{"id":12222,"date":"2026-05-15T16:29:05","date_gmt":"2026-05-15T11:29:05","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12222"},"modified":"2026-05-16T21:33:40","modified_gmt":"2026-05-16T16:33:40","slug":"tashqi-reklama-mahsulotlarida-imloviy-qoidalarning-qollanilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12222","title":{"rendered":"Tashqi reklama mahsulotlarida imloviy qoidalarning qo\u2018llanilishi"},"content":{"rendered":"<h4>Tashqi reklama bugungi kunda zamonaviy shahar muhitining ajralmas qismiga aylangan. U nafaqat tijorat axborotini istemolchiga yetkazish vositasi, balki tilning ommaviy qo\u2018llanilishidagi o\u2018ziga xos ko\u2018zgu hamdir. Reklama matnlari shahar aholisining kundalik turmushida tilga bo\u2018lgan munosabatini, savodxonlik me&#8217;yorlarini va estetik didini shakllantirishda muhim o\u2018rin tutadi. Shu sababli reklama matnlarining lingvistik sifati nafaqat marketing samaradorligini, balki umumiy til madaniyati holatini ham belgilab beradi.<\/h4>\n<p>Mamlakatimizda davlat tili maqomi to\u2018g\u2018risidagi qonun va Prezidentning 2019-yil 21-oktabrdagi farmoni ijrosi doirasida til madaniyatini yuksaltirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin shu bilan birga, ko\u2018cha-kuyda o\u2018rnatilgan bannerlar, bilbordlar, peshlavhalar, do\u2018kon va xizmat ko\u2018rsatish shoxobchalari nomlarida imloviy xatolarga juda ko\u2018p marta duch kelinmoqda. Bu hol tilshunoslar, jurnalistlar va keng jamoatchilik tomonidan jiddiy tashvish bilan qaraladigan masalaga aylangan.<\/p>\n<p>Bunday xatolar zohiran kichik ko\u2018rinishida bo\u2018lsa-da, ommaviy auditoriyaga taqdim etilishi natijasida noto\u2018g\u2018ri yozilgan so\u2018z, ibora yoki jumla ona tilini bilish darajasiga, ayniqsa, yosh avlod savodxonligiga salbiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi. Reklama matni har kuni minglab kishilar tomonidan ko\u2018rilishi va beixtiyor xotirada qolishi sababli, undagi xato birmuncha vaqt o\u2018tib \u201cto\u2018g\u2018ri shakl\u201d sifatida qabul qilinishi mumkin. Imloviy xatolarni tasniflash, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etish bo\u2018yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.<\/p>\n<p>Reklama matnlari va ulardagi til xususiyatlari masalasi jahon va o\u2018zbek tilshunosligida turli tadqiqotchilar tomonidan o\u2018rganilgan. Xususan, ingliz tilshunosi G. Cookning \u201cThe Discourse of Advertising\u201d asarida reklama diskursining lingvistik xususiyatlari, uning ijtimoiy ta&#8217;siri, mediadagi til funksiyalari batafsil yoritib berilgan. Muallif reklamani \u201calohida diskurs turi\u201d sifatida talqin qilib, undagi til hodisalarining strukturaviy va pragmatik tahlilini taklif etadi. O\u2018zbek tilshunosligida N. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Hojiev, Sh. Rahmatullaev, B. Mengliev kabi olimlar ona tilining imloviy va uslubiy qoidalari, til madaniyati masalalariga oid muhim tadqiqotlar olib borgan. Ularning ishlarida ona tili imlo qoidalarining ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqilgan, normalashtirish jarayonlari yoritilgan. A. Hojievning \u201cO\u2018zbek tili imlo qoidalari\u201d qo\u2018llanmasida lotin yozuviga asoslangan o\u2018zbek alifbosida yozish me&#8217;yorlari, qo\u2018shimchalarning yozilishi, qo\u2018sh undosh va apostroflarning ishlatilishi qoidalari muntazam bayon qilingan . Bu qo\u2018llanma reklama matnlarini tayyorlovchilar uchun asosiy manba bo\u2018lib xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, B. Mengliev tomonidan ommaviy axborot vositalari va reklama matnlarining lisoniy tahliliga e&#8217;tibor qaratilgan.<\/p>\n<p>Tadqiqot natijalariga ko\u2018ra, o\u2018rganilgan 350 ta tashqi reklama mahsulotining 187 tasida (53,4%) bir yoki bir nechta imloviy xato aniqlandi. Bu ko\u2018rsatkich masalaning naqadar dolzarb ekanini ko\u2018rsatadi: deyarli har ikkinchi reklama mahsulotida tilga oid u yoki bu darajadagi xatolik mavjud . Bu hol o\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini ta&#8217;minlash bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar kontekstida alohida e&#8217;tibor talab qiladi<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, tashqi reklama mahsulotlaridagi imloviy xatolar nafaqat lingvistik, balki sosial-madaniy muammodir. Mazkur takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi tashqi reklama sohasida til madaniyatining yuksalishiga, davlat tilining nufuzini oshirishga va aholi savodxonlik darajasining yaxshilanishiga xizmat qiladi . Kelajakdagi tadqiqotlar onlayn-reklama, ijtimoiy tarmoqlardagi reklama matnlari va televizion reklamalardagi til xususiyatlarini qamrab olishi maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p><strong>Sarvinozxon Abdusalomova,<\/strong><br \/>\n<em>Farg\u2018ona davlat universiteti<\/em><br \/>\n<em>Filologiya fakulteti 23.90-guruh talabasi.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tashqi reklama bugungi kunda zamonaviy shahar muhitining ajralmas qismiga aylangan. U nafaqat tijorat axborotini istemolchiga yetkazish vositasi, balki tilning ommaviy qo\u2018llanilishidagi o\u2018ziga xos ko\u2018zgu hamdir. Reklama matnlari shahar aholisining kundalik turmushida tilga bo\u2018lgan munosabatini, savodxonlik me&#8217;yorlarini va estetik didini shakllantirishda muhim o\u2018rin tutadi. Shu sababli reklama matnlarining lingvistik sifati nafaqat marketing samaradorligini, balki umumiy til [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12224,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12222","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":6,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12222"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12222"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12222\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12225,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12222\/revisions\/12225"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12224"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12222"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12222"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12222"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}