{"id":12242,"date":"2026-05-18T17:42:35","date_gmt":"2026-05-18T12:42:35","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12242"},"modified":"2026-05-18T17:42:35","modified_gmt":"2026-05-18T12:42:35","slug":"margilonda-istemolchi-asossiz-qarzdorlikdan-sud-orqali-ozod-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12242","title":{"rendered":"Marg\u2018ilonda iste&#8217;molchi asossiz qarzdorlikdan sud orqali ozod qilindi"},"content":{"rendered":"<h4>Marg\u2018ilon shahar Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro A. I.ning manfaatlarini ko\u2018zlab kiritilgan da&#8217;vo arizasi sud tomonidan qanoatlantirildi. Natijada iste&#8217;molchi asossiz hisoblangan qarzdorlik va penyadan ozod qilindi.<\/h4>\n<p>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Farg\u2018ona tumanlararo sudida ko\u2018rilgan ish materiallariga ko\u2018ra, Marg\u2018ilon shahri Chilonzor mahallasidagi xonadonga nisbatan Farg\u2018ona viloyati issiqlik manbai MChJ tomonidan 3 million 244 ming 757 so\u2018m 75 tiyin asosiy qarz hamda 507 ming 695 so\u2018m 44 tiyin penya hisoblangan.<\/p>\n<p>Biroq fuqaro A. I. mazkur qarzdorlik asossiz ekanini bildirib, xonadonida 2023 yildan buyon radiatorlar o\u2018rnatilmagani, uy orqali faqat tik quvur o\u2018tgani va issiqlik ta&#8217;minoti bo\u2018yicha amalda xizmatdan foydalanilmaganini ma&#8217;lum qildi. Shu asosda u hisoblangan qarzdorlikdan ozod qilishni so\u2018rab murojaat qilgan.<\/p>\n<p>Sud jarayonida javobgar tomoni vakili xonadonga nisbatan qarzdorlik hisoblanganini tasdiqlagan bo\u2018lsa-da, ish hujjatlariga ilova qilingan dalolatnomada mazkur xonadonda radiatorlar mavjud emasligi va faqat tik quvurlar o\u2018tgani qayd etilgan.<\/p>\n<p>Sud ishni ko\u2018rib chiqish davomida O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining energiya ta&#8217;minotiga oid moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining kommunal xizmatlar ko\u2018rsatish qoidalarini tahlil qildi. Unda energiya ta&#8217;minoti shartnomasi belgilangan tartibda ulangan energiya qurilmalari va iste&#8217;mol uskunalari mavjud bo\u2018lgan holatdagina tuzilishi mumkinligi, xizmat amalda ko\u2018rsatilmagan taqdirda esa haq undirish asossiz hisoblanishi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, sud O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 254-moddasiga asosan, da&#8217;vogar huquq va qonuniy manfaatlarini to\u2018liq himoya qilish maqsadida da&#8217;vo talabidan kengroq doirada qaror qabul qildi. Natijada fuqaro A. I. 3 million 244 ming 757 so\u2018m 75 tiyin asosiy qarz va 507 ming 695 so\u2018m 44 tiyin penyadan, jami 3 million 752 ming 453 so\u2018m 19 tiyin qarzdorlikdan ozod etildi. Sud qaroriga ko\u2018ra, javobgar korxonadan davlat foydasiga 412 ming so\u2018m davlat boji ham undiriladi.<\/p>\n<p>Mazkur holat kommunal xizmatlar sohasida iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish, asossiz qarzdorliklarni bartaraf etish va qonun ustuvorligini ta&#8217;minlashda sud hamda jamoat tashkilotlari hamkorligi muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko\u2018rsatdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marg\u2018ilon shahar Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro A. I.ning manfaatlarini ko\u2018zlab kiritilgan da&#8217;vo arizasi sud tomonidan qanoatlantirildi. Natijada iste&#8217;molchi asossiz hisoblangan qarzdorlik va penyadan ozod qilindi. Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Farg\u2018ona tumanlararo sudida ko\u2018rilgan ish materiallariga ko\u2018ra, Marg\u2018ilon shahri Chilonzor mahallasidagi xonadonga nisbatan Farg\u2018ona viloyati issiqlik manbai MChJ tomonidan 3 million 244 ming 757 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12243,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12242","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":6,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12242"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12242"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12242\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12245,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12242\/revisions\/12245"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12242"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12242"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12242"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}