{"id":12282,"date":"2026-06-01T12:19:54","date_gmt":"2026-06-01T07:19:54","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12282"},"modified":"2026-06-01T12:19:54","modified_gmt":"2026-06-01T07:19:54","slug":"uy-joy-xaridida-huquqiy-himoyaning-orni-va-ahamiyati-bir-murojaat-misolida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12282","title":{"rendered":"Uy-joy xaridida huquqiy himoyaning o\u2018rni va ahamiyati bir murojaat misolida"},"content":{"rendered":"<h4>Bugungi kunda aholining uy-joyga bo\u2018lgan ehtiyoji ortib borayotgani sababli qurilish kompaniyalari bilan tuzilayotgan shartnomalar soni ham ko\u2018paymoqda. Biroq amaliyot shuni ko\u2018rsatmoqdaki, ayrim holatlarda iste&#8217;molchilar to\u2018lovlarni amalga oshirgan bo\u2018lsa-da, va&#8217;da qilingan shartlar bajarilmasligi, uyning belgilangan muddatda topshirilmasligi yoki boshqa muammolarga duch kelmoqda. Ana shunday vaziyatlarda iste&#8217;molchining huquqiy bilimi va qonun bilan kafolatlangan huquqlari, bu borada iste&#8217;molchilik ijtimoiy harakati bilan hamkorligi katta ahamiyat kasb etadi.<\/h4>\n<p>Keling, Farg\u2018ona shahrida yashovchi fuqaro, O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi a&#8217;zosi S. O. ning Federatsiyaning Farg\u2018ona shahar jamiyatiga uy-joy masalasida yuzaga kelgan masala bilan qilgan murojaati misolida kredit shartlarida uy-joy xaridi masalalarining ayrim tomonlariga to\u2018xtalib o\u2018taylik.<\/p>\n<p>Hujjatlarda keltirilishicha, fuqaroning turmush o\u2018rtog\u2018i qurilish kompaniyasi bilan xonadon sotib olish bo\u2018yicha shartnoma tuzgan hamda umumiy qiymati 875 million 260 ming so\u2018m bo\u2018lgan xonadon uchun dastlabki to\u2018lovlarni amalga oshirgan. Lekin fuqaro turmush o\u2018rtog\u2018ining bevaqt olamdan olamdan o\u2018tishi ortidan oylik to\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida amalga oshira olmasligini bildirgan va masalani hal etishda amaliy yordam so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Murojaat asosida Federatsiyaning Farg\u2018ona shahar jamiyati xodimlari tomonidan o\u2018rganish ishlari olib borilgan. Qurilish kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o\u2018tkazilib, iste&#8217;molchining manfaatlarini hisobga olgan holda yechim izlangan. Natijada fuqaroning avval xarid qilingan xonadonni kichikroq maydonli xonadonga almashtirish bo\u2018yicha so\u2018rovi qo\u2018llab-quvvatlanib, shu vaqtga qadar amalga oshirilgan to\u2018lovlarni qayta hisob-kitob qilish imkoniyati taklif etilgan. Bu esa fuqaroga u duch kelgan moliyaviy qiyinchilikdan chiqib olish imkoniyatini yaratib bergan. Bu holatda eng muhim jihat \u2014 iste&#8217;molchining murojaati e&#8217;tiborsiz qoldirilmagani va qonuniy asosda muammoni hal qilishga harakat qilinganidir.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, turli shartlarda uy-joy xarid qilayotgan yurtdoshlarimizga &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning ayrim normalarini keltirib o\u2018tgan holda, bu borada nimalarga e&#8217;tiborli bo\u2018lishlari lozimligini eslatib o\u2018tishni joiz deb bilamiz.<\/p>\n<p>Yuqorida nomi zikr etilgan Qonun iste&#8217;molchilarning tovar, ish va xizmatlardan foydalanishdagi huquqlarini kafolatlaydi. Xususan, qonunning 4-moddasiga ko\u2018ra, iste&#8217;molchi:<\/p>\n<ul>\n<li><em>tovar (ish, xizmat)ning sifatiga;<\/em><\/li>\n<li><em>xavfsizligiga;<\/em><\/li>\n<li><em>to\u2018g\u2018ri va to\u2018liq axborot olishga;<\/em><\/li>\n<li><em>o\u2018z manfaatlarini himoya qilishga;<\/em><\/li>\n<li><em>yetkazilgan zararni qoplatish<\/em>ga bo\u2018lgan huquqlarga ega.