{"id":12530,"date":"2026-07-13T15:33:57","date_gmt":"2026-07-13T10:33:57","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12530"},"modified":"2026-07-13T15:33:57","modified_gmt":"2026-07-13T10:33:57","slug":"1091-ishonch-telefoniga-bir-murojaat-ortidan-butun-kop-qavatli-uy-muammosi-organildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12530","title":{"rendered":"1091 ishonch telefoniga bir murojaat ortidan butun ko\u2018p qavatli uy muammosi o\u2018rganildi"},"content":{"rendered":"<h4>Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish tizimida har bir murojaat alohida e&#8217;tibor bilan ko\u2018rib chiqiladi. Ayniqsa, kommunal xizmatlar bo\u2018yicha asossiz qarzdorliklarni aniqlash va bartaraf etish fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/h4>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, iste&#8217;molchi sifatli xizmat olish, xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilot bilan shartnoma tuzish hamda noqonuniy talablar va asossiz hisob-kitoblardan himoyalanish huquqiga ega. Xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilot esa iste&#8217;molchiga xizmatni qonunchilik talablariga muvofiq ko\u2018rsatishi va o\u2018z majburiyatlarini to\u2018liq bajarishi shart.<\/p>\n<p>Mazkur qonun normalari Marg\u2018ilon shahrida ko\u2018rib chiqilgan navbatdagi murojaatda yana bir bor amalda o\u2018z tasdig\u2018ini topdi.<\/p>\n<p>Marg\u2018ilon shahri Yangi Farg\u2018ona ko\u2018chasida yashovchi fuqaro Z. G\u2018. Federatsiyaning 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilib, ko\u2018p qavatli uy aholisi nomidan kommunal xizmatlar bilan bog\u2018liq muammoni ma&#8217;lum qildi.<\/p>\n<p>Murojaat Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, joyiga chiqqan holda o\u2018rganish ishlari olib borildi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish davomida jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, o\u2018rganish jarayonida ko\u2018p qavatli uyning 32 nafar xonadon egalari bilan \u00abXizmat ko\u2018rsatish shirkati\u00bb o\u2018rtasida xizmat ko\u2018rsatish bo\u2018yicha shartnoma tuzilmagani ma&#8217;lum bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Shuningdek:<\/p>\n<p><em>&#8212; ko\u2018p qavatli uyda kapital va joriy ta&#8217;mirlash ishlari amalga oshirilmagan;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; aholiga amalda xizmat ko\u2018rsatilmagan;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; shunga qaramay, billing tizimida 2023 yil avgust oyidan boshlab qarzdorlik qayta hisoblanib kelingan.<\/em><\/p>\n<p>Natijada 32 ta xonadonga jami 29 million so\u2018m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangan. Ushbu holat ko\u2018plab fuqarolarning haqli e&#8217;tirozlariga sabab bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan xizmat ko\u2018rsatuvchi shirkat rahbari bilan uchrashuv o\u2018tkazilib, amaldagi qonunchilik talablari, jumladan iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishga oid normalar batafsil tushuntirildi.<\/p>\n<p>Olib borilgan o\u2018rganish va huquqiy tushuntirishlar natijasida:<\/p>\n<p><em>&#8212; billing bazasiga kiritilgan 29 million so\u2018mlik asossiz qarzdorlik to\u2018liq bekor qilindi;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; bugungi kunda mazkur ko\u2018p qavatli uyning 32 ta xonadon egasi xizmat ko\u2018rsatish shirkati oldida hech qanday qarzdorlikka ega emasligi rasman tasdiqlandi.<\/em><\/p>\n<p>Murojaat yakuni bo\u2018yicha fuqaroga rasmiy javob xati yuborildi hamda zarurat tug\u2018ilganda yuqori turuvchi organlar yoki sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi ham tushuntirildi.<\/p>\n<p>Mazkur holat iste&#8217;molchilar uchun muhim saboq bo\u2018la oladi.<\/p>\n<p>Agar Sizga:<\/p>\n<p><em>&#8212; xizmat ko\u2018rsatilmagan bo\u2018lsa;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; xizmat ko\u2018rsatish bo\u2018yicha shartnoma tuzilmagan bo\u2018lsa;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; asossiz qarzdorlik hisoblangan bo\u2018lsa;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; billing tizimida noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumotlar aks etgan bo\u2018lsa, bunday holatlarga befarq bo\u2018lmang.<\/em><\/p>\n<p>Avvalo xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilotdan yozma tushuntirish talab qiling. Muammo bartaraf etilmasa, iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga yoki 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qiling.<\/p>\n<p>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan mazkur ishlar yana bir bor shuni ko\u2018rsatdiki, fuqarolarning o\u2018z vaqtida qilgan murojaati nafaqat bitta iste&#8217;molchining, balki butun ko\u2018p qavatli uy aholisining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishi mumkin.<\/p>\n<p>1091 ishonch telefoni orqali bildirilgan bitta murojaat natijasida 32 ta xonadonning 29 million so\u2018mlik asossiz qarzdorligi bekor qilinib, ularning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi.<\/p>\n<p>Bu esa iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi nafaqat alohida murojaatlarni hal qilish, balki jamoaviy muammolarni ham qonun doirasida samarali bartaraf etishga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish tizimida har bir murojaat alohida e&#8217;tibor bilan ko\u2018rib chiqiladi. Ayniqsa, kommunal xizmatlar bo\u2018yicha asossiz qarzdorliklarni aniqlash va bartaraf etish fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, iste&#8217;molchi sifatli xizmat olish, xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilot bilan shartnoma tuzish hamda noqonuniy talablar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12533,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12530","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":4,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12530"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12530"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12530\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12534,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12530\/revisions\/12534"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12533"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12530"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12530"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12530"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}