{"id":11606,"date":"2026-02-04T16:00:40","date_gmt":"2026-02-04T11:00:40","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=11606"},"modified":"2026-02-04T16:00:40","modified_gmt":"2026-02-04T11:00:40","slug":"jamoatchilik-nazorati-formal-huquqiy-meyordan-tasirchan-jamoaviy-institutgacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/11606","title":{"rendered":"Jamoatchilik nazorati: formal huquqiy me&#8217;yordan ta&#8217;sirchan jamoaviy institutgacha"},"content":{"rendered":"<h4>O\u2018zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, ochiqlik va hisobdorlikni ta&#8217;minlash, fuqarolarning davlat ishlarida ishtirokini kuchaytirish masalalari so\u2018nggi yillarda davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarildi. Bu jarayonda jamoatchilik nazorati instituti alohida o\u2018rin tutadi. U fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik ta&#8217;sirini kuchaytirish va ijtimoiy adolatni ta&#8217;minlashning muhim huquqiy mexanizmi sifatida qaralmoqda.<\/h4>\n<p>Shu bilan birga, amaldagi \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunni tahlil qilish shuni ko\u2018rsatadiki, mazkur institut hanuzgacha to\u2018liq ishlaydigan, ta&#8217;sirchan va zamonaviy talablarga javob beradigan huquqiy vositaga aylanmagan. Qonundagi ayrim normalar deklarativ xarakterga ega bo\u2018lib, davlat boshqaruvida yuz berayotgan chuqur institusional o\u2018zgarishlarni to\u2018liq qamrab ololmayapti.<\/p>\n<p><strong>Nazorat doirasining cheklanganligi \u2014 asosiy tizimli muammo<\/strong><\/p>\n<p>Qonunning eng asosiy muammolaridan biri \u2014 jamoatchilik nazorati ob&#8217;ektining yetarlicha aniq va keng belgilanmaganidir. Amalda \u201cdavlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan\u201d degan umumiy ta&#8217;rif qo\u2018llaniladi. Biroq bugungi kunda davlat faqat klassik ma&#8217;nodagi vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlari orqali emas, balki mutlaqo boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar orqali ham o\u2018z funksiyalarini amalga oshirmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari, mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyatlar, milliy xoldinglar, kvazi-davlat sektor sub&#8217;ektlari iqtisodiyot va ijtimoiy sohada hal qiluvchi rol&#8217; o\u2018ynayapti. Bundan tashqari, ta&#8217;lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarni ko\u2018rsatish sohasida davlatning ayrim funksiyalari nodavlat, hatto avtonom tashkilotlarga o\u2018tkazilmoqda. Amalda esa ushbu tuzilmalar \u201ctadbirkorlik sub&#8217;ekti\u201d degan bahona bilan jamoatchilik nazorati doirasidan chiqib ketmoqda.<\/p>\n<p>Fikrimizcha, aynan shu yerda jamoatchilik nazorati institutining samaradorligi keskin pasayadi. Davlat mablag\u2018lari sarflanayotgan, jamoat manfaatlari bilan bevosita bog\u2018liq bo\u2018lgan faoliyat ustidan jamoatchilik ta&#8217;sirining yo\u2018qligi ochiqlikka, javobgarlikka va adolat tamoyillariga zid holatni yuzaga keltiradi. Shu bois, qonunchilikda nazorat ob&#8217;ektlarini kengaytirish va ularni aniq belgilash \u2014 bugungi kunning kechiktirib bo\u2018lmaydigan vazifasidir.<\/p>\n<p><strong>Sohaviy qonunchilik va parchalangan yondashuv oqibatlari<\/strong><\/p>\n<p>Jamoatchilik nazoratiga oid yana bir tizimli muammo \u2014 uning sohaviy qonunchilikda nomutanosib va parchalangan holda aks etishidir. So\u2018nggi yillarda qabul qilingan ayrim qonunlarda jamoatchilik nazorati normalari kiritilgan bo\u2018lsa-da, ilgariroq qabul qilingan qonunlarda, jumladan ta&#8217;lim va sog\u2018liqni saqlash kabi eng ustuvor ijtimoiy sohalarda bu institut deyarli nazarda tutilmagan.<\/p>\n<p>Bizningcha, har bir sohaviy qonunga alohida o\u2018zgartirish kiritish yo\u2018li samarasiz, chunki bu jarayon katta vaqt va resurs talab qiladi. Bundan tashqari, bunday yondashuv huquqiy tizimda yagona va barqaror mexanizm yaratishga imkon bermaydi. Shu nuqtai nazardan, \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunda jamoatchilik nazorati sub&#8217;ektlarining huquqlari cheklanmasligi haqida qat&#8217;iy kafolat normasini joriy etish eng to\u2018g\u2018ri va tizimli yechim sifatida namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>Sub&#8217;ektlar va ob&#8217;ektlar o\u2018rtasidagi huquqiy muvozanat<\/strong><\/p>\n<p>Jamoatchilik nazorati sub&#8217;ektlarini belgilash masalasi ham alohida yondashuvni talab qiladi. Konstitusiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani prinsiplari diniy tashkilotlarni jamoatchilik nazorati sub&#8217;ekti sifatida belgilashda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Fikrimizcha, bu kabi tashkilotlarni sub&#8217;ektlar qatorida qoldirish huquqiy va ijtimoiy ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari \u2014 mahallalar masalasi ham qayta ko\u2018rib chiqilishga muhtoj. Bugungi kunda mahallalarga davlatning ayrim funksiyalari bosqichma-bosqich berib borilmoqda. Demak, ular faqat jamoatchilik nazorati sub&#8217;ekti emas, balki davlat vakolatlarini amalga oshiruvchi tuzilma sifatida jamoatchilik nazorati ob&#8217;ektiga aylanmoqda. Xulosa shuki, bu masala huquqiy jihatdan ochiq va aniq hal etilmas ekan, javobgarlik va hisobdorlik masalalari ochiq qolaveradi.