{"id":11503,"date":"2026-01-20T10:41:10","date_gmt":"2026-01-20T05:41:10","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=11503"},"modified":"2026-01-20T10:41:10","modified_gmt":"2026-01-20T05:41:10","slug":"chiqindilarni-toplash-va-olib-ketish-xizmatlaridagi-hisob-kitob-va-sifat-muammolari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/11503","title":{"rendered":"Chiqindilarni to\u2018plash va olib ketish xizmatlaridagi hisob-kitob va sifat muammolari"},"content":{"rendered":"<h4>Federatsiya tizim tashkilotlariga aholi vakillaridan chiqindilarni to\u2018plash va olib ketish xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi korxonalar tomonidan ko\u2018rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblanishi, maxsus texnikaning kelish vaqtlari bo\u2018yicha belgilangan grafikdan chetga chiqish holatlari kabi masalalarda murojaatlar bo\u2018lib turibdi. Murojaatlarni o\u2018rganish davomida, aksariyat holatlarda, iste&#8217;molchilar tomonidan keltirilgan vajlarning asosli ekanligi qayd qilinmoqda.<\/h4>\n<p>Rishton tumanida yashovchi iste&#8217;molchi Y.A. o\u2018g\u2018li S.R. uchun qurib bitkazilgan uy joylashgan mahallaning yangiligi, o\u2018g\u2018lining uyi atrofidagi aksariyat qo\u2018shnilar tomonidan uylar qurib bitkazilmaganligi sababli ushbu ko\u2018chada u yolg\u2018iz yashashi, shu sababli ham ushbu ko\u2018chaga chiqindilarni to\u2018plash va olib ketish xizmatlari ko\u2018rsatilmasligi, biroq shu kunlarda ushbu uyni notarius orqali oldi-sotdi qilinishi jarayonida &#171;Toza makon&#187; billing bazasidan mazkur xizmatlar bo\u2018yicha 162 000 so\u2018m qarzdorlik mavjudligi haqida ma&#8217;lumot chiqib kelganligi holati yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat yo\u2018llagan.<\/p>\n<p>Federatsiyaning Rishton tuman jamiyati mutaxassisi tomonidan mazkur murojaat o\u2018rganilishi jarayonida tuman hududiga chiqindilarni to\u2018plash va olib ketish xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi korxonaga so\u2018rov xati kiritilganda, qarzdorlikning kelib chiqishiga sabab qilib iste&#8217;molchining kadastr raqami boshqa mahallada yashovchi fuqaro R.B.ga birikib qolganligi, o\u2018rganish davomida mazkur xatoliklar bartaraf qilinganligi yuzasidan javob xati olindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston tumanilik M.Sh. o\u2018zlari istiqomat qiladigan Yaypan guzar mahallasidan chiqindilarni o\u2018z vaqtida olib ketilmaganligi, bu boradagi murojaatlari e&#8217;tiborsiz qolayotganligi xususida tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan. Mazkur masalada hududga chiqindilarni to\u2018plash va olib ketish xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi korxonaga kiritilgan so\u2018rovga esa texnik sabalarga ko\u2018ra iste&#8217;molchi yashovchi ko\u2018chaga xizmat ko\u2018rsatuvchi maxsus texnikani kirish grafigi o\u2018zgarganligi, shu sababdan ham mazkur ko\u2018chada yashovchi aholiga keyinchalik to\u2018liq xizmat ko\u2018rsatilganligi yuzasidan javob xati olindi. O\u2018rganish davomida xizmat ko\u2018rsatuvchi tomoniga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va ogohlantirishlar berilgan.<\/p>\n<p>Yuqorida keltirilgan holatlar chiqindilarni to\u2018plash va olib ketish xizmatlarida hisob-kitobning shaffofligi, xizmat ko\u2018rsatish grafiklariga qat&#8217;iy rioya etish hamda ma&#8217;lumotlar bazasidagi xatoliklarni o\u2018z vaqtida bartaraf etish naqadar muhim ekanini ko\u2018rsatadi. Iste&#8217;molchilarning asosli murojaatlariga tezkor va xolis yondashuv, xizmat ko\u2018rsatuvchi korxonalar tomonidan qonunchilik talablariga so\u2018zsiz amal qilish fuqarolarning huquqlarini ta&#8217;minlashga, aholi ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu borada jamoatchilik nazorati va mutasaddi tashkilotlarning hamkorligi kelgusida bunday muammolarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p><strong>Xusniddin Latipov,<\/strong><br \/>\n<strong>Dilshodbek Rassayev,<\/strong><br \/>\n<em>Rishton va O\u2018zbekiston tuman jamiyatlari mutaxassislari<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Federatsiya tizim tashkilotlariga aholi vakillaridan chiqindilarni to\u2018plash va olib ketish xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi korxonalar tomonidan ko\u2018rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblanishi, maxsus texnikaning kelish vaqtlari bo\u2018yicha belgilangan grafikdan chetga chiqish holatlari kabi masalalarda murojaatlar bo\u2018lib turibdi. Murojaatlarni o\u2018rganish davomida, aksariyat holatlarda, iste&#8217;molchilar tomonidan keltirilgan vajlarning asosli ekanligi qayd qilinmoqda. Rishton tumanida yashovchi iste&#8217;molchi Y.A. o\u2018g\u2018li S.R. uchun [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11505,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-11503","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":25,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11503"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11503"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11503\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11506,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11503\/revisions\/11506"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11505"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11503"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11503"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11503"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}