{"id":12291,"date":"2026-06-05T10:19:10","date_gmt":"2026-06-05T05:19:10","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12291"},"modified":"2026-06-05T10:19:10","modified_gmt":"2026-06-05T05:19:10","slug":"pestisidlar-va-agroximikatlarni-realizasiya-qilishda-istemolchiga-tolaqonli-malumot-berilishi-lozim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12291","title":{"rendered":"Pestisidlar va agroximikatlarni realizasiya qilishda iste&#8217;molchiga to\u2018laqonli ma&#8217;lumot berilishi lozim"},"content":{"rendered":"<h4>Iste&#8217;molchi tovar yoki xizmatni sotib olar ekan, uni to\u2018g\u2018ri va xavfsiz qo\u2018llash uchun yetarli ma&#8217;lumotga ega bo\u2018lishi lozim. Aks holda noto\u2018g\u2018ri foydalanish natijasida moddiy zarar, salomatlikka xavf yoki boshqa noxush oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Federatsiyaning Dang\u2018ara tuman jamiyati tomonidan ko\u2018rib chiqilgan murojaatlardan biri biri bu haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi.<\/h4>\n<p>Dang\u2018ara tumanida yashovchi fuqaro Sh.T.ning murojaatida veterinariya dorixonasidan makkajo\u2018xori ekini ichida o\u2018suvchi yovvoyi o\u2018tlar bilan kurashish uchun pestisid sotib olingani, ammo uni qo\u2018llash tartibi va ehtiyot choralari to\u2018liq tushuntirilmagani bildirilgan. Natijada pestisid qo\u2018llanilishi nafaqat yovvoyi o\u2018tlarni, balki makkajo\u2018xorini ham quritib qo\u2018ygan. Bu esa iste&#8217;molchining zarar ko\u2018rishiga olib kelgan. Murojaat asosida o\u2018rganish o\u2018tkazilib, holatga aniqlik kiritilgan.<\/p>\n<p>O\u2018rganish davomida veterinariya dorixonasi mas&#8217;ullari bilan suhbat o\u2018tkazilib, holat tahlil qilinganda iste&#8217;molchi tomoni dori vositasini yovvoyi o\u2018tlar bilan kurashish uchun deb so\u2018raganligi, sotuvchi tomoni ham berilayotgan dori vositasining alohida xususiyatlari bo\u2018yicha qo\u2018shimcha tushuntirishlar bermaganligi natijasida, makkajo\u2018xori ekini ichidagi yovvoyi o\u2018tlar bilan kurashiladigan emas, balki ochiq maydonda o\u2018sadigan yovvoyi o\u2018tlardan tozalaydigan vosita berib yuborilgani ma&#8217;lum bo\u2018ldi. Muzokara yakunlari bilan dorixona rahbariyati tomonidan iste&#8217;molchiga yetkazilgan zarar qoplab berildi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasining &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunidan ayrim normalarni keltirib o\u2018tishni joiz deb bilamiz.<\/p>\n<p>Qonun 6-moddasiga muvofiq, iste&#8217;molchi tovar (ish, xizmat) to\u2018g\u2018risida to\u2018g\u2018ri, to\u2018liq va ishonchli ma&#8217;lumot olish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Bu degani sotuvchi yoki xizmat ko\u2018rsatuvchi:<\/p>\n<p>&#8212; tovarning xususiyatlari;<br \/>\n&#8212; uni qo\u2018llash tartibi;<br \/>\n&#8212; xavfsizlik choralari;<br \/>\n&#8212; saqlash shartlari;<br \/>\n&#8212; ehtimoliy oqibatlar haqida iste&#8217;molchiga tushunarli shaklda ma&#8217;lumot berishi shart.<\/p>\n<p>Shuningdek, Qonunning 7-moddasida tovar (ish, xizmat) haqidagi ma&#8217;lumot iste&#8217;molchiga to\u2018g\u2018ri tanlov qilish imkonini berishi lozimligi belgilangan. Agar yetarli ma&#8217;lumot berilmagani sababli iste&#8217;molchiga zarar yetkazilsa, bu holat qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Ayniqsa dori vositalari, veterinariya preparatlari, kimyoviy mahsulotlar va texnik qurilmalarni sotishda iste&#8217;molchiga aniq ko\u2018rsatma berish juda muhim. Chunki mahsulotdan noto\u2018g\u2018ri foydalanish:<\/p>\n<p>&#8212; moliyaviy zararga;<br \/>\n&#8212; hayvonlar yoki inson salomatligiga ziyon yetkazishiga;<br \/>\n&#8212; qo\u2018shimcha xarajatlarga sabab bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu bois iste&#8217;molchi mahsulotni sotib olishdan avval uning qo\u2018llash tartibi, dozasi, cheklovlari va xavfsizlik talablari haqida batafsil ma&#8217;lumot so\u2018rash huquqiga ega.<\/p>\n<p>Mahsulot, ayniqsa dori vositasi yoki maxsus qo\u2018llanadigan tovarni xarid qilayotganda:<\/p>\n<p>&#8212; qo\u2018llash tartibini sotuvchidan aniqlashtiring.<br \/>\n&#8212; yo\u2018riqnoma bilan tanishib chiqing.<br \/>\n&#8212; chek yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatni saqlab qo\u2018ying.<br \/>\n&#8212; zarar yoki muammo kelib chiqqan taqdirda vakolatli tashkilotlarga murojaat qiling.<\/p>\n<p>Ushbu holat iste&#8217;molchilarning o\u2018z huquqlarini bilishi va ularni himoya qilish mexanizmlaridan foydalanishi muhimligini yana bir bor ko\u2018rsatdi. Iste&#8217;molchiga to\u2018liq va ishonchli ma&#8217;lumot berish nafaqat qonuniy majburiyat, balki sifatli xizmat ko\u2018rsatishning ham muhim sharti hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste&#8217;molchi tovar yoki xizmatni sotib olar ekan, uni to\u2018g\u2018ri va xavfsiz qo\u2018llash uchun yetarli ma&#8217;lumotga ega bo\u2018lishi lozim. Aks holda noto\u2018g\u2018ri foydalanish natijasida moddiy zarar, salomatlikka xavf yoki boshqa noxush oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Federatsiyaning Dang\u2018ara tuman jamiyati tomonidan ko\u2018rib chiqilgan murojaatlardan biri biri bu haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi. Dang\u2018ara tumanida yashovchi fuqaro Sh.T.ning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12293,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12291","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":9,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12291"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12291"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12291\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12294,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12291\/revisions\/12294"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12293"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12291"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12291"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12291"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}