{"id":12201,"date":"2026-05-15T19:20:42","date_gmt":"2026-05-15T14:20:42","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12201"},"modified":"2026-05-15T19:20:42","modified_gmt":"2026-05-15T14:20:42","slug":"mebel-jamlanmasi-but-holatda-yetkazib-berilmaganligi-yuzasidan-qilingan-murojaat-ijobiy-hal-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12201","title":{"rendered":"Mebel jamlanmasi but holatda yetkazib berilmaganligi yuzasidan qilingan murojaat ijobiy hal etildi"},"content":{"rendered":"<h4>Tovarni iste&#8217;molchiga but holatda, ya&#8217;ni barcha qismlari va komplektlari bilan yetkazib berilmasligi ham iste&#8217;molchining qonuniy huquqlari buzilishi hisoblanadi. Bu holat &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 8-moddasidagi normalar bilan tartibga solingan. Mazkur moddaga muvofiq, sotuvchi iste&#8217;molchiga shartnoma va belgilangan talablarga muvofiq, but va foydalanishga yaroqli tovarni topshirishi shartdir.<\/h4>\n<p>Shunday holatlardan birini Toshloq tumanida yashovchi fuqaro N. F.ning buyurtma asosida xarid qilingan yotoqxona mebellari to\u2018liq va soz holatda yetkazib berilmagani yuzasidan O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Toshloq tuman jamiyatiga qilingan murojaat misolida ko\u2018rib chiqaylik.<\/p>\n<p>Hujjatlarda keltirilishicha, fuqaro 2025 yil sentyabr oyida Toshloq tumanidagi \u201cIzzat Fayz Sultan\u201d mebel do\u2018konidan yotoqxona mebellari to\u2018plamini buyurtma asosida xarid qilgan. Mebel jamlanmasi uchun 10 million 500 ming so\u2018m to\u2018lov amalga oshirilgan hamda yetkazib berish xizmati uchun ham alohida haq to\u2018langan.<\/p>\n<p>Biroq, murojaatchiga mebel to\u2018plami sifatsiz va but (to\u2018liq) bo\u2018lmagan holatda yetkazib berilgan. Jumladan, shifonerning oyna qismi hamda tryumoning orqa tayanch qismini o\u2018rnatib berish ishlari kechiktirilganligi qayd etilgan. Murojaatchi bu borada do\u2018kon rahbariyatiga murojaat qilganiga qaramay, muammo o\u2018z vaqtida bartaraf etilmagan.<\/p>\n<p>Mazkur murojaat asosida Toshloq tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o\u2018rganish ishlari tashkil etildi hamda sotuvchi tomoniga rasmiy murojaat xati yuborildi.<\/p>\n<p>Olib borilgan o\u2018rganishlar va huquqiy tushuntirishlardan so\u2018ng, do\u2018kon mutasaddilari tomonidan fuqaro xonadoniga borilib, yetkazilmagan qismlar o\u2018rnatib berildi hamda mebel to\u2018plami to\u2018liq soz holatga keltirildi. Shu tariqa, murojaat yuzasidan iste&#8217;molchining qonuniy talablari ta&#8217;minlanib, muammo ijobiy hal etildi.<\/p>\n<p>Mutaxassislar ta&#8217;kidlashicha, fuqarolar tovar yoki xizmatlar sifatidan norozi bo\u2018lgan hollarda, ayniqsa tovar to\u2018liq yetkazib berilmagan, nuqsonli yoki shartnoma talablariga mos kelmaydigan vaziyatlarda o\u2018z huquqlarini talab qilishlari va tegishli tashkilotlarga murojaat etishlari mumkin bo\u2018lib, agar bu borada qonunbuzilishi holatlariga duch kelsangiz Siz ham Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga (ish kunlarida soat 09-00 dan 18-00 ga qadar) sim qoqishingiz yoki sutkaning istalgan vaqtida smartfoningiz brauzeri oynasiga murojaat.istemol.uz ni terib, elektron shaklda murojaat qoldirishingiz mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tovarni iste&#8217;molchiga but holatda, ya&#8217;ni barcha qismlari va komplektlari bilan yetkazib berilmasligi ham iste&#8217;molchining qonuniy huquqlari buzilishi hisoblanadi. Bu holat &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 8-moddasidagi normalar bilan tartibga solingan. Mazkur moddaga muvofiq, sotuvchi iste&#8217;molchiga shartnoma va belgilangan talablarga muvofiq, but va foydalanishga yaroqli tovarni topshirishi shartdir. Shunday holatlardan birini Toshloq tumanida yashovchi fuqaro [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12203,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12201","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":7,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12201"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12201"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12201\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12204,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12201\/revisions\/12204"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12203"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12201"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12201"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12201"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}