{"id":12303,"date":"2026-06-06T16:06:58","date_gmt":"2026-06-06T11:06:58","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12303"},"modified":"2026-06-06T16:06:58","modified_gmt":"2026-06-06T11:06:58","slug":"muddatli-tolov-shartnomasi-huquq-va-majburiyatlarni-unutmang","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12303","title":{"rendered":"Muddatli to\u2018lov shartnomasi: huquq va majburiyatlarni unutmang"},"content":{"rendered":"<h4>Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida maishiy texnika va elektron qurilmalarni muddatli to\u2018lov asosida xarid qilish imkoniyatlari kengaymoqda. Biroq bunday shartnomalar nafaqat huquqlar, balki muayyan majburiyatlarni ham yuklaydi.<\/h4>\n<p>Yaqinda O\u2018zbekisto iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga Dang\u2018ara tumanida yashovchi fuqaro J.E.ning murojaati kelib tushdi. Murojaatda muddatli to\u2018lov asosida xarid qilingan mobil telefon bo\u2018yicha yuzaga kelgan qarzdorlik va uning oqibatlari haqida so\u2018z borgan.<\/p>\n<p>O\u2018rganishlar davomida aniqlanishicha, fuqaro mobil telefonni muddatli to\u2018lov sharti bilan sotib olgan va shartnoma bo\u2018yicha har oy belgilangan to\u2018lovlarni amalga oshirib borishi lozim bo\u2018lgan. Ammo to\u2018lovlar o\u2018z vaqtida va to\u2018liq amalga oshirilmagani sababli qarzdorlik shakllangan. Natijada kredit tashkiloti tomonidan qarzni undirish yuzasidan tegishli choralar ko\u2018rilgan.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda bir muhim jihatga e&#8217;tibor qaratish lozim. O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, iste&#8217;molchi tovarni kreditga yoki muddatli to\u2018lov sharti bilan xarid qilganda shartnomada belgilangan pul mablag\u2018ini belgilangan tartib va muddatlarda to\u2018lash majburiyatini o\u2018z zimmasiga oladi. Ya&#8217;ni iste&#8217;molchi o\u2018z huquqlaridan foydalanishi bilan bir qatorda, shartnoma shartlariga rioya qilishi ham shart.<\/p>\n<p>Ko\u2018p hollarda fuqarolar muddatli to\u2018lov shartnomasini imzolash vaqtida uning barcha shartlarini diqqat bilan o\u2018qib chiqmaydi yoki kechiktirilgan to\u2018lov uchun qanday oqibatlar kelib chiqishini yetarlicha anglamaydi. Vaholanki, har bir shartnoma bo\u2018yicha to\u2018lovlarning kechikishi penya, foizlar hisoblanishiga, ayrim hollarda esa sud jarayonlari boshlanishiga sabab bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Mazkur murojaat bo\u2018yicha Federatsiyaning Dang\u2018ara tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan holat atroflicha o\u2018rganilib, tegishli tashkilotlar bilan muloqotlar o\u2018tkazildi. O\u2018rganish natijasida fuqaroga nisbatan qo\u2018yilgan cheklov qayta ko\u2018rib chiqildi va bekor qilindi.<\/p>\n<p>Bu holat iste&#8217;molchilar uchun muhim saboq bo\u2018la oladi. Tovar yoki xizmatni muddatli to\u2018lov asosida xarid qilishdan avval shartnoma shartlarini sinchiklab o\u2018rganish, o\u2018z moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olish va belgilangan to\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida amalga oshirish zarur. Agar tushunmovchilik yoki bahsli holat yuzaga kelsa, muammoni ertaroq hal etish maqsadida sotuvchi, kredit tashkiloti yoki iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya etiladi.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchining huquqlari qonun bilan himoya qilingan. Biroq huquqlar bilan bir qatorda shartnoma bo\u2018yicha majburiyatlarni bajarish ham har bir iste&#8217;molchining muhim vazifasi hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida maishiy texnika va elektron qurilmalarni muddatli to\u2018lov asosida xarid qilish imkoniyatlari kengaymoqda. Biroq bunday shartnomalar nafaqat huquqlar, balki muayyan majburiyatlarni ham yuklaydi. Yaqinda O\u2018zbekisto iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga Dang\u2018ara tumanida yashovchi fuqaro J.E.ning murojaati kelib tushdi. Murojaatda muddatli to\u2018lov asosida xarid qilingan mobil telefon [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12305,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12303","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":8,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12303"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12303"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12303\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12306,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12303\/revisions\/12306"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12305"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12303"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12303"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12303"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}