{"id":12596,"date":"2026-07-23T15:38:32","date_gmt":"2026-07-23T10:38:32","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12596"},"modified":"2026-07-23T15:38:32","modified_gmt":"2026-07-23T10:38:32","slug":"mahsulot-yorligidagi-malumotlar-ham-istemolchi-huquqidir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12596","title":{"rendered":"Mahsulot yorlig\u2018idagi ma&#8217;lumotlar ham iste&#8217;molchi huquqidir"},"content":{"rendered":"<h4>Bugungi kunda bozorlarda va savdo majmualarida minglab turdagi mahsulotlar sotuvga qo\u2018yilmoqda. Xaridor esa tovarni tanlashdan oldin uning tarkibi, ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan sanasi, foydalanish muddati va boshqa muhim ma&#8217;lumotlar bilan tanishish huquqiga ega. Mahsulot yorliqlarida davlat tilida ma&#8217;lumotlarning mavjud bo\u2018lmasligi esa iste&#8217;molchini to\u2018g\u2018ri tanlov qilish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin.<\/h4>\n<p>Shunday holatlardan biri Quva tumanida faoliyat yuritayotgan savdo shoxobchasida ham kuzatilib, shu tumanda yashovchi fuqaro Sh.R. do\u2018kondagi tovarlar yorliqlarining aksariyatida davlat tilidagi yozuvlar va iste&#8217;molchi uchun zarur ma&#8217;lumotlar mavjud emasligi yuzasidan O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qoldirgan.<\/p>\n<p>Mazkur murojaat asosida Quva tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan savdo ob&#8217;ektida o\u2018rganish ishlari tashkil etildi. O\u2018rganish jarayonida savdo do\u2018koni mas&#8217;ul xodimlari ishtirokida sotuvga qo\u2018yilgan mahsulotlar ko\u2018zdan kechirildi.<\/p>\n<p>Aniqlanishicha, ayrim mahsulotlarning yorliqlari faqat xorijiy tilda, xususan xitoy tilida yozilgan bo\u2018lib, iste&#8217;molchi uchun zarur bo\u2018lgan ma&#8217;lumotlar davlat tilida taqdim etilmagan. Mahsulotlarning asosiy xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan sanasi va boshqa muhim ma&#8217;lumotlar ham iste&#8217;molchiga tushunarli shaklda ko\u2018rsatilmagan. Bundan tashqari, savdo ob&#8217;ektining kirish qismida sub&#8217;ektning nomi, yuridik manzili hamda ish tartibi to\u2018g\u2018risidagi axborotlar ham to\u2018liq joylashtirilmagani ma&#8217;lum bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi Qonuniga ko\u2018ra, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste&#8217;molchiga tovar (ish yoki xizmat) haqida zarur, to\u2018g\u2018ri va tushunarli ma&#8217;lumotni o\u2018z vaqtida taqdim etishi shart.<\/p>\n<p>Mahsulotning nomi, tarkibi, ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, foydalanish qoidalari kabi muhim ma&#8217;lumotlar iste&#8217;molchi uchun tushunarli tilda berilgan bo\u2018lishi lozim. Bu esa iste&#8217;molchiga tovarni ongli ravishda tanlash, undan xavfsiz foydalanish hamda o\u2018z huquqlarini himoya qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Qonunning 7-moddasiga muvofiq, agar tovar haqida yetarli va ishonchli ma&#8217;lumot taqdim etilmagan bo\u2018lsa yoki ma&#8217;lumotlar iste&#8217;molchi uchun tushunarsiz shaklda berilgan bo\u2018lsa, buning oqibatida iste&#8217;molchi noto\u2018g\u2018ri tanlov qilgan taqdirda, u shartnomani bekor qilish, tovarni sotuvchiga qaytarish, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu bois mahsulot yorliqlarida davlat tilida aniq va tushunarli ma&#8217;lumotlarning mavjud bo\u2018lishi nafaqat iste&#8217;molchining qonuniy huquqini ta&#8217;minlaydi, balki sotuvchi uchun ham kelgusida nizolar, moddiy zararlar va sud ishlarining oldini olishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish yakunida do\u2018kon mas&#8217;ul xodimlariga iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahsulotlar haqidagi ma&#8217;lumotlarni qonun talablariga muvofiqlashtirish hamda iste&#8217;molchilarga to\u2018liq va tushunarli axborot taqdim etish bo\u2018yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda xaridorlarga mahsulotlar xarid qilayotganda quyidagilarga albatta e&#8217;tibor qaratishlarini so\u2018rab qolamiz:<\/p>\n<p><em>&#8212; mahsulot nomi va vazifasi;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; ishlab chiqaruvchi haqidagi ma&#8217;lumotlar;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; tarkibi va foydalanish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; narxi va boshqa muhim ma&#8217;lumotlar davlat tilida mavjudligi.<\/em><\/p>\n<p>Agar ushbu ma&#8217;lumotlar mavjud bo\u2018lmasa yoki sizning iste&#8217;molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilayotgan bo\u2018lsa, buni e&#8217;tiborsiz qoldirmang. Iste&#8217;mol sohasida huquqlaringiz buzilgan taqdirda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari sizga huquqiy va amaliy yordam ko\u2018rsatishga tayyor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda bozorlarda va savdo majmualarida minglab turdagi mahsulotlar sotuvga qo\u2018yilmoqda. Xaridor esa tovarni tanlashdan oldin uning tarkibi, ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan sanasi, foydalanish muddati va boshqa muhim ma&#8217;lumotlar bilan tanishish huquqiga ega. Mahsulot yorliqlarida davlat tilida ma&#8217;lumotlarning mavjud bo\u2018lmasligi esa iste&#8217;molchini to\u2018g\u2018ri tanlov qilish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin. Shunday holatlardan biri Quva tumanida faoliyat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12598,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12596","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":0,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12596"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12596"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12596\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12599,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12596\/revisions\/12599"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12598"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12596"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12596"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12596"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}