<\/p>\n<p><strong>Nazorat shakllarini kengaytirish \u2014 samaradorlik garovi<\/strong><\/p>\n<p>Amaldagi qonunda jamoatchilik nazorati shakllari sanab o\u2018tilgan bo\u2018lsa-da, jamoatchilik tekshiruvi kabi muhim shakl nazarda tutilmagan. Holbuki, ma&#8217;lumotlar va hujjatlar bilan tanishish, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatni tekshirish jamoatchilik nazoratining eng ta&#8217;sirchan usullaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, amaliyot ko\u2018rsatmoqdaki, jamoatchilik nazorati ko\u2018p hollarda bir vaqtning o\u2018zida bir necha shaklda o\u2018tkazilishiga ehtiyoj sezadi. Masalan, monitoring o\u2018tkazilib, uning natijalari bo\u2018yicha jamoatchilik eshituvi yoki muhokama tashkil etish zarurati tug\u2018iladi. Shu sababli, qonunda bunday imkoniyatni aniq belgilash jamoatchilik nazoratining ta&#8217;sirchanligini sezilarli darajada oshiradi.<\/p>\n<p><strong>Nazorat shakllarini kengaytirish \u2014 samaradorlik garovi<\/strong><\/p>\n<p>Amaldagi qonunda jamoatchilik nazorati shakllari sanab o\u2018tilgan bo\u2018lsa-da, jamoatchilik tekshiruvi kabi muhim shakl nazarda tutilmagan. Holbuki, ma&#8217;lumotlar va hujjatlar bilan tanishish, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatni tekshirish jamoatchilik nazoratining eng ta&#8217;sirchan usullaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, amaliyot ko\u2018rsatmoqdaki, jamoatchilik nazorati ko\u2018p hollarda bir vaqtning o\u2018zida bir necha shaklda o\u2018tkazilishiga ehtiyoj sezadi. Masalan, monitoring o\u2018tkazilib, uning natijalari bo\u2018yicha jamoatchilik eshituvi yoki muhokama tashkil etish zarurati tug\u2018iladi. Shu sababli, qonunda bunday imkoniyatni aniq belgilash jamoatchilik nazoratining ta&#8217;sirchanligini sezilarli darajada oshiradi.<\/p>\n<p><strong>Javobgarlik va ochiqlik: qonunning ta&#8217;sir kuchini oshirish omillari<\/strong><\/p>\n<p>Jamoatchilik nazorati natijalarini jamoatchilikka e&#8217;lon qilish masalasi qonunchilikda yetarli darajada mustahkamlanmagan. Holbuki, ochiqlik jamoatchilik nazoratining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Nazorat natijalari jamoatchilikka yetib bormasa, bu institut o\u2018z ma&#8217;nosini yo\u2018qotadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati tadbirlariga turli shakllarda to\u2018sqinlik qilish holatlari ham uchrab turibdi. Muallif fikricha, jamoatchilik nazorati sub&#8217;ektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish, ularga bosim o\u2018tkazish yoki sun&#8217;iy to\u2018siqlar yaratish uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish qonunning real ta&#8217;sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>Yakuniy xulosa<\/strong><\/p>\n<p>Jamoatchilik nazorati instituti davlat boshqaruvini demokratlashtirishning muhim elementi bo\u2018lib, uning samaradorligi to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri qonunchilik bazasining mukammalligiga bog\u2018liq. Amaldagi tahrirda qonun jamiyatdagi real ijtimoiy-iqtisodiy va institusional o\u2018zgarishlardan ortda qolmoqda.<\/p>\n<p>Nazorat ob&#8217;ektlarini kengaytirish, sub&#8217;ektlar va ob&#8217;ektlar o\u2018rtasida aniq huquqiy chegaralar belgilash, nazorat shakllarini boyitish hamda javobgarlik mexanizmlarini kuchaytirish orqaligina jamoatchilik nazorati haqiqiy, ta&#8217;sirchan va ishlaydigan institutga aylanishi mumkin. Aks holda, u yaxshi niyatlar bilan qabul qilingan, ammo amalda cheklangan imkoniyatlarga ega bo\u2018lgan qonun sifatida qolib ketish xavfini saqlab qolaveradi.<\/p>\n<p><strong>G\u2018ayrat Mamatkulov,<\/strong><br \/>\n<em>O\u2018IHHQJF Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi matbuot xizmati rahbari.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, ochiqlik va hisobdorlikni ta&#8217;minlash, fuqarolarning davlat ishlarida ishtirokini kuchaytirish masalalari so\u2018nggi yillarda davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarildi. Bu jarayonda jamoatchilik nazorati instituti alohida o\u2018rin tutadi. U fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik ta&#8217;sirini kuchaytirish va ijtimoiy adolatni ta&#8217;minlashning muhim huquqiy mexanizmi sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, amaldagi \u201cJamoatchilik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11608,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-11606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":63,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11606"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11606"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11609,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11606\/revisions\/11609"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11608"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}