{"id":12410,"date":"2026-06-30T08:31:46","date_gmt":"2026-06-30T03:31:46","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12410"},"modified":"2026-06-30T08:31:46","modified_gmt":"2026-06-30T03:31:46","slug":"issiqlik-xizmati-sifatsiz-bolsa-istemolchi-haq-tolamasligi-mumkin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12410","title":{"rendered":"Issiqlik xizmati sifatsiz bo\u2018lsa, iste&#8217;molchi haq to\u2018lamasligi mumkin"},"content":{"rendered":"<h4>Fuqarolarning kommunal xizmatlardan sifatli foydalanish huquqini ta&#8217;minlashda iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy yordam o\u2018zining amaliy natijalarini bermoqda. Ana shunday holatlardan biri Marg\u2018ilon shahrida yashovchi ikki nafar iste&#8217;molchining murojaati asosida sud orqali ijobiy hal etildi.<\/h4>\n<p>Marg\u2018ilon shahar Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolar X.P va T.O. manfaatlarini ko\u2018zlab Farg\u2018ona viloyati Issiqlik manbai MChJga nisbatan sudga da&#8217;vo arizasi kiritdi. Murojaatda ular yashab turgan ko\u2018p qavatli uylarga 2025\u20132026 yillar kuz-qish mavsumida issiqlik ta&#8217;minoti belgilangan me&#8217;yorda yetkazib berilmaganiga qaramasdan, kommunal qarzdorlik va penya hisoblangani qayd etildi.<\/p>\n<p>Sud jarayonida da&#8217;vogarlar issiqlik ta&#8217;minoti yetarli bo\u2018lmagani haqida bir necha bor murojaat qilganliklari, mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgani hamda hisoblangan qarzdorlik asossiz ekanini ma&#8217;lum qildi. Javobgar vakili ham dalolatnoma mavjudligini tan olib, qarzdorlikning ma&#8217;lum qismi qayta hisoblanganini bildirdi.<\/p>\n<p>Ish materiallarini har tomonlama o\u2018rgangan sud O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan kommunal xizmatlar ko\u2018rsatish qoidalari talablarini tahlil qildi. Ushbu qoidalarga muvofiq, issiqlik ta&#8217;minotida uzilish yoki belgilangan parametrlardan chetlanish aniqlansa, yetkazib berilmagan xizmat uchun qayta hisob-kitob amalga oshirilishi lozim.<\/p>\n<p>Sud muhokamasida 2026 yil fevral oyida tuzilgan dalolatnoma muhim dalil sifatida baholandi. Unda Marg\u2018ilon shahridagi mazkur ko\u2018p qavatli uyga 2025\u20132026 yillar kuz-qish mavsumida issiqlik yetarli darajada yetkazib berilmagani qayd etilgan. Shu asosda sud iste&#8217;molchilarning da&#8217;vosini qisman qanoatlantirib, ularga hisoblangan kommunal qarzdorlikning 50 foizidan ozod qilish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, javobgar korxonadan davlat foydasiga davlat boji ham undirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Mazkur sud qarori iste&#8217;molchilar uchun muhim huquqiy ahamiyatga ega. Chunki kommunal xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilotlar xizmatni shartnoma va qonunchilikda belgilangan sifat darajasida ko\u2018rsatishi shart. Agar xizmat sifatsiz ko\u2018rsatilsa yoki umuman ko\u2018rsatilmasa, iste&#8217;molchi qayta hisob-kitob talab qilish, zarur hollarda esa o\u2018z huquqlarini sud orqali himoya qilish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Marg\u2018ilon shahar Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ko\u2018rsatilgan huquqiy yordam natijasida mazkur ishda iste&#8217;molchilarning qonuniy manfaatlari himoya qilinib, ularning buzilgan huquqlari sud tartibida tiklandi. Bu esa iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi amalda samarali ishlayotganining yana bir yorqin namunasidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fuqarolarning kommunal xizmatlardan sifatli foydalanish huquqini ta&#8217;minlashda iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy yordam o\u2018zining amaliy natijalarini bermoqda. Ana shunday holatlardan biri Marg\u2018ilon shahrida yashovchi ikki nafar iste&#8217;molchining murojaati asosida sud orqali ijobiy hal etildi. Marg\u2018ilon shahar Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolar X.P va T.O. manfaatlarini ko\u2018zlab Farg\u2018ona viloyati Issiqlik manbai [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12412,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12410","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":4,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12410"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12410"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12410\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12413,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12410\/revisions\/12413"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12412"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12410"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12410"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12410"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}