{"id":12144,"date":"2026-05-07T08:17:54","date_gmt":"2026-05-07T03:17:54","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12144"},"modified":"2026-05-07T08:17:54","modified_gmt":"2026-05-07T03:17:54","slug":"tashqi-reklamada-lingvistik-va-madaniy-mezonlarga-amal-qilinmogi-zarur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12144","title":{"rendered":"Tashqi reklamada lingvistik va madaniy mezonlarga amal qilinmog\u2018i zarur"},"content":{"rendered":"<h4>Zamonaviy shahar qiyofasini tashqi reklamalarsiz tasavvur qilib bo\u2018lmaydi. U nafaqat tadbirkorlikning \u201cyuzi\u201d, balki jamiyatning madaniy va lingvistik darajasini ko\u2018rsatuvchi ko\u2018zgudir. Farg\u2018ona viloyati o\u2018zining iqtisodiy salohiyati va tarixiy nufuzi bilan bu borada muhim hududlardan biri sanaladi. Biroq, ko\u2018chalarimizdagi bannerlar va peshlavhalar amaldagi qonun talablariga mos kelmaydigan ba\u2019zi bir holatlarga hali ham duch kelmoqdamiz.<\/h4>\n<p>O\u02bbzbekistonda reklama faoliyatining huquqiy asoslari so\u02bbnggi yillarda tubdan yangilandi. Ushbu o\u02bbzgarishlarning markazida 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan va 2022-yil 9-sentabrdan kuchga kirgan O\u02bbRQ-776-sonli \u201cReklama to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonun turadi. Mazkur qonun avvalgi tahrirdan o\u02bbzining qat\u02bciyligi va zamonaviy bozor munosabatlarini to\u02bbliq qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Qonunning 1-moddasiga binoan, asosiy maqsad reklama tayyorlash va tarqatish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish, iste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish va tadbirkorlik madaniyatini oshirishdan iboratdir.<\/p>\n<p>Vakolatli idoralar tomonidan o\u2018tkazilgan monitoringlar jarayonlarida ko\u02bbchalarimizda &#171;Original parfumeriya&#187;, &#171;Lux servis&#187; yoki &#171;Yevro remont&#187; kabi aralash so\u02bbzlardan iborat reklamalar qayd qilingan, bu esa tilimizning sofligiga putur yetqizadi. Ayniqsa, &#171;Go\u02bbshtlik taomlar&#187; yoki &#171;Milliy va Yevropa taomlari&#187; kabi mantiqiy va imlo xatolariga boy reklamalar til me\u2019yorlariga mos emas. Buning sababi shundaki, o\u02bbzbek tilida sifat yasovchi &#171;-lik&#187; qo\u02bbshimchasi ko\u02bbpincha narsaning tarkibini yoki xususiyatini bildiradi, lekin taomlar haqida gap ketganda &#171;go\u02bbshtli taomlar&#187; (go\u02bbshti bor) deb aytish to\u02bbg\u02bbriroq bo\u02bbladi. Bu kabi holatlar nafaqat tilshunoslarning, balki vakolatli idoralarning ham diqqat markazida bo\u02bblishi lozim. Chunki asossiz ishlatilgan &#171;Super&#187;, &#171;Original&#187;, &#171;Birinchi raqamli&#187; kabi sifatlar iste\u02bcmolchida soxta kutilma uyg\u02bbotadi.\u00a0 Reklama nafaqat sotuvni oshirishi, balki iste\u02bcmolchiga to\u02bbg\u02bbri tanlov qilishda yordam berishi kerak.<\/p>\n<p>&#171;Iste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to\u02bbg\u02bbrisida&#187;gi Qonunning 6-moddasiga ko\u02bbra, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) o\u02bbzi realizasiya qilayotgan tovari (ish, xizmat) haqida to\u02bbg\u02bbri va to\u02bbliq ma\u02bclumot berishi shart. Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga iste\u02bcmolchilar tomonidan tushayotgan murojaatlarda tashqi reklama orqali va\u02bcda qilingan chegirmalar va aksiyalarning haqiqatga mos kelmasligi bilan bog\u02bbliq masalalarni ko\u2018tarilishi sohada hali qilinishi lozim bo\u2018lgan ishlar talaygina ekanligini ko\u2018rsatadi. Masalan, do\u02bbkon peshtog\u02bbida &#171;70% gacha chegirma&#187; deb yozilgan bo\u02bblsa-da, amalda faqat bir nechta turdagi past sifatli tovarlarga chegirma berilishi insofsiz reklama sifatida baholanadi. Bundan tashqari,\u00a0 deyarli ko\u2018plab so\u2018zlarda takrorlanuvchi \u201co\u2018\u201d, \u201cg\u2018\u201d, \u201csh\u201d, \u201cch\u201d harflarining noto\u2018g\u2018ri yozilishi yoki oddiy grammatik xatolar reklama sifatiga putur yetkazmoqda. \u201cOpen\u201d, \u201cSale\u201d, \u201cWelcome\u201d, \u201cSkitka\u201d kabi so\u2018zlar davlat tilidagi tarjimasisiz yoki undan kattaroq hajmda qo\u2018llanilishi qonun buzilishi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, tashqi reklama vositalari nafaqat iqtisodiy faoliyatni aks ettiruvchi omil, balki jamiyatning til va madaniyat darajasini ko\u2018rsatuvchi muhim vositadir. Tahlillar shuni ko\u2018rsatadiki, ayrim reklama namunalari amaldagi qonunchilik talablariga to\u2018liq javob bermaydi, xususan, til me\u2019yorlarining buzilishi, noto\u2018g\u2018ri tarjimalar va iste\u02bcmolchini chalg\u2018ituvchi axborotlar uchramoqda. Bu esa reklama sohasida nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat tiliga hurmatni mustahkamlash zarurligini ko\u2018rsatadi. Shu nuqtai nazardan, kelgusida tashqi reklama vositalarini tartibga solishda nafaqat iqtisodiy, balki lingvistik va madaniy mezonlarga ham alohida e\u2019tibor qaratilishi lozim.<\/p>\n<p><strong>Odinaxon Xolmurodova,<\/strong><\/p>\n<p><em>FarDU Filologiya fakulteti 23.90-guruhi talabasi,<\/em><\/p>\n<p><em>O\u2018IHHQJ Federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi amaliyotchisi.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zamonaviy shahar qiyofasini tashqi reklamalarsiz tasavvur qilib bo\u2018lmaydi. U nafaqat tadbirkorlikning \u201cyuzi\u201d, balki jamiyatning madaniy va lingvistik darajasini ko\u2018rsatuvchi ko\u2018zgudir. Farg\u2018ona viloyati o\u2018zining iqtisodiy salohiyati va tarixiy nufuzi bilan bu borada muhim hududlardan biri sanaladi. Biroq, ko\u2018chalarimizdagi bannerlar va peshlavhalar amaldagi qonun talablariga mos kelmaydigan ba\u2019zi bir holatlarga hali ham duch kelmoqdamiz. O\u02bbzbekistonda reklama faoliyatining [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12146,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12144","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":6,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12144"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12144"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12144\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12147,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12144\/revisions\/12147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12146"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12144"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12144"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12144"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}