{"id":11639,"date":"2026-02-10T12:03:27","date_gmt":"2026-02-10T07:03:27","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=11639"},"modified":"2026-02-10T12:03:27","modified_gmt":"2026-02-10T07:03:27","slug":"kafolat-muddati-istemolchi-huquqlari-va-foydalanish-qoidalari-ortasidagi-muvozanat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/11639","title":{"rendered":"Kafolat muddati: iste&#8217;molchi huquqlari va foydalanish qoidalari o\u2018rtasidagi muvozanat"},"content":{"rendered":"<h4>Amaldagi qonunchilikka ko\u2018ra, kafolat muddati deganda tovardan (xizmatdan) foydalanishning normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati tushunilib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo\u2018lsa, tovarning (xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va ta&#8217;minlaydi. Demak, iste&#8217;molchidan kafolat muddati bo\u2018yicha o\u2018ziga berilgan huquq va imtiyozlardan to\u2018laqonli foydalana olishi uchun tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etgan bo\u2018lishi talab etiladi.<\/h4>\n<p>Ayniqsa uzoq muddat foydalaniladigan maishiy texnika buyumlarini xarid qilgach, ulardan foydalanishni boshlash va foydalanish jarayonlarida mazkur texnika jixozidan to\u2018g\u2018ri va samarali foydalanish bo\u2018yicha ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan shartlarga e&#8217;tiborli bo\u2018lish kerak. Misol tariqasida, sovutgich (xolodilnik) va muzlatgich (morozilnik)larni olaylik. Mutaxassislarga ko\u2018ra, sovutgichgichlar sovuq haroratda to\u2018g\u2018ri ishlamasligi yoki ishlashdan to\u2018xtashi ham mumkin. Aksariyat bu kabi maishiy texnika buyumlari +5 C +10 C dan past bo\u2018lmagan haroratlarda ishlash uchun mo\u2018ljallangan. Agar mazkur texnika buyumi saqlanadigan xonada harorat belgilanganidan past bo\u2018lsa, kompressordagi moy quyuqlashishi, freonning aylanishi buzilishi va termostat dvigatelni ishga tushirishni to\u2018xtatishi kabi holatlar kuzatiladi.<\/p>\n<p>Xuddi shunday holatlardan biri Farg\u2018ona tumanilik X.X.ning u tomonidan xarid qilingan &#171;Immer&#187; rusumli sovutgichning nosozligi yuzasidan Federatsiya 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatini o\u2018rganilishi davomida kuzatildi. Murojaatni Federatsiyaning Farg\u2018ona tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan mazkur rusumdagi maishiy texnika buyumlariga servis xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi servis markazi ustalarini jalb qilgan holda o\u2018rganish ishlari olib borilganda, sovutgich o\u2018rnatilgan xonada haroratning o\u2018ta pastligi oqibatida uning ishlashida nuqsonlar kuzatilgani ma&#8217;lum bo\u2018ldi. Sovutgich ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan haroratdan past bo\u2018lmagan xonaga olib kirilganda uning ishlashidagi nosozliklar kuzatilmagan.<br \/>\nShunday ekan, kafolat muddati iste&#8217;molchi uchun qonuniy himoya vositasi bo\u2018lsa-da, undan to\u2018laqonli foydalanish avvalo tovardan ishlab chiqaruvchi belgilagan qoidalarga amal qilishga bog\u2018liqdir. Ayniqsa maishiy texnika vositalaridan noto\u2018g\u2018ri sharoitda foydalanish nafaqat texnik nosozliklarga, balki kafolat huquqlarining cheklanishiga ham olib kelishi mumkin, shu bois har bir iste&#8217;molchi o\u2018z huquqi bilan birga mas&#8217;uliyatini ham unutmasligi lozim.<\/p>\n<p><strong>Kamoliddin Shokirjonov,<\/strong><br \/>\n<em>jamiyat mutaxassisi.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amaldagi qonunchilikka ko\u2018ra, kafolat muddati deganda tovardan (xizmatdan) foydalanishning normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati tushunilib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo\u2018lsa, tovarning (xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va ta&#8217;minlaydi. Demak, iste&#8217;molchidan kafolat muddati bo\u2018yicha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11641,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-11639","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":49,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11639"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11639"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11639\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11642,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11639\/revisions\/11642"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11641"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11639"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11639"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11639"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}