{"id":12259,"date":"2026-05-20T08:51:34","date_gmt":"2026-05-20T03:51:34","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12259"},"modified":"2026-05-20T08:51:34","modified_gmt":"2026-05-20T03:51:34","slug":"alohida-talim-ehtiyojlari-bolgan-bolalar-holidan-xabar-olinmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12259","title":{"rendered":"Alohida ta&#8217;lim ehtiyojlari bo\u2018lgan bolalar holidan xabar olinmoqda"},"content":{"rendered":"<h4>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi tomonidan qabul qilingan \u201cJamoatchilik nazorati tartibida monitoring o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida\u201dgi buyruq asosida respublika bo\u2018ylab keng qamrovli o\u2018rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur buyruqqa muvofiq, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo\u2018lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta&#8217;lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar jamoatchilik nazorati tartibida o\u2018rganilmoqda.<\/h4>\n<p>Xususan, Federatsiyaning Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan tuman va shaharlarda ishchi guruhlar shakllantirilib, uyda yakka tartibda ta&#8217;lim olayotgan o\u2018quvchilar holidan xabar olish, ularning ta&#8217;lim jarayoni bilan yaqindan tanishish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.<br \/>\nO\u2018rganishlar jarayonida nafaqat o\u2018quvchi bolaning ta&#8217;lim olishi bilan bog\u2018liq sharoitlar, balki ularning ota-onalari va xonadon egalarining iste&#8217;mol sohasiga oid muammolari ham o\u2018rganilmoqda. Eng muhimi, aniqlangan masalalarni joyida hal qilish choralari ko\u2018rilayotgani aholi tomonidan ijobiy baholanmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, Oltiariq tumanida uyda yakka tartibda ta&#8217;lim olayotgan Sh.Abdug\u2018anieva va R.Abdug\u2018anievalarning tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tish bilan bog\u2018liq muammosi o\u2018rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning xonadonlarida bepul tibbiy ko\u2018rik tashkil etildi. Bu esa bolalarning salomatligini muhofaza qilish va ular uchun qulay sharoit yaratish yo\u2018lidagi muhim amaliy qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Quvasoy shahrida esa M.Boltaboevning uyda yakka tartibda ta&#8217;lim olayotgan nevarasi uchun zarur o\u2018quv dastgohlari bilan ta&#8217;minlash masalasi yuzasidan amaliy yordam ko\u2018rsatilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni hal etish choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>Dang\u2018ara tumanida istiqomat qiluvchi L.Oybekov tomonidan yashash hududidan maishiy chiqindilar o\u2018z vaqtida olib ketilmayotganligi bo\u2018yicha bildirilgan murojaat ham o\u2018rganilib, tegishli kommunal xizmat tashkilotlari ishtirokida muammoni bartaraf etish choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Beshariq tumanida L.Bo\u2018taev tomonidan ko\u2018tarilgan toza ichimlik suvi ta&#8217;minoti bilan bog\u2018liq masala ham mas&#8217;ul tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda o\u2018rganildi va uni ijobiy hal etish bo\u2018yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.<\/p>\n<p>Federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan bunday jamoatchilik monitoringlari aholining nafaqat ta&#8217;lim, balki iste&#8217;mol sohasidagi muammolarini ham aniqlash va ularni tezkor hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, alohida e&#8217;tibor va g\u2018amxo\u2018rlikka muhtoj bolalar hamda ularning oilalarini qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ishlar jamiyatda ijtimoiy mas&#8217;uliyat va insonparvarlik tamoyillari mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur monitoring ishlari yakunlari bo\u2018yicha tegishli davlat va jamoat tashkilotlariga tahliliy takliflar kiritilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi tomonidan qabul qilingan \u201cJamoatchilik nazorati tartibida monitoring o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida\u201dgi buyruq asosida respublika bo\u2018ylab keng qamrovli o\u2018rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur buyruqqa muvofiq, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo\u2018lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta&#8217;lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar jamoatchilik nazorati tartibida o\u2018rganilmoqda. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12261,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12259","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":6,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12259"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12259"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12259\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12262,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12259\/revisions\/12262"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12261"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12259"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12259"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12259"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}