{"id":12068,"date":"2026-04-24T17:11:02","date_gmt":"2026-04-24T12:11:02","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12068"},"modified":"2026-04-24T17:11:02","modified_gmt":"2026-04-24T12:11:02","slug":"istemolchi-huquqi-ishonch-va-adolat-kafolati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12068","title":{"rendered":"Iste&#8217;molchi huquqi \u2013 ishonch va adolat kafolati"},"content":{"rendered":"<h4>\u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 7-moddasiga ko\u2018ra, har bir iste&#8217;molchi tovar (ish, xizmat)lar to\u2018g\u2018risida to\u2018liq, ishonchli va o\u2018z vaqtida axborot olish huquqiga ega. Bu norma iste&#8217;molchining to\u2018g\u2018ri tanlov qilishi, aldov va noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumotlardan himoya qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunga muvofiq, sotuvchi yoki xizmat ko\u2018rsatuvchi iste&#8217;molchini chalg\u2018ituvchi yoki haqiqatga zid ma&#8217;lumot berish huquqiga ega emas. Aks holda, bu iste&#8217;molchi huquqlarining buzilishi hisoblanadi va tegishli javobgarlikka sabab bo\u2018ladi.<\/h4>\n<p>Amaliy misol sifatida Farg\u2018ona viloyati Quvasoy shahrida yashovchi iste&#8217;molchi U.U.ning murojaatini o\u2018rganish natijalarini keltirib o\u2018taylik. Ushbu murojaatga ko\u2018ra, iste&#8217;molchi Namangan shahrida joylashgan do\u2018kondan 2 200 000 so\u2018mga avtomobil shinasi xarid qilgan. Biroq sotuvchi tomonidan tovarning ishlab chiqarilgan yili haqida noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumot berilgan \u2013 2011 yilda ishlab chiqarilgan shina 2023 yil mahsuloti sifatida taqdim etilgan. Keyinchalik iste&#8217;molchi e&#8217;tirozi asosida tovarni boshqasiga almashtirish jarayonida yana shunga o\u2018xshash holat takrorlanib, bu gal 2026 yilda ishlab chiqarilgan deb taqdim qilingan shina aslida 2016 yilda ishlab chiqarilgan bo\u2018lib chiqqan.<\/p>\n<p>Mazkur holat qonun talablariga zid bo\u2018lib, iste&#8217;molchining to\u2018liq va ishonchli axborot olish huquqi buzilganini ko\u2018rsatadi. Murojaat Federatsiyaning Quvasoy hamda Namangan shahar jamiyatlari hamkorligida o\u2018rganildi. O\u2018rganish jarayonida qonunning tegishli moddalari talablari, xususan iste&#8217;molchiga noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumot berish yo\u2018li bilan tovarlar realizasiya qilish, oldi-sotdi jarayonida iste&#8217;molchini chalg\u2018ituvchi ma&#8217;ulmotlarni taqdim qilish kabi holatlar qonunbuzilishi hisoblanishi va tegishli huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi sotuvchiga tushuntirildi.<\/p>\n<p>Natijada, sotuvchi o\u2018z xatosini tan oldi va iste&#8217;molchiga yetkazilgan zarar qoplandi, ya&#8217;ni 2 200 000 so\u2018m mablag\u2018 to\u2018liq qaytarib berildi. Shuningdek, sotuvchiga qonun talablariga qat&#8217;iy rioya qilish, kelgusida bunday qonunbuzarliklarga yo\u2018l qo\u2018ymaslik bo\u2018yicha ogohlantirish berildi.<\/p>\n<p>Bu kabi holatlar bozor munosabatlarida halollik va shaffoflikning naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Iste&#8217;molchi o\u2018z huquqlarini yaxshi bilsa va ularni talab qila olsa, noqonuniy holatlarning oldi olinadi, tadbirkorlik muhiti esa yanada sog\u2018lomlashadi.<br \/>\nHar bir iste&#8217;molchi o\u2018z huquqlarini bilishi va ular buzilganda tegishli tartibda himoya qilishi zarur. Agar siz ham iste&#8217;mol sohasiga oid muammolarga duch kelsangiz, O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlariga murojaat qilishingiz mumkin.<\/p>\n<p><em>Shahnoza Valiyeva,<\/em><br \/>\n<em>Quvasoy shahar jamiyati raisi.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 7-moddasiga ko\u2018ra, har bir iste&#8217;molchi tovar (ish, xizmat)lar to\u2018g\u2018risida to\u2018liq, ishonchli va o\u2018z vaqtida axborot olish huquqiga ega. Bu norma iste&#8217;molchining to\u2018g\u2018ri tanlov qilishi, aldov va noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumotlardan himoya qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunga muvofiq, sotuvchi yoki xizmat ko\u2018rsatuvchi iste&#8217;molchini chalg\u2018ituvchi yoki haqiqatga zid ma&#8217;lumot berish huquqiga ega [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12070,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12068","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":6,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12068"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12068"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12068\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12071,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12068\/revisions\/12071"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12070"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12068"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12068"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12068"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}