{"id":12606,"date":"2026-07-28T09:23:06","date_gmt":"2026-07-28T04:23:06","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12606"},"modified":"2026-07-28T09:24:29","modified_gmt":"2026-07-28T04:24:29","slug":"kop-bolali-oilaning-ijtimoiy-masalasi-joyiga-chiqib-organildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12606","title":{"rendered":"Ko\u2018p bolali oilaning ijtimoiy masalasi joyiga chiqib o\u2018rganildi"},"content":{"rendered":"<h4>Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash nafaqat ularning huquqlarini himoya qilish, balki mavjud muammolarning haqiqiy sabablarini aniqlash va amalda yechim topishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning murojaatlarini xolisona o\u2018rganish, ularga qonunchilik asosida tushuntirish berish va tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish har bir murojaatning adolatli hal etilishiga xizmat qiladi.<\/h4>\n<p>Ana shunday murojaatlardan biri Farg\u2018ona viloyatining Beshariq tumanida yashovchi ko\u2018p bolali oila tomonidan O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Beshariq tuman jamiyatiga kelib tushdi.<\/p>\n<p>Shoberdi mahallasida yashovchi fuqaro M. M. bolalar nafaqasi tayinlanmayotgani, murojaatlari bir necha marta rad etilgani hamda o\u2018z hisobida turar joy mavjudligi haqida asossiz ma&#8217;lumot kiritilganini ta&#8217;kidlab, huquqiy yordam so\u2018rab murojaat qildi. Fuqaro oilada faqat turmush o\u2018rtog\u2018i mehnat faoliyati bilan band ekanini, o\u2018zi esa uch nafar farzandi parvarishi bilan shug\u2018ullanayotganini bildirgan hamda murojaatni ijobiy hal etishda amaliy ko\u2018mak so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Beshariq tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari murojaatni o\u2018rganish maqsadida mahalla fuqarolar yig\u2018ini raisi, hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim ishtirokida fuqaro yashash manziliga chiqishdi. O\u2018rganish davomida oilaning haqiqiy ijtimoiy holati atroflicha tahlil qilindi.<\/p>\n<p>Aniqlanishicha:<\/p>\n<p><em>&#8212; oilada uch nafar voyaga yetmagan farzand tarbiyalanmoqda;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; murojaatchi hozirda bolalar parvarishi bilan band;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; turmush o\u2018rtog\u2018i tuman tibbiyot birlashmasida ishlaydi, biroq ish hajmi qisqargani sababli tungi navbatchilikda mehnat qilmoqda;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; murojaatchi nomida turar joy mavjud emasligi tasdiqlandi;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; turmush o\u2018rtog\u2018i nomida \u00abDamas\u00bb rusumli avtomashina mavjudligi ma&#8217;lum bo\u2018ldi.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018rganish jarayonida fuqaroga Vazirlar Mahkamasining kam ta&#8217;minlangan oilalarni \u00abIjtimoiy himoya yagona reestri\u00bb orqali aniqlash va bolalar nafaqasini tayinlash tartibiga oid qarorlari mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazidan olingan rasmiy javobga ko\u2018ra, murojaatning avval rad etilishiga asosiy omillar sifatida:<\/p>\n<p><em>&#8212; oilaning rasmiy daromadi belgilangan mezondan yuqori ekani;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; turmush o\u2018rtog\u2018i nomida avtotransport vositasi mavjudligi kabi holatlar qayd etilgani ma&#8217;lum qilindi.<\/em><\/p>\n<p>Shu bilan birga, murojaatchi ta&#8217;kidlagan \u00abhisobimda turar joy bor\u00bb degan ma&#8217;lumot asossiz ekani, axborot tizimi davlat reestrlari bilan avtomatik integratsiya qilingan holda ishlashi va ma&#8217;lumotlarni qo\u2018lda kiritish yoki o\u2018zgartirish imkoniyati mavjud emasligi ham tushuntirildi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish natijasida fuqaroning yangi arizasi qabul qilinib, \u00abIjtimoiy himoya yagona reestri\u00bb axborot tizimi orqali belgilangan tartibda qayta ko\u2018rib chiqish uchun yuborilgani ma&#8217;lum qilindi. Murojaatchiga nafaqa tayinlash tartibi, baholash mezonlari hamda qonunchilik talablari yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. O\u2018rganish yakunida fuqaro berilgan izohlardan qoniqqanini bildirgan.<\/p>\n<p>Mazkur holat har bir murojaatni faqat rasmiy tarzda ko\u2018rib chiqish emas, balki uning mohiyatini joyiga chiqqan holda o\u2018rganish qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimi fuqarolar murojaatlarini xolisona o\u2018rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va aholiga huquqiy tushuntirishlar berish orqali ularning qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlashga alohida e&#8217;tibor qaratmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash nafaqat ularning huquqlarini himoya qilish, balki mavjud muammolarning haqiqiy sabablarini aniqlash va amalda yechim topishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning murojaatlarini xolisona o\u2018rganish, ularga qonunchilik asosida tushuntirish berish va tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish har bir murojaatning adolatli hal etilishiga xizmat qiladi. Ana shunday [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12607,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":0,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12606"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12606"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12609,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12606\/revisions\/12609"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12607"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}