{"id":12564,"date":"2026-07-17T11:04:14","date_gmt":"2026-07-17T06:04:14","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12564"},"modified":"2026-07-17T11:04:14","modified_gmt":"2026-07-17T06:04:14","slug":"lavash-olchami-boyicha-etiroz-bildirilgan-murojaat-organildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12564","title":{"rendered":"Lavash o\u2018lchami bo\u2018yicha e&#8217;tiroz bildirilgan murojaat o\u2018rganildi"},"content":{"rendered":"<h4>Bugungi kunda onlayn buyurtmalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Biroq mahsulot haqida to\u2018liq va aniq ma&#8217;lumot berilmasligi ba&#8217;zan iste&#8217;molchilarda tushunmovchiliklarga sabab bo\u2018lmoqda. Ana shunday holatlardan biri Farg\u2018ona viloyatida yashovchi fuqaro murojaati orqali o\u2018z yechimini topdi.<\/h4>\n<p>Farg\u2018ona viloyati Furqat tumanida yashovchi fuqaro M. A. O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi. Uning murojaatida Qo\u2018qon shahridagi EVOS savdo nuqtasidan 72 000 so\u2018mlik mahsulot buyurtma qilgani, ammo lavash o\u2018lchami kutilganidan ancha kichik chiqqanini bildirdi. Shuningdek, mahsulotning aniq o\u2018lchami rasmiy sahifada ko\u2018rsatilmagani iste&#8217;molchini norozi qilgan.<\/p>\n<p>Murojaat hududiylik asosida Qo\u2018qon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborildi. Mutaxassislar holatni o\u2018rganib, murojaatda ko\u2018tarilgan masala yuzasidan xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilot \u2014 &#171;MAK FOOD SERVIS&#187; MChJga rasmiy xat kiritdi hamda aniq tushuntirish berish va zarur choralarni ko\u2018rilishi so\u2018raldi.<\/p>\n<p>O\u2018rganuv jarayonida ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, buyurtma berish platformasida mahsulot o\u2018lchamlari santimetrlarda emas, balki L, M va S kabi shartli belgilar orqali ko\u2018rsatilgan. Bu esa iste&#8217;molchida mahsulot hajmi bo\u2018yicha noto\u2018g\u2018ri tasavvur shakllanishiga sabab bo\u2018lgan. Korxona vakillari iste&#8217;molchi bilan bevosita bog\u2018lanib, vaziyatni tushuntirgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, kompaniya iste&#8217;molchiga ehtirom belgisi sifatida o\u2018z hisobidan mahsulotlar to\u2018plamini taqdim etgan. Fuqaro ko\u2018rilgan choralardan qoniqqanini, da&#8217;vosi qolmaganini hamda kompaniya xodimlarining munosabati uchun minnatdorlik bildirganini ma&#8217;lum qilgan.<\/p>\n<p>Qo\u2018qon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan rasmiylashtirilgan ma&#8217;lumotnomada ham mutaxassislar olib borgan tushuntirish ishlaridan so\u2018ng murojaat ijobiy hal etilgani qayd etilgan.<\/p>\n<p>Ushbu holat iste&#8217;molchilar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham muhim saboq bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchilar buyurtma berishdan oldin mahsulot tavsifi bilan sinchiklab tanishishi lozim. Savdo va xizmat ko\u2018rsatuvchi sub&#8217;ektlar esa mahsulot haqidagi barcha muhim ma&#8217;lumotlarni, jumladan uning o\u2018lchami, vazni, tarkibi va boshqa xususiyatlarini aniq hamda tushunarli shaklda taqdim etishi iste&#8217;molchilar ishonchini mustahkamlaydi.<\/p>\n<p>Eng muhimi, murojaatga o\u2018z vaqtida munosabat bildirilishi va konstruktiv muloqot orqali masalaning sudgacha yechim topishi ham iste&#8217;molchi, ham tadbirkor manfaatlariga xizmat qildi.<\/p>\n<p>Agar Siz ham tovar yoki xizmat sifati, mahsulot haqida noto\u2018liq ma&#8217;lumot berilishi yoki boshqa iste&#8217;mol muammolariga duch kelsangiz, O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda onlayn buyurtmalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Biroq mahsulot haqida to\u2018liq va aniq ma&#8217;lumot berilmasligi ba&#8217;zan iste&#8217;molchilarda tushunmovchiliklarga sabab bo\u2018lmoqda. Ana shunday holatlardan biri Farg\u2018ona viloyatida yashovchi fuqaro murojaati orqali o\u2018z yechimini topdi. Farg\u2018ona viloyati Furqat tumanida yashovchi fuqaro M. A. O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12564","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":16,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12564"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12564"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12564\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12567,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12564\/revisions\/12567"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12564"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12564"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12564"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}