{"id":12369,"date":"2026-06-19T11:16:43","date_gmt":"2026-06-19T06:16:43","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12369"},"modified":"2026-06-19T11:16:43","modified_gmt":"2026-06-19T06:16:43","slug":"kitob-puli-qaytarildi-istemolchi-murojaati-ijobiy-hal-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12369","title":{"rendered":"Kitob puli qaytarildi: iste&#8217;molchi murojaati ijobiy hal etildi"},"content":{"rendered":"<h4>Farg\u2018ona shahrida yashovchi fuqaro farzandini xususiy o\u2018quv markazlaridan biriga o\u2018qishga joylashtirib, ta&#8217;lim jarayoni uchun zarur bo\u2018lgan kitob xarid qilish maqsadida to\u2018lovni amalga oshiradi. Biroq oradan vaqt o\u2018tsa-da, kitob iste&#8217;molchiga berilmaydi. Shu bilan birga, to\u2018langan mablag\u2018ni qaytarish haqidagi talab ham qanoatlantirilmaydi. Natijada fuqaro o\u2018z huquqlarini himoya qilish maqsadida O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqami orqali murojaat qiladi.<\/h4>\n<p>Murojaat Farg\u2018ona shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganib chiqildi. O\u2018rganish jarayonida o\u2018quv markazi mas&#8217;ullari bilan bog\u2018lanilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada masala ijobiy hal qilinib, kitob uchun oldindan to\u2018langan 75 ming so\u2018m mablag\u2018 iste&#8217;molchining plastik kartasiga qaytarib berildi.<\/p>\n<p>Mazkur holat iste&#8217;molchilar o\u2018z huquqlarini yaxshi bilishi va ular buzilganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko\u2018rsatadi. Amaliyot shuni tasdiqlamoqdaki, ko\u2018plab nizolar qonunchilik asosida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida sudgacha bo\u2018lgan bosqichda hal etilishi mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Qonuniga muvofiq, iste&#8217;molchi tovar yoki xizmat uchun haq to\u2018lagan bo\u2018lsa, unga va&#8217;da qilingan mahsulot yoki xizmat o\u2018z vaqtida va to\u2018liq hajmda taqdim etilishi shart. Aks holda iste&#8217;molchi yetkazilmagan tovar yoki ko\u2018rsatilmagan xizmat uchun to\u2018langan mablag\u2018ni qaytarishni talab qilish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Shuning uchun ta&#8217;lim, savdo yoki xizmat ko\u2018rsatish sohasida iste&#8217;molchi sifatida huquqlaringiz buzilsa, vaziyatga befarq bo\u2018lmang. To\u2018lov hujjatlari, shartnoma va boshqa tasdiqlovchi dalillarni saqlab qo\u2018ying hamda huquqiy yordam olish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qiling. Aksariyat holatlarda murojaat qilishning o\u2018ziyoq muammoni hal etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Farg\u2018ona shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ko\u2018rib chiqilgan mazkur murojaat ham iste&#8217;molchining qonuniy manfaatlari tiklangani bilan ahamiyatli bo\u2018ldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg\u2018ona shahrida yashovchi fuqaro farzandini xususiy o\u2018quv markazlaridan biriga o\u2018qishga joylashtirib, ta&#8217;lim jarayoni uchun zarur bo\u2018lgan kitob xarid qilish maqsadida to\u2018lovni amalga oshiradi. Biroq oradan vaqt o\u2018tsa-da, kitob iste&#8217;molchiga berilmaydi. Shu bilan birga, to\u2018langan mablag\u2018ni qaytarish haqidagi talab ham qanoatlantirilmaydi. Natijada fuqaro o\u2018z huquqlarini himoya qilish maqsadida O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12371,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12369","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":9,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12369"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12369"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12369\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12372,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12369\/revisions\/12372"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12371"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12369"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12369"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12369"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}