{"id":11337,"date":"2025-12-05T09:55:03","date_gmt":"2025-12-05T04:55:03","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=11337"},"modified":"2025-12-05T09:55:03","modified_gmt":"2025-12-05T04:55:03","slug":"yangi-tahrirdagi-konstitusiya-inson-shani-va-huquqlarini-yuksaltiruvchi-mustahkam-poydevor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/11337","title":{"rendered":"Yangi tahrirdagi Konstitusiya: inson sha&#8217;ni va huquqlarini yuksaltiruvchi mustahkam poydevor"},"content":{"rendered":"<h4>Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida qabul qilingan Konstitusiyaning yangi tahriri mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida tub o\u2018zgarishlar sari dadil qadam tashlanganini yaqqol namoyon etadi. Prezident Shavkat Mirziyoev 2023-yil 16-noyabr kuni imzolagan farmoyishda qayd etilganidek, yangilangan Bosh qomus davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, sud-huquq sohasi va fuqarolik jamiyati rivoji uchun mustahkam huquqiy zamin yaratdi.<\/h4>\n<p>2023-yil 30-aprel referendumida fuqarolarning 90 foizdan ortig\u2018i yangi tahrirdagi Konstitusiyani qo\u2018llab-quvvatlashi esa xalqimizning ishonchi va yangilanayotgan davlat siyosatiga bo\u2018lgan munosabatini yaqqol ko\u2018rsatdi. Asosiy Qonun endilikda xalqimizning orzu-umidlari, demokratik rivojlanish istaklari va inson qadrini ustuvor qo\u2018yish g\u2018oyalarining huquqiy ifodasiga aylandi.<br \/>\n1992-yilda Konstitusiya parlament tomonidan qabul qilingan bo\u2018lsa, yangi tahrirning xalq tomonidan bevosita referendum orqali qabul qilinishi uning chinakam muallifi xalq ekanini tasdiqlaydi. 7-moddaning birinchi bandida \u201cXalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai\u201d ekani mustahkamlandi.<\/p>\n<p>Bu norma davlat organlarining faoliyati xalqqa xizmat qilish tamoyiliga asoslanishini, qarorlar esa fuqarolar ishtirokida va jamoatchilik nazorati ostida qabul qilinishini talab etadi. Mamlakatda ochiqlik, hisobdorlik, so\u2018z erkinligi, siyosiy partiyalar va OAVning rolini kuchaytirish borasida so\u2018nggi yillarda keng miqyosli ishlar amalga oshirilayotganining huquqiy poydevori aynan mana shu tamoyil bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Yangi tahrirdagi Konstitusiyada davlat hokimiyatining xalq manfaatidan kelib chiqib amalga oshirilishi qat&#8217;iy belgilandi. Shuningdek, faqat Konstitusiya va qonunlarda nazarda tutilgan organlargina davlat vakolatlarini amalga oshirishi mumkinligi aniq ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>10-modda esa xalq nomidan faqat saylangan Oliy Majlis va Prezident ish yurita olishini belgilab, hokimiyat suiiste&#8217;mol qilinishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik uchun mustahkam kafolat yaratadi. Bu huquqiy mexanizmlar O\u2018zbekistonda demokratiyaning fundamental tamoyillari hayotga tatbiq etilayotganini anglatadi.<\/p>\n<p>Konstitusiyada davlat hokimiyatining noqonuniy egallanishi, parallel hokimiyat tuzilmalarining tashkil etilishi qat&#8217;iyan man etildi. Bu tartib demokratik tizimning uzluksiz ishlashini ta&#8217;minlaydi.<br \/>\n\u201cKonstitusiya va qonunlar ustunligi\u201d tamoyili asosida barcha davlat organlari faqat qonunlarga amal qilishi shart ekani qayd etildi. Natijada, insonning siyosiy erkinligi, demokratik institutlar faoliyati, fuqarolik jamiyati rivoji uchun yangi keng imkoniyatlar yaratildi.<\/p>\n<p>Konstitusiyaning yangi tahriri inson qadri, huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e&#8217;tirof etadi. \u201cDavlat \u2014 jamiyat \u2014 shaxs\u201d tamoyili o\u2018rniga \u201cInson \u2014 jamiyat \u2014 davlat\u201d konsepsiyasi joriy qilindi.<\/p>\n<p>Shaxsning huquqlari va ijtimoiy himoyasini kengaytirishga qaratilgan normalar uch baravar ko\u2018paydi, davlatning ijtimoiy majburiyatlari esa aniq belgilab qo\u2018yildi. Inson kapitali, tibbiyot, ta&#8217;lim, ekologiya, ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash sohalari davlat siyosatining asosiy yo\u2018nalishlaridan biri sifatida mustahkamlandi.