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Uy-joy sotib olish ham xizmat munosabatlarining bir turi hisoblanadi. Shu bois qurilish kompaniyasi iste&#8217;molchiga shartnoma shartlari, to\u2018lov tartibi, xonadonning holati, topshirish muddati va boshqa muhim ma&#8217;lumotlarni aniq va to\u2018liq taqdim etishi shart.<\/p>\n<p>Qonunning 6-moddasida esa iste&#8217;molchining tovar (ish, xizmat) haqida ishonchli axborot olish huquqi belgilangan. Demak, quruvchi tashkilot xaridorni chalg\u2018ituvchi yoki noaniq ma&#8217;lumot bermasligi lozim.<\/p>\n<p>Shuningdek, qonunning 13-moddasiga muvofiq, agar xizmat shartnoma talablariga mos kelmasa yoki iste&#8217;molchining huquqlari buzilsa, u o\u2018z talablarini qonuniy tartibda qo\u2018yish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Mutaxassislar uy-joy sotib olishdan oldin quyidagilarga alohida e&#8217;tibor qaratishni tavsiya qiladi:<\/p>\n<ul>\n<li><em>shartnomani shoshilmasdan o\u2018qib chiqish;<\/em><\/li>\n<li><em>\u00a0to\u2018lov jadvali va jarima shartlarini tushunib olish;<\/em><\/li>\n<li><em>qurilish kompaniyasining lisenziya va hujjatlarini tekshirish;<\/em><\/li>\n<li><em>berilgan va&#8217;dalarni og\u2018zaki emas, yozma shaklda rasmiylashtirish;<\/em><\/li>\n<li><em>har bir to\u2018lov uchun tasdiqlovchi hujjat saqlash.<\/em><\/li>\n<\/ul>\n<p>Agar iste&#8217;molchi uy-joy xaridi masalalarida o\u2018z huquqlari buzilgan deb hisoblasa, bu boradagi vakolatli davlat idoralariga, shuningdek iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga yoki sud organlariga murojaat qilishi mumkin.<\/p>\n<p>Uy-joy xaridi \u2014 inson hayotidagi eng muhim qarorlardan biri. Bunday jarayonda huquqiy savodxonlik, shartnomani chuqur o\u2018rganish va qonunlarda belgilangan huquqlarni bilish iste&#8217;molchini ko\u2018plab muammolardan asraydi. Farg\u2018ona shahridagi mazkur murojaat misoli shuni ko\u2018rsatadiki, iste&#8217;molchi o\u2018z huquqini talab qilsa va tegishli tashkilotlarga murojaat qilsa, muammoni qonuniy yo\u2018l bilan hal etish imkoniyati mavjuddir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda aholining uy-joyga bo\u2018lgan ehtiyoji ortib borayotgani sababli qurilish kompaniyalari bilan tuzilayotgan shartnomalar soni ham ko\u2018paymoqda. Biroq amaliyot shuni ko\u2018rsatmoqdaki, ayrim holatlarda iste&#8217;molchilar to\u2018lovlarni amalga oshirgan bo\u2018lsa-da, va&#8217;da qilingan shartlar bajarilmasligi, uyning belgilangan muddatda topshirilmasligi yoki boshqa muammolarga duch kelmoqda. Ana shunday vaziyatlarda iste&#8217;molchining huquqiy bilimi va qonun bilan kafolatlangan huquqlari, bu borada iste&#8217;molchilik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12283,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12282","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":9,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12282"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12282"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12282\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12285,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12282\/revisions\/12285"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12283"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12282"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12282"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12282"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}