{"id":12287,"date":"2026-06-03T18:35:18","date_gmt":"2026-06-03T13:35:18","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12287"},"modified":"2026-06-03T18:35:18","modified_gmt":"2026-06-03T13:35:18","slug":"buxoro-va-fargona-tajribasi-uygunlashgan-uchrashuv","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12287","title":{"rendered":"Buxoro va Farg\u2018ona tajribasi uyg\u2018unlashgan uchrashuv"},"content":{"rendered":"<h4>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi hamda uning tarkibidagi tuman (shahar) jamiyatlari raislari va mas&#8217;ul xodimlaridan iborat delegasiya tajriba almashish, hududiy tuzilmalar faoliyatini o\u2018rganish va Federatsiya a&#8217;zoligiga qabul qilish jarayonlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg\u2018ona viloyatiga tashrif buyurdi.<\/h4>\n<p>Tashrif doirasida mehmonlar dastlab Federatsiyaning Marg\u2018ilon shahar jamiyati faoliyati bilan tanishdilar. Uchrashuvlar davomida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, iste&#8217;molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash bo\u2018yicha amaliy ishlar, joylarda olib borilayotgan huquqiy targ\u2018ibot tadbirlari hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni ta&#8217;minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma&#8217;lumot berildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, mehmonlarga iste&#8217;molchilar murojaatlarini qabul qilish va ularni qonuniy hal etish mexanizmlari, nizolarni sudgacha hal qilish amaliyoti, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar xususida ham ma&#8217;lumotlar taqdim etildi. Ayniqsa, Federatsiya a&#8217;zoligiga jalb qilish ishlarini tizimli tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash orqali jamiyatlar faolligini oshirish bo\u2018yicha Farg\u2018ona viloyati tajribasi mehmonlarda katta qiziqish uyg\u2018otdi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng tajriba almashish tadbirlari Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasining yaqinda qurib, foydalanishga topshirilgan zamonaviy ma&#8217;muriy binosida davom ettirildi. Yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlar uchun tashkil etilgan qulay ish muhiti, murojaatchilarni qabul qilish xonalari hamda huquqiy maslahat berish tizimi mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.<\/p>\n<p>Bu yerda tashkil etilgan davra suhbatida iste&#8217;molchilarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning huquqiy bilimini yuksaltirish, \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun ijrosi ustidan ta&#8217;sirchan jamoatchilik nazoratini olib borish, shuningdek, hududiy jamiyatlar o\u2018rtasida o\u2018zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Suhbat davomida ishtirokchilar tomonidan amaliy taklif va tashabbuslar bildirilib, kelgusidagi hamkorlik yo\u2018nalishlari belgilab olindi.<\/p>\n<p>Tashrif davomida mehmonlar Farg\u2018ona vodiysining boy milliy hunarmandchilik an&#8217;analari bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo\u2018ldilar. Xususan, Marg\u2018ilon shahridagi mashhur \u201cYodgorlik\u201d fabrikasiga uyushtirilgan sayohat mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi. U yerda delegasiya a&#8217;zolari ipakni qayta ishlash jarayonlari, milliy adras va atlas matolarini tayyorlash bosqichlari, shuningdek, ushbu matolardan zamonaviy va milliy uslubdagi kiyim-kechak hamda turli buyumlar tayyorlanishi bilan yaqindan tanishdilar.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, bunday uchrashuv va tajriba almashuvlar hududiy birlashmalar faoliyatini yanada takomillashtirish, sohadagi ilg\u2018or tajribalarni ommalashtirish hamda iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi hamda uning tarkibidagi tuman (shahar) jamiyatlari raislari va mas&#8217;ul xodimlaridan iborat delegasiya tajriba almashish, hududiy tuzilmalar faoliyatini o\u2018rganish va Federatsiya a&#8217;zoligiga qabul qilish jarayonlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg\u2018ona viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar dastlab Federatsiyaning Marg\u2018ilon shahar jamiyati faoliyati [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12288,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12287","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":7,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12287"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12287"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12287\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12290,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12287\/revisions\/12290"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12288"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12287"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12287"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12287"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}