{"id":12600,"date":"2026-07-23T17:11:48","date_gmt":"2026-07-23T12:11:48","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12600"},"modified":"2026-07-23T17:11:48","modified_gmt":"2026-07-23T12:11:48","slug":"chiqindi-olib-ketilmasa-ham-qarzdorlik-hisoblanadimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12600","title":{"rendered":"Chiqindi olib ketilmasa ham qarzdorlik hisoblanadimi?"},"content":{"rendered":"<h4>Maishiy chiqindilarni o\u2018z vaqtida olib chiqish \u2013 aholiga ko\u2018rsatiladigan muhim kommunal xizmatlardan biridir. Biroq ayrim hududlarda ushbu xizmat sifati bo\u2018yicha muammolar hanuz uchrab turibdi. Ayniqsa, xizmat ko\u2018rsatilmagan bo\u2018lsa-da, iste&#8217;molchilarga qarzdorlik hisoblanishi, to\u2018lov kvitansiyasi berilmasligi yoki ommaviy shartnoma shartlariga rioya etilmasligi fuqarolarning haqli e&#8217;tirozlariga sabab bo\u2018lmoqda.<\/h4>\n<p>Yaqinda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa ishonch telefoni orqali Quva tumanidan kelib tushgan ikkita murojaat ham aynan shu kabi muammolarni yuzaga chiqardi.<\/p>\n<p>Quva tumani Yangixayot MFYda yashovchi fuqaro X. D. murojaatida chiqindi olib ketish xizmati muntazam ko\u2018rsatilmayotgani, amalga oshirilgan to\u2018lovlar uchun kvitansiya berilmagani hamda asossiz qarzdorlik hisoblanayotgani haqida ma&#8217;lum qilgan. Kamiga qarzdorlik bartaraf etilmasa elektr energiyasidan uzilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgani ham iste&#8217;molchining haqli noroziligiga sabab bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Murojaat yuzasidan Quva tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari joyiga chiqib o\u2018rganish olib bordi. O\u2018rganish davomida xizmat ko\u2018rsatuvchi korxonaga ommaviy shartnoma hamda iste&#8217;molchining shaxsiy hisobvarag\u2018i bo\u2018yicha ma&#8217;lumotlarni taqdim etish yuzasidan so\u2018rov yuborilgan bo\u2018lsa-da, unga javob berilmagani qayd qilindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, iste&#8217;molchining to\u2018lovlarni muntazam amalga oshirganiga qaramay, chiqindilar ommaviy shartnomada belgilangan muddatlarda emas, bir oy yoki bir yarim oyda bir marta olib ketilgani ma&#8217;lum bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Quva tumani Dehqonobod MFYda yashovchi fuqaro S. T. esa ikki oy davomida maishiy chiqindilar umuman olib ketilmaganini, shunga qaramay ko\u2018rsatilmagan xizmat uchun qarzdorlik hisoblanganini bildirib murojaat qilgan.<\/p>\n<p>O\u2018rganish jarayonida mahalla mas&#8217;ullari ham chiqindilar may va iyun oylarida olib ketilmaganini dalolatnoma bilan tasdiqlagan. Shunga qaramay iste&#8217;molchiga ko\u2018rsatilmagan xizmat uchun 98 ming so\u2018m noreal qarzdorlik hisoblab borilgani aniqlangan.<\/p>\n<p>Har ikkala murojaatni o\u2018rganish davomida xizmat ko\u2018rsatuvchi korxona tomonidan ommaviy shartnoma talablariga rioya qilinmagani aniqlandi.<\/p>\n<p>Amaldagi tartibga ko\u2018ra, yakka tartibdagi turar joylardan maishiy chiqindilar signal asosida kamida haftasiga bir marta olib chiqilishi lozim. Biroq o\u2018rganish natijalari ushbu talab amalda bajarilmaganini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, mutaxassislar tomonidan o\u2018rganish yakunida xizmat ko\u2018rsatuvchi korxona faoliyatida &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi Qonunning 19 hamda 21-moddalari talablari buzilgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Murojaatlar yuzasidan to\u2018plangan hujjatlar vakolat doirasida ko\u2018rib chiqilishi uchun Raqobatni rivojlantirish va iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u2018mitasining Farg\u2018ona viloyati hududiy boshqarmasiga yuborildi. Shu bilan birga xizmat ko\u2018rsatuvchi korxona rahbariyati va xodimlariga iste&#8217;molchilar huquqlari bo\u2018yicha qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.<\/p>\n<p>Mazkur ikki holat shuni ko\u2018rsatadiki, kommunal xizmatlar uchun to\u2018lov undirishning o\u2018zi yetarli emas. Xizmat avvalo sifatli, o\u2018z vaqtida va ommaviy shartnoma shartlariga muvofiq ko\u2018rsatilishi lozim.<\/p>\n<p>Agar iste&#8217;molchiga xizmat ko\u2018rsatilmagan bo\u2018lsa, asossiz qarzdorlik hisoblangan bo\u2018lsa yoki to\u2018lov tasdiqlovchi hujjatlar berilmasa, bunday holatlarga befarq qarab bo\u2018lmaydi. Qonun iste&#8217;molchiga o\u2018z huquqlarini himoya qilish imkoniyatini beradi.<\/p>\n<p>Shunday vaziyatga duch kelsangiz, 1091 qisqa ishonch telefoni orqali yoki murojaat.istemol.uz elektron platformasi yordamida murojaat qilishingiz, shuningdek O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda uning hududiy tashkilotlari ko\u2018magidan foydalanishingiz mumkin. Bu ko\u2018plab nizolarni sudgacha bo\u2018lgan bosqichda qonuniy va samarali hal etishga xizmat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Maishiy chiqindilarni o\u2018z vaqtida olib chiqish \u2013 aholiga ko\u2018rsatiladigan muhim kommunal xizmatlardan biridir. Biroq ayrim hududlarda ushbu xizmat sifati bo\u2018yicha muammolar hanuz uchrab turibdi. Ayniqsa, xizmat ko\u2018rsatilmagan bo\u2018lsa-da, iste&#8217;molchilarga qarzdorlik hisoblanishi, to\u2018lov kvitansiyasi berilmasligi yoki ommaviy shartnoma shartlariga rioya etilmasligi fuqarolarning haqli e&#8217;tirozlariga sabab bo\u2018lmoqda. Yaqinda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12601,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":3,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12600"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12600"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12603,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12600\/revisions\/12603"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12601"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}