<\/p>\n<p>Konstitusiyaning yangi tahririda ekologik xavfsizlik alohida o\u2018rin egalladi. 49 va 115-moddalarda har kimning qulay atrof-muhitga bo\u2018lgan huquqi, davlatning ekologik tizimni tiklash, iqlim o\u2018zgarishiga qarshi kurashish va Orolbo\u2018yi mintaqasini rivojlantirish bo\u2018yicha javobgarligi belgilandi.<\/p>\n<p>Bu o\u2018zgarishlar O\u2018zbekistonning ekologik barqaror taraqqiyotni ustuvor vazifa sifatida ko\u2018rayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Konstitusiya xalqimizning uch ming yillik davlatchilik tajribasi, buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma&#8217;naviy merosi bilan uyg\u2018unlashtirilgan.<\/p>\n<p>Adolat, bag\u2018rikenglik, or-nomus, olijanoblik kabi milliy fazilatlar Bosh qomusning ma&#8217;naviy tamoyillarini boyitadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bugun 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarda faol ishtirok etmoqda, 140 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqalar o\u2018rnatgan. Yangi tashqi siyosat modeli pragmatizm, o\u2018zaro manfaat, tinchlik va hamkorlikka asoslanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonning BMT minbarida ilgari surgan 30 dan ortiq tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo\u2018llab-quvvatlandi. Bu mamlakatning global jarayonlardagi faol o\u2018rnidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Konstitusiyaning 1, 15 va 16-moddalariga ko\u2018ra, yangi tahrir &#8212; butun hududda oliy yuridik kuchga ega, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri qo\u2018llanadi, yagona huquqiy makonning asosidir. Bu yangiliklar sudlar va davlat organlari faoliyatida Konstitusiya normalari bevosita Yangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi inson sha&#8217;ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida e&#8217;tirof etadi, demokratik, ijtimoiy va huquqiy davlat barpo etishning mustahkam poydevorini yaratadi, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, xalqaro maydonda O\u2018zbekistonning ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.<\/p>\n<p>Asosiy Qonun \u2014 bugungi va kelajak avlodlar uchun ishonchli xizmat qilishiga ishonchimiz komil.<\/p>\n<p><strong>Q. Pulatov<\/strong>, <em>Farg\u2018ona davlat universiteti dosenti, tarix fanlari bo\u2018yicha falsafa doktori (PhD).<\/em><br \/>\n<strong>A. Nishonov,<\/strong> <em>Farg\u2018ona davlat universiteti dosenti, tarix fanlari bo\u2018yicha falsafa doktori (PhD).<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida qabul qilingan Konstitusiyaning yangi tahriri mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida tub o\u2018zgarishlar sari dadil qadam tashlanganini yaqqol namoyon etadi. Prezident Shavkat Mirziyoev 2023-yil 16-noyabr kuni imzolagan farmoyishda qayd etilganidek, yangilangan Bosh qomus davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, sud-huquq sohasi va fuqarolik jamiyati rivoji uchun mustahkam huquqiy zamin yaratdi. 2023-yil 30-aprel referendumida fuqarolarning 90 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11338,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-11337","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":19,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11337"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11337"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11337\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11340,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11337\/revisions\/11340"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11338"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11337"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11337"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11337"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}