{"id":12560,"date":"2026-07-17T08:36:57","date_gmt":"2026-07-17T03:36:57","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12560"},"modified":"2026-07-17T08:36:57","modified_gmt":"2026-07-17T03:36:57","slug":"yetarlicha-issiqlik-yetkazib-berilmagani-istemolchining-qarzdorlikni-50-foizidan-ozod-etilishiga-sabab-boldi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12560","title":{"rendered":"Yetarlicha issiqlik yetkazib berilmagani iste&#8217;molchining qarzdorlikni 50 foizidan ozod etilishiga sabab bo\u2018ldi"},"content":{"rendered":"<h4>Kommunal xizmatlar uchun to\u2018lov qilish har bir iste&#8217;molchining qonuniy majburiyati hisoblanadi. Biroq xizmat belgilangan sifat talablariga javob bermasa yoki to\u2018liq hajmda ko\u2018rsatilmasa, iste&#8217;molchi ham o\u2018z huquqlarini himoya qilishga haqli.<\/h4>\n<p>Ana shunday holatlardan biri Marg\u2018ilon shahrida yashovchi fuqaro bilan bog\u2018liq nizoda o\u2018z yechimini topdi. O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Marg\u2018ilon shahar jamiyati iste&#8217;molchi manfaatlarini sudda himoya qilib, uning huquqlari tiklanishiga erishdi.<\/p>\n<p>Marg\u2018ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Z. yashab turgan ko\u2018p qavatli uyda 2025\u20132026 yillar kuz-qish mavsumi davomida issiqlik ta&#8217;minoti talab darajasida bo\u2018lmagan.<\/p>\n<p>Shunga qaramasdan, issiqlik ta&#8217;minoti korxonasi tomonidan unga 880 827 so\u2018m qarzdorlik hamda 89 608 so\u2018m penya hisoblangan. Fuqaro bir necha bor murojaat qilganidan so\u2018ng xizmat sifatsiz ko\u2018rsatilgani haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan, ammo qarzdorlik to\u2018liq bekor qilinmagan. Shu bois uning manfaatlarini ko\u2018zlab Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati sudga da&#8217;vo arizasi kiritdi.<\/p>\n<p>Sud muhokamasi davomida:<\/p>\n<p><em>&#8212; xonadonga belgilangan darajada issiqlik yetkazib berilmagani;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; bu holat vakolatli mutaxassislar tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan tasdiqlangani;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; issiqlik ta&#8217;minoti korxonasi ham qayta hisob-kitob qilish lozimligini qisman tan olgani aniqlandi.<\/em><\/p>\n<p>Sud ish materiallarini har tomonlama o\u2018rganib, amaldagi qonunchilik va kommunal xizmatlar ko\u2018rsatish qoidalariga asoslangan holda xizmat sifatsiz ko\u2018rsatilgani uchun iste&#8217;molchining talabi asosli degan xulosaga keldi.<\/p>\n<p>Sud qaroriga muvofiq:<\/p>\n<p><em>&#8212; fuqaroga hisoblangan kommunal qarzdorlikning 50 foizi bekor qilindi;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; javobgardan davlat foydasiga davlat boji undirildi.<\/em><\/p>\n<p>Shu tariqa iste&#8217;molchining huquqlari sud orqali himoya qilindi.<\/p>\n<p>Kommunal xizmatlardan foydalanuvchilar quyidagilarni esda tutishlari muhim:<\/p>\n<p><em>&#8212; agar issiqlik ta&#8217;minoti belgilangan sifat talablariga javob bermasa, bu haqda xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilotga darhol murojaat qiling;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; holatni rasmiylashtirish uchun dalolatnoma tuzilishini talab qiling;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; murojaatlaringiz va javob xatlarini saqlab qo\u2018ying;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; xizmat sifatsiz ko\u2018rsatilgan bo\u2018lsa, qayta hisob-kitob qilishni talab qilish huquqiga egasiz;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; muammo hal etilmasa, iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qiling.<\/em><\/p>\n<p>Ushbu sud qarori yana bir bor shuni ko\u2018rsatdiki, kommunal xizmatlar uchun haq to\u2018lash majburiyati xizmat sifati bilan chambarchas bog\u2018liq. Agar xizmat to\u2018liq yoki sifatli ko\u2018rsatilmagan bo\u2018lsa, iste&#8217;molchi o\u2018z huquqlarini qonun yo\u2018li bilan himoya qilishi mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda uning hududiy jamiyatlari fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, zarur hollarda esa ularning manfaatlarini sudlarda ham himoya qilish bo\u2018yicha tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kommunal xizmatlar uchun to\u2018lov qilish har bir iste&#8217;molchining qonuniy majburiyati hisoblanadi. Biroq xizmat belgilangan sifat talablariga javob bermasa yoki to\u2018liq hajmda ko\u2018rsatilmasa, iste&#8217;molchi ham o\u2018z huquqlarini himoya qilishga haqli. Ana shunday holatlardan biri Marg\u2018ilon shahrida yashovchi fuqaro bilan bog\u2018liq nizoda o\u2018z yechimini topdi. O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Marg\u2018ilon shahar jamiyati iste&#8217;molchi manfaatlarini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12560","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":4,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12560"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12560"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12560\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12563,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12560\/revisions\/12563"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12560"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12560"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12560"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}