{"id":12492,"date":"2026-07-09T08:11:43","date_gmt":"2026-07-09T03:11:43","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12492"},"modified":"2026-07-09T08:11:43","modified_gmt":"2026-07-09T03:11:43","slug":"federatsiyaning-1091-ishonch-telefoni-orqali-ikki-muammoga-yechim-istemolchilar-manfaati-ustuvor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12492","title":{"rendered":"Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali ikki muammoga yechim: iste&#8217;molchilar manfaati ustuvor"},"content":{"rendered":"<h4>Iste&#8217;molchilarning kommunal xizmatlardan to\u2018liq va sifatli foydalanish huquqini ta&#8217;minlash davlat siyosatida muhim o\u2018rin tutadi. Shu bois, aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni tezkor o\u2018rganish va qonuniy hal etish iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.<\/h4>\n<p>Farg\u2018ona tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qabul qilingan ikki murojaat qisqa muddat ichida ijobiy hal qilinib, fuqarolarning qonuniy manfaatlari ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>Jumladan, Farg\u2018ona tumanida yashovchi fuqaro D. M. uch oydan buyon xonadoniga suyultirilgan gaz baloni yetkazib berilmayotganidan norozi bo\u2018lib, 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qildi.<\/p>\n<p>Murojaat Farg\u2018ona tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, &#171;Hududgaz Farg\u2018ona&#187; gaz ta&#8217;minoti filialining tuman bo\u2018limiga rasmiy so\u2018rov yuborildi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish jarayonida mutaxassislar murojaatchining xonadoniga chiqqan holda vaziyatni o\u2018rganishdi. Natijada fuqaro shartnoma asosida suyultirilgan gazdan foydalanishi tasdiqlanib, murojaat asosida xonadonga gaz baloni yetkazib berildi. Keyinchalik fuqaro muammosi hal etilgani uchun minnatdorlik xati ham yo\u2018lladi.<\/p>\n<p>Yana bir murojaat Farg\u2018ona tumanida yashovchi fuqaro X. X. tomonidan kelib tushdi. U elektron gaz hisoblash uskunasi (EGHU)dagi batareya ishdan chiqqanligi sababli tabiiy gazdan to\u2018liq foydalana olmayotganini ma&#8217;lum qildi.<\/p>\n<p>Jamiyat mutaxassislari murojaatni o\u2018rganib, gaz ta&#8217;minoti tashkiloti bilan hamkorlikda xonadonda texnik ko\u2018rik o\u2018tkazishdi. Tekshiruv natijasida hisoblagichning batareyasi yangisiga almashtirildi, qurilma qayta sozlanib, aloqaga chiqarildi. Shu tariqa iste&#8217;molchining muammosi qisqa muddatda bartaraf etildi.<\/p>\n<p>Unutmang, kommunal xizmatlardan foydalanish jarayonida iste&#8217;molchilar quyidagi huquqlarga ega:<\/p>\n<p>&#8212; sifatli va uzluksiz xizmat olish;<br \/>\n&#8212; xizmatdagi uzilishlar yoki nosozliklar bo\u2018yicha murojaat qilish;<br \/>\n&#8212; murojaatining belgilangan muddatlarda ko\u2018rib chiqilishini talab qilish;<br \/>\n&#8212; huquqlari buzilganda iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat etish.<\/p>\n<p>Mutaxassislar ta&#8217;kidlashicha, xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilot bilan bog\u2018liq muammo yuzaga kelganda uni kechiktirmasdan rasmiy tartibda ma&#8217;lum qilish muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni sudgacha bo\u2018lgan bosqichda tezkor hal qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Farg\u2018ona tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amalga oshirilgan mazkur ishlar iste&#8217;molchilar murojaatlari e&#8217;tibordan chetda qolmasligi, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi orqali aholining qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinayotganini yana bir bor namoyon etdi.<\/p>\n<p>Hurmatli iste&#8217;molchilar, agar Siz ham iste&#8217;mol sohasiga oid muammolarga duch kelsangiz, O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga og\u2018zaki yoki https:\/\/murojaat.istemol.uz orqali elektron shaklda murojaat yo\u2018llash imkoniyati mavjudligini eslatib o\u2018tamiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste&#8217;molchilarning kommunal xizmatlardan to\u2018liq va sifatli foydalanish huquqini ta&#8217;minlash davlat siyosatida muhim o\u2018rin tutadi. Shu bois, aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni tezkor o\u2018rganish va qonuniy hal etish iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Farg\u2018ona tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qabul qilingan ikki murojaat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12493,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12492","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":0,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12492"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12492"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12495,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12492\/revisions\/12495"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12493"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}