#8217;molchilar)ning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi yo\u2018lida \u201cJismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuni asosida olib borilayotgan ishlarimizga qisqacha to\u2018xtalib o\u2018tsam.<\/p>\n<p>Joriy yilning o\u2018tgan 9 oyi davomida jamiyatimizga aholi (iste&#8217;molchilar)dan 51 ta murojaatlar kelib tushgan bo\u2018lib, shularning 8 tasi Federatsiya ishonch telefoni va telegram boti orqali yuborilgan, qolgan 43 tasi esa tumanimiz aholisi tomonidan jamiyatimizga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri yozma va og\u2018zaki shakllarda berilgan murojaatlardan iborat bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Murojaatlarni o\u2018rganib chiqilishi natijalari bilan iste&#8217;molchilar foydasiga 80 mln 557 ming so\u2018m mablag\u2018larni qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Tuman jamiyati tomonidan o\u2018rganilayotgan har bir murojaat yuzasidan tegishli sub&#8217;ektga kiritilayotgan da&#8217;vo talabnomasi shaklidagi so\u2018rov xatlariga masala qonuniy hal etilmagan taqdirda tuman jamiyati tomonidan sudga da&#8217;vo arizasi kiritilishi bo\u2018yicha eslatmalar berib boriladi.<\/p>\n<p>Yuqoridagilardan ko\u2018rinadiki, tuman jamiyati tomonidan kiritilgan so\u2018rovlarga qoniqarli javoblar olingan hamda iste&#8217;molchi muammosi bartaraf etilgan, shu sababli ham masala ishni ko\u2018rish sudda ko\u2018rish darajasigacha borib yetmagan.<\/p>\n<p>Kelib tushgan murojaatlarni tarkibiga qaralsa, ularning 16 tasi yozma, 33 tasi og\u2018zaki, 2 tasi elektron shaklda kelib tushgan bo\u2018lib, sohalar kesimida ko\u2018rilganda, eng ko\u2018pi, ya&#8217;ni 39,2 foizi kommunal idoralar (elektr, gaz va suv ta&#8217;minoti tashkilotlari) xizmatlari yuzasidan, 33,3 foizi esa savdo sohasiga to\u2018g\u2018ri keldi. Qolgan qismi uy-joy xo\u2018jaligi, sog\u2018liqni saqlash, aloqa va internet sohalari bo\u2018yicha muammolar yuzasidan kelib tushgan murojaatlardan iborat bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Yuqoridagilarga yana shuni qo\u2018shimcha qilish mumkinki, tuman jamiyati qoshida tashkil etilgan \u201cIste&#8217;molchi bilan muloqot\u201d huquqiy maslahatxonalari orqali ham aholi vakillarimizga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko\u2018rsatib kelinmoqda. Jumladan, o\u2018tgan davrda ushbu maslahatxona orqali 70 nafar fuqarolarga savdo, gaz, suv ta&#8217;minoti, sog\u2018liqni saqlash, xizmat ko\u2018rsatish (servis), transport, aloqa (internet) va boshqa sohalar yuzasidan huquqiy maslahat va amaliy yordamlar ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p>Shuning bilan birgalikda, tuman jamiyati tomonidan federatsiya hamda hududiy birlashma topshiriqlari asosida, ichki bozorda sotilayotgan iste&#8217;mol tovarlari, ish, xizmatlari sifati va xavfsizligini amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi yuzasidan 14 ta jamoatchilik nazorati tartibidagi kuzatuv (o\u2018rganuv)lar ham o\u2018tkazilib, o\u2018rganish yakunlari bo\u2018yicha yuqori turuvchi idoralarga tegishli ma&#8217;lumotnomalar kiritildi.<\/p>\n<p>Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan hudud aholisining iste&#8217;molchilik sohasiga oid bilimlarini va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib borish ishlari tizimli asosda davom ettirilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BRIFING Brifing spikeri: Sherzod Muxamov, tuman jamiyati raisi. Bag\u2018dod tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o\u2018z faoliyatini Federatsiya Ustavi, yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlari hamda tuman jamiyatining 2025 yil asosiy faoliyat yo\u2018nalishlari rejasi, shuningdek hamkor tashkilotlar bilan birgalikda imzolangan Memorandumlar, dasturlar va chora-tadbirlar rejalari asosida amalga oshirib kelmoqda. Asosiy faoliyat yo\u2018nalishlarimizdan biri iste&#8217;molchilarning huquqiy bilimi va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-11009","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":14,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11009"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11009"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11009\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11013,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11009\/revisions\/11013"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11009"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11009"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11009"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}