{"id":12674,"date":"2026-08-04T20:01:44","date_gmt":"2026-08-04T15:01:44","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12674"},"modified":"2026-08-04T20:01:44","modified_gmt":"2026-08-04T15:01:44","slug":"172-million-som-tolandi-ammo-uy-topshirilmadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12674","title":{"rendered":"172 million so\u2018m to\u2018landi, ammo uy topshirilmadi\u2026"},"content":{"rendered":"<h4>Farg\u2018ona shahrida ko\u2018p qavatli uy xarid qilgan fuqaroning murojaati O\u2018zbekiston iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimi tomonidan o\u2018rganilib, iste\u2019molchi manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy choralar ko\u2018rildi.<\/h4>\n<p>Ma\u2019lum bo\u2018lishicha, fuqaro \u201cAziza CREDO MAX\u201d MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida bir va ikki xonali ikkita xonadon xarid qilish uchun jami 172 132 422 so\u2018m to\u2018lovni amalga oshirgan. Biroq keyinchalik oilaviy sharoiti sababli shartnomani bekor qilish va to\u2018langan mablag\u2018larni qaytarish bo\u2018yicha qurilish korxonasiga yozma murojaat qilgan. Arizada mablag\u2018larni belgilangan muddatda qaytarish so\u2018ralgan bo\u2018lsa-da, murojaat uzoq vaqt davomida hal etilmagan.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng fuqaro O\u2018zbekiston iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg\u2018ona shahar jamiyatiga murojaat qilgan. Mutaxassislar murojaatni o\u2018rganib, qurilish tashkilotiga rasmiy so\u2018rov yubordi hamda shartnoma shartlari bajarilishi yuzasidan izoh talab qildi. Korxonaga iste\u2019molchi huquqlari buzilishi oqibatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilinishi mumkinligi haqida ham ogohlantirish berildi.<\/p>\n<p>O\u2018rganishlar davomida korxona nomi o\u2018zgartirilgani, biroq u avvalgi majburiyatlarni to\u2018liq bajarishi lozimligi ma\u2019lum bo\u2018ldi. Korxona taqdim etgan javobga ko\u2018ra, shartnoma bekor qilingan, iste\u2019molchiga to\u2018langan mablag\u2018larni qaytarish ishlari boshlangan va shu kungacha 98 million 800 ming so\u2018m qaytarilgan. Qolgan 73 million 332 ming 442 so\u2018m mablag\u2018ni belgilangan muddatda to\u2018liq qaytarish majburiyati olingan.<\/p>\n<p>Farg\u2018ona shahar jamiyati mutaxassislari mazkur masala yuzasidan iste\u2019molchi va korxona o\u2018rtasida o\u2018zaro kelishuvga erishilganini qayd etib, murojaatchiga natijalar haqida yozma ravishda ma\u2019lumot berdi. Shu bilan birga, agar belgilangan majburiyatlar bajarilmasa, iste\u2019molchining yuqori turuvchi tashkilotlar hamda sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi ham tