{"id":11901,"date":"2026-03-27T09:45:57","date_gmt":"2026-03-27T04:45:57","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=11901"},"modified":"2026-03-27T09:45:57","modified_gmt":"2026-03-27T04:45:57","slug":"onlayn-savdoda-yashirin-tuzoqlar-yutuqli-oyin-ortidagi-muammo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/11901","title":{"rendered":"Onlayn savdoda yashirin tuzoqlar: yutuqli o\u2018yin ortidagi muammo"},"content":{"rendered":"<h4>So\u2018nggi yillarda yurtimizda onlayn savdo hajmining keskin oshib borayotgani bilan bir qatorda, turli marketing usullari orqali iste&#8217;molchilarni jalb qilish holatlari ham kengaymoqda. Ayniqsa, ta&#8217;lim muassasalari xodimlarini nishonga olgan \u201caksiyalar\u201d, \u201cyutuqli o\u2018yinlar\u201d va \u201cchegirmali takliflar\u201d ko\u2018rinishidagi tashabbuslar ko\u2018payib, ular orqali tezkor qaror qabul qilishga undash amaliyoti kuzatilmoqda. Bunday amaliyotda qo\u2018llaniladigan usullarda ko\u2018pincha lotoreya yoki o\u2018yin elementlaridan foydalanilib, iste&#8217;molchilarda ishonch uyg\u2018otish hamda ularni muddatli to\u2018lov asosida xaridga jalb etish maqsad qilinadi. Biroq bunday holatlar ayrim vaziyatlarda turli tushunmovchiliklar, moliyaviy majburiyatlar va hatto nizolarga sabab bo\u2018layotgani ham kuzatilmoqda.<\/h4>\n<p>Marg\u2018ilon shahridagi umumta&#8217;lim maktablaridan biriga o\u2018zlarini tadbirkor sifatida tanishtirgan shaxslar tashrif buyurib, o\u2018qituvchilarni onlayn savdo asosida tovarlar sotib olishga qiziqtirish maqsadida, ular tomonidan &#171;stiker o\u2018chirish o\u2018yini&#187; deb nomlangan, lotoreya shaklidagi o\u2018yin tashkillanadi. O\u2018yindagi yutuq esa shu maktabda ishlaydigan F.X. ga chiqadi.<\/p>\n<p>Yutuq fondi bitta 43 dyum ekranli televizor ekanligi va sovg\u2018a tez muddatlarda keltirib berilishi aytilgach, onlayn platforma orqali F.X.ga muddatli to\u2018lov shartlaridagi, muayyan summadagi tovarlar rasmiylashtiriladi. &#171;Temirni qizig\u2018ida bos&#187; deganlaridek, maktabning yana besh nafar xodimlari tomonidan muddatli to\u2018lov shartlarida xarid qilingan tovarlar to\u2018lovi ham F.X.ning plastik kartasiga bog\u2018lab yuboriladi.<\/p>\n<p>Garchi iste&#8217;molchida muddatli to\u2018lov asosida xarid qilingan tovarlar uchun to\u2018lovlarni hamkasblar bilan kelishgan holda to\u2018lab borishni uddasidan chiqishiga ishonch bo\u2018lsada, uni tovarlar sotib olishiga sabab bo\u2018lgan sovg\u2018ani keltirib berish ishlari paysalga solingach, iste&#8217;molchi Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, bu borada amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018raydi.<\/p>\n<p>Jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaat o\u2018rganilishi jarayonida &#171;stiker o\u2018chirish o\u2018yini&#187; tashabbuskori, tadbirkorlik sub&#8217;ekti sifatida Andijon viloyati Asaka tumanidan davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tgan F.A. bilan bog\u2018lanilib, unga amaldagi qonunchilik talablari va mazkur talablarga amal qilmaslik natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar tushuntirilgach, iste&#8217;molchi F.X.ga va&#8217;da qilingan 43 dyum ekranli televizor keltirib berildi.<\/p>\n<p>Mazkur holat shuni ko\u2018rsatadiki, iste&#8217;molchilar, xususan o\u2018qituvchilar turli aksiya va o\u2018yinlar orqali taklif etilayotgan xaridlar borasida yanada ehtiyotkor bo\u2018lishlari zarur. Har qanday \u201cyutuq\u201d yoki \u201csovg\u2018a\u201d ortida muayyan shartlar yashiringan bo\u2018lishi mumkinligi inobatga olinishi lozim. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub&#8217;ektlari ham amaldagi qonunchilik talablariga qat&#8217;iy rioya etishi, iste&#8217;molchini chalg\u2018ituvchi yoki majburiy xaridga undovchi usullardan voz kechishi kerak. Aks holda, bunday harakatlar nafaqat iste&#8217;molchilar ishonchiga putur yetkazadi, balki huquqiy javobgarlikka ham olib kelishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u2018nggi yillarda yurtimizda onlayn savdo hajmining keskin oshib borayotgani bilan bir qatorda, turli marketing usullari orqali iste&#8217;molchilarni jalb qilish holatlari ham kengaymoqda. Ayniqsa, ta&#8217;lim muassasalari xodimlarini nishonga olgan \u201caksiyalar\u201d, \u201cyutuqli o\u2018yinlar\u201d va \u201cchegirmali takliflar\u201d ko\u2018rinishidagi tashabbuslar ko\u2018payib, ular orqali tezkor qaror qabul qilishga undash amaliyoti kuzatilmoqda. Bunday amaliyotda qo\u2018llaniladigan usullarda ko\u2018pincha lotoreya yoki o\u2018yin elementlaridan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11903,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-11901","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":24,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11901"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11901"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11901\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11904,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11901\/revisions\/11904"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11903"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11901"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11901"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11901"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}