{"id":12094,"date":"2026-04-29T18:41:09","date_gmt":"2026-04-29T13:41:09","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12094"},"modified":"2026-04-29T18:41:09","modified_gmt":"2026-04-29T13:41:09","slug":"istemolchi-murojaati-asosida-xizmat-korsatishdagi-kamchiliklar-bartaraf-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12094","title":{"rendered":"Iste&#8217;molchi murojaati asosida xizmat ko\u2018rsatishdagi kamchiliklar bartaraf etildi"},"content":{"rendered":"<h4>Beshariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S. M.ning maishiy chiqindilarni o\u2018z vaqtida olib ketilmaganligi holatidan noroziligi yuzasidan O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qabul qilb olingan murojaati tegishli tartibda o\u2018rganib chiqildi.<\/h4>\n<p>O\u2018rganish jarayonida ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, iste&#8217;molchi istiqmat qiladigan ko\u2018chada joylashgan xonadonlarda maishiy chiqindilarni olib ketish ishlari belgilangan grafik asosida muntazam bajarilmagan. Xususan, 2026 yil mart oyining so\u2018nggi o\u2018n kunligi hamda aprel oyi boshlarida xizmat ko\u2018rsatishda uzilishlar yuzaga kelgan. Bu esa aholi o\u2018rtasida norozilik keltirib chiqargan va chiqindilar to\u2018planib qolishiga sabab bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Masala joyiga chiqib o\u2018rganilganda, xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilot \u2014 \u201cFarg\u2018ona Maxsus Trans\u201d MChJ Beshariq tuman filiali tomonidan belgilangan grafikka rioya etilmagani tasdiqlandi. Asosiy sabab sifatida chiqindilarni tashishga jalb etilgan transport vositasi haydovchisining ishdan ketishi va yangi haydovchini jalb etish jarayoni ma&#8217;lum vaqt talab qilgani ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Amaldagi qonunchilikka muvofiq, xususan \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunning 19-moddasiga ko\u2018ra, xizmat ko\u2018rsatish shartlari buzilgan taqdirda iste&#8217;molchi yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Shuningdek, xizmat ko\u2018rsatilmagan yoki sifatsiz bajarilgan hollarda to\u2018lovlarni qayta hisob-kitob qilish majburiyati yuzaga keladi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish natijalariga ko\u2018ra, mazkur hududdagi 22 ta xonadonda to\u2018planib qolgan maishiy chiqindilar to\u2018liq olib ketilishi ta&#8217;minlandi. Shu bilan birga, xizmat ko\u2018rsatilmagan kunlar uchun aholiga hisoblangan to\u2018lovlar qayta hisob-kitob qilinishi belgilandi. Aprel oyi yakuniga qadar ushbu qayta hisob-kitob ishlarini amalga oshirish va kelgusida xizmatlarni grafik asosida barqaror yo\u2018lga qo\u2018yish choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, mutasaddi tashkilotga kelgusida bunday holatlarning oldini olish, aholiga sifatli va o\u2018z vaqtida xizmat ko\u2018rsatishni ta&#8217;minlash, hamda shartnoma majburiyatlariga qat&#8217;iy rioya etish bo\u2018yicha tegishli ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Beshariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S. M.ning maishiy chiqindilarni o\u2018z vaqtida olib ketilmaganligi holatidan noroziligi yuzasidan O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qabul qilb olingan murojaati tegishli tartibda o\u2018rganib chiqildi. O\u2018rganish jarayonida ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, iste&#8217;molchi istiqmat qiladigan ko\u2018chada joylashgan xonadonlarda maishiy chiqindilarni olib ketish ishlari belgilangan grafik asosida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12096,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12094","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":5,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12094"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12094"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12094\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12097,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12094\/revisions\/12097"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12096"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12094"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12094"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12094"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}