{"id":12251,"date":"2026-05-19T18:50:46","date_gmt":"2026-05-19T13:50:46","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12251"},"modified":"2026-05-19T18:50:46","modified_gmt":"2026-05-19T13:50:46","slug":"sifatsiz-tamirlangan-muzlatgich-boyicha-murojaat-istemolchi-foydasiga-hal-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12251","title":{"rendered":"Sifatsiz ta&#8217;mirlangan muzlatgich bo\u2018yicha murojaat iste&#8217;molchi foydasiga hal etildi"},"content":{"rendered":"<h4>Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro E.J. tomonidan muzlatgichni ta&#8217;mirlash xizmati sifati yuzasidan qilingan murojaat tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o\u2018rganib chiqilib, muammo iste&#8217;molchi manfaati asosida hal etildi.<\/h4>\n<p>Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro o\u2018zining \u201cSamsung\u201d rusumli muzlatgichini ta&#8217;mirlash uchun ustaxonaga topshirgan. Usta muzlatgichning plata qismi kuyganini bildirib, uni ta&#8217;mirlab bergan va xizmat haqi sifatida 170 ming so\u2018m olgan. Biroq oradan uch kun o\u2018tib, muzlatgich yana ishdan chiqqan.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchining ta&#8217;kidlashicha, qo\u2018yilgan ehtiyot qism sifatsiz bo\u2018lgani sababli nosozlik qayta takrorlangan. Fuqaro xizmatni qayta sifatli qilib berish yoki to\u2018langan mablag\u2018ni qaytarishni talab qilgan. Ammo usta muzlatgichni yana ta&#8217;mirlash uchun qo\u2018shimcha 170 ming so\u2018m to\u2018lash lozimligini bildirgan.<\/p>\n<p>Mazkur murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida o\u2018rganilishi jarayonida haqiqatdan ham muzlatgichga qo\u2018yilgan ehtiyot qism sifatsiz chiqqanligi qayd qilindi. &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 19-moddasiga ko\u2018ra, agar ijrochi ish bajarish (xizmatlar ko\u2018rsatish) jaaryonida jiddiy nuqsonlarga yo\u2018l qo\u2018ygan bo\u2018lsa, iste&#8217;molchi nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, ishning takroran bajarilishini yoki shartnoma bekor qilinib, ko\u2018rilgan zarar to\u2018liq qoplanishini talab qilishga haqli. Demak bundan ko\u2018rinadiki, iste&#8217;molchining dastlab ustaxonaga murojaat qilganida ustaga ishni qaytadan sifatli qilib bajarish yoki to\u2018langan pulni qaytarish to\u2018g\u2018risida talab qo\u2018yishi o\u2018rinli bo\u2018lgan va usta tomonidan ushbu qonuniy talabni bajarish choralarini ko\u2018rilishi lozim edi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish davomida iste&#8217;molchi va xizmat ko\u2018rsatuvchiga qonunchilik talablari, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilishi davomida ustaxona xodimi o\u2018z majburiyatini tan olib, iste&#8217;molchidan qo\u2018shimcha haq talab qilmasdan, shu kunning o\u2018zida sifatli ehtiyot qism qo\u2018yib muzlatgichni qayta ta&#8217;mirlab berish majburiyatini zimmasiga oldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro E.J. tomonidan muzlatgichni ta&#8217;mirlash xizmati sifati yuzasidan qilingan murojaat tuman Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o\u2018rganib chiqilib, muammo iste&#8217;molchi manfaati asosida hal etildi. Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro o\u2018zining \u201cSamsung\u201d rusumli muzlatgichini ta&#8217;mirlash uchun ustaxonaga topshirgan. Usta muzlatgichning plata qismi kuyganini bildirib, uni ta&#8217;mirlab bergan va xizmat haqi sifatida 170 ming [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12253,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12251","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":4,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12251"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12251"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12251\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12254,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12251\/revisions\/12254"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12253"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12251"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12251"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12251"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}