{"id":12526,"date":"2026-07-13T14:29:13","date_gmt":"2026-07-13T09:29:13","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12526"},"modified":"2026-07-13T14:29:13","modified_gmt":"2026-07-13T09:29:13","slug":"turizm-obektlarida-xizmatlar-sifati-jamoatchilik-nazorati-markazida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12526","title":{"rendered":"Turizm ob&#8217;ektlarida xizmatlar sifati jamoatchilik nazorati markazida"},"content":{"rendered":"<h4>Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy turistlar uchun xavfsiz, sifatli hamda zamonaviy xizmat ko\u2018rsatish muhitini shakllantirishga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda iste&#8217;molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash, xizmatlar sifati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini yo\u2018lga qo\u2018yish muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/h4>\n<p>Shu maqsadda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan konsepsiya asosida respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan mehmonxonalar, mehmon uylari, xostellar va boshqa joylashtirish vositalarida jamoatchilik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mazkur o\u2018rganishlarning asosiy maqsadi turizm sohasida iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish, xizmatlar sifati va xavfsizligini baholash, axborot ochiqligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o\u2018rganishdan iborat.<\/p>\n<p>Ana shu tadbirlar doirasida Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shahar hududida faoliyat yuritayotgan mehmonxonalarda jamoatchilik nazorati o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Monitoring davomida mehmonxonalarda iste&#8217;molchilarga xizmatlar haqida to\u2018liq va ishonchli axborot taqdim etilishi, narxlarning ochiq e&#8217;lon qilinganligi, bron qilish va to\u2018lov shartlarining shaffofligi, yashash xonalarining sanitariya-gigiena holati, ichimlik suvi, internet, xavfsizlik tizimlari, yong\u2018in xavfsizligi vositalari, murojaat va shikoyatlar bilan ishlash tartibi hamda xizmat ko\u2018rsatish madaniyati kabi ko\u2018rsatkichlar o\u2018rganildi. Shuningdek, xorijiy turistlar uchun ko\u2018p tilli axborotning mavjudligi, xalqaro to\u2018lov vositalaridan foydalanish imkoniyati va mehmonlarni ro\u2018yxatga olish tartibiga ham alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Mutaxassislar tomonidan jamoatchilik nazorati tadbirlari tadbirkorlik sub&#8217;ektlari faoliyatiga aralashish yoki ularni tekshirish maqsadida emas, balki iste&#8217;molchilar fikrini o\u2018rganish, xizmatlar sifatini tahlil qilish va sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo\u2018yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilayotgani tushuntirildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati tadbirlari Quva tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ham izchil davom ettirilmoqda. Bu gal mutaxassislar Qarkidon suv ombori atrofida barpo etilgan zamonaviy dam olish maskanlari va turistik xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlarida o\u2018rganishlar o\u2018tkazdilar.<\/p>\n<p>Karkidon suv ombori keyingi yillarda Farg\u2018ona vodiysining eng istiqbolli rekreasiya va ichki turizm maskanlaridan biriga aylanib bormoqda. Hududda davlat dasturlari asosida sohilbo\u2018yi infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy dam olish maskanlari, oilaviy hordiq chiqarish zonalari, ovqatlanish shoxobchalari, mehmon uylari va ko\u2018ngilochar xizmatlarni tashkil etish bo\u2018yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa vodiy aholisi bilan bir qatorda mamlakatimizning boshqa hududlaridan keluvchi sayyohlar uchun ham Qarkidonni jozibador turistik manzilga aylantirmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018rganishlar davomida dam olish maskanlarida ko\u2018rsatilayotgan xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiena holati, iste&#8217;molchilar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmatlar narxlarining shaffofligi, xavfsizlik choralari, ovqatlanish va maishiy xizmatlar sifati, shuningdek, iste&#8217;molchilarning murojaatlari bilan ishlash amaliyoti o\u2018rganildi. Muassasa mas&#8217;ullariga iste&#8217;molchilar huquqlarini ta&#8217;minlash, xizmat ko\u2018rsatish madaniyatini yanada oshirish va qonunchilik talablariga qat&#8217;iy rioya qilish bo\u2018yicha tavsiyalar berildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash joizki, turizm ob&#8217;ektlarida o\u2018tkazilayotgan bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish, iste&#8217;molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ichki va kirish turizmini rivojlantirish hamda mamlakatimiz turizm sohasining xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy turistlar uchun xavfsiz, sifatli hamda zamonaviy xizmat ko\u2018rsatish muhitini shakllantirishga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda iste&#8217;molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash, xizmatlar sifati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini yo\u2018lga qo\u2018yish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan konsepsiya asosida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12527,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-12526","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":1,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12526"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12526"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12526\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12529,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12526\/revisions\/12529"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12527"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12526"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12526"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12526"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}