{"id":11619,"date":"2026-02-06T16:28:48","date_gmt":"2026-02-06T11:28:48","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=11619"},"modified":"2026-02-06T16:28:48","modified_gmt":"2026-02-06T11:28:48","slug":"onlayn-savdo-jarayonida-etiborli-bolaylik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/11619","title":{"rendered":"Onlayn savdo jarayonida e&#8217;tiborli bo\u2018laylik"},"content":{"rendered":"<h4>Qonunchilikda axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste&#8217;molchiga shartnoma tuzilguniga qadar davlat tilida yoki taraflarning kelishuviga ko\u2018ra boshqa tilda taqdim qilinishi shart bo\u2018lgan eng muhim ma&#8217;lumotlar jumlasiga, sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili va shikoyatlarni qabul qilish tartibi kiradi. Sababi ertaga iste&#8217;molchida tovar yuzasidan biror e&#8217;tiroz bo\u2018lganda u kimga va qaerga murojaat qilishni bilishi lozim.<\/h4>\n<p>Lekin aksariyat hollarda aholimiz vakillari (iste&#8217;molchilar) tovarga onlayn buyurtma berish jarayonida ushbu holatlarni biroz esdan chiqarib qo\u2018ymoqdalar. Oqibatda tovar bilan bog\u2018liq muammolar yuzaga kelganida &#171;Men tovarni instagramdagi profilida ko\u2018rib buyurtma qilgandim&#187;, &#171;Men sotuvchini raqamini bilmayman, lekin telegramdagi gruppasida yozishmadan so\u2018ng pul o\u2018tkazib berganman&#187;, &#171;O\u2018zimni e&#8217;tirozlarimni bildirishni boshlaganimdan so\u2018ng meni bloklab qo\u2018ydi, endi unga bog\u2018lana olmayapman&#187; qabilidagi shikoyatlar kelib chiqmoqda.<\/p>\n<p>Farg\u2018ona tumanilik A.V. instagram ijtimoiy tarmog\u2018ida ko\u2018rgan planshet reklamasiga qiziqish bildirib, unga buyurtma bermoqchi bo\u2018lganida havola uni &#171;Uzum nasiya&#187; onlayn savdo platformasiga boshlab kelgan. Mazkur platforma orqali ilgari ham turli tovarlarga buyurtma berib yurgan iste&#8217;molchi o\u2018zi yoqtirgan planshetni farzandiga olib berish maqsadida 800 000 so\u2018mga nasiyani rasmiylashtirgan. Buyurtma yetib kelgach, uni olib kelgan yetkazib beruvchi shaxs oldida planshetni ochib ishlatib ko\u2018rmoqchi bo\u2018lganida, u ishlamagan. Yetkazib beruvchi shaxs uning oldida kimgadir qo\u2018ng\u2018iroq qilib, ishlamagan planshetni qaytarib olib ketganidan so\u2018ng o\u2018tgan vaqt ichida uning bank kartasidan ikki marta 266 000 so\u2018mdan pul mablag\u2018i yechib olingan.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchining mazkur masalada amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab Farg\u2018ona tuman ichki ishlar bo\u2018limiga qilgan murojaati, masalaning tegishliligi bo\u2018yicha, tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganilishi jarayonida iste&#8217;molchining plastik kartasidan yechib olingan pul mablag\u2018larini to\u2018lig\u2018icha uning bank kartasiga qaytarilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, onlayn savdoda shoshma-shosharlikka yo\u2018l qo\u2018ymasdan, sotuvchi haqidagi barcha zarur ma&#8217;lumotlarni oldindan tekshirish, shartnoma shartlarini diqqat bilan o\u2018qish va to\u2018lovni faqat ishonchli platformalar orqali amalga oshirish har bir iste&#8217;molchining o\u2018z huquqlarini himoya qilishdagi eng muhim qadamidir. E&#8217;tibor va huquqiy bilim esa kelgusida turli noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>Kamoliddin Shokirjonov,<\/strong><br \/>\n<em>jamiyat mutaxassisi.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qonunchilikda axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste&#8217;molchiga shartnoma tuzilguniga qadar davlat tilida yoki taraflarning kelishuviga ko\u2018ra boshqa tilda taqdim qilinishi shart bo\u2018lgan eng muhim ma&#8217;lumotlar jumlasiga, sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili va shikoyatlarni qabul qilish tartibi kiradi. Sababi ertaga iste&#8217;molchida tovar yuzasidan biror e&#8217;tiroz [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11621,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-11619","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":35,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11619"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11619"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11619\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11622,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11619\/revisions\/11622"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11621"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11619"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11619"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11619"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}