{"id":12445,"date":"2026-07-01T16:36:05","date_gmt":"2026-07-01T11:36:05","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12445"},"modified":"2026-07-01T16:36:05","modified_gmt":"2026-07-01T11:36:05","slug":"1091-ishonch-telefoniga-kelib-tushgan-murojaat-ijobiy-hal-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12445","title":{"rendered":"1091 ishonch telefoniga kelib tushgan murojaat ijobiy hal etildi"},"content":{"rendered":"<h4>Fuqarolarning maishiy texnika bilan bog\u2018liq muammolarini tezkor hal etish va iste&#8217;molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday murojaatlardan biri Farg\u2018ona viloyati O\u2018zbekiston tumanida yashovchi fuqaro D. Yu. tomonidan Federatsiyaning 1091 qisqa ishonch telefoni orqali yo\u2018llandi.<\/h4>\n<p>Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2025 yilda Qo\u2018qon shahri Yangi bozor hududidagi maishiy texnika do\u2018konidan \u00abImmer 6 kg\u00bb rusumli kir yuvish mashinasini ikki yillik kafolat bilan xarid qilgan. Biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida u bir necha bor nosoz holatga kelib qolgan. Servis xizmati tomonidan texnika bir necha marta olib ketilib ta&#8217;mirlangan bo\u2018lsa-da, muammo bartaraf etilmagani sababli iste&#8217;molchi amaliy yordam so\u2018rab murojaat qilgan.<\/p>\n<p>Murojaat belgilangan tartibda Qo\u2018qon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganildi. Mutaxassislar mahsulotga xizmat ko\u2018rsatuvchi Immer servis markazi mas&#8217;ullari bilan bog\u2018lanib, iste&#8217;molchining e&#8217;tirozlari va qonunchilik talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlarini olib borishdi.<\/p>\n<p>Olib borilgan amaliy ishlar natijasida servis markazi xodimlari kir yuvish mashinasini iste&#8217;molchining xonadonidan olib ketib, nosozliklarni bartaraf etgach, qaytadan egasiga yetkazib berishdi. Fuqaro texnikani sinovdan o\u2018tkazib, uning to\u2018liq ishchi holatga keltirilganini tasdiqladi. Shu tariqa murojaat ijobiy hal etilib, iste&#8217;molchining buzilgan huquqlari tiklandi.<\/p>\n<p>Murojaat ijobiy hal etilganidan so\u2018ng D. Yu. Qo\u2018qon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga minnatdorlik bildirib, arizasi qisqa vaqt ichida ko\u2018rib chiqilgani va muammosi tezkor hal etilgani uchun jamiyat xodimlariga samimiy tashakkur izhor qildi.<\/p>\n<p>Ushbu holat iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan murojaatlarni har tomonlama o\u2018rganish, tadbirkorlik sub&#8217;ektlari va servis tashkilotlari bilan hamkorlikda muammolarni sudgacha bo\u2018lgan tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o\u2018z samarasini berayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, iste&#8217;molchilar huquqlari buzilgan hollarda Federatsiyaning 1091 qisqa ishonch telefoniga murojaat qilish orqali huquqiy maslahat va amaliy yordam olishlari mumkinligini eslatib o\u2018tishni joiz deb bilamiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fuqarolarning maishiy texnika bilan bog\u2018liq muammolarini tezkor hal etish va iste&#8217;molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday murojaatlardan biri Farg\u2018ona viloyati O\u2018zbekiston tumanida yashovchi fuqaro D. Yu. tomonidan Federatsiyaning 1091 qisqa ishonch telefoni orqali yo\u2018llandi. Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2025 yilda Qo\u2018qon [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12447,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12445","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":1,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12445"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12445"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12445\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12448,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12445\/revisions\/12448"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12447"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12445"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12445"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12445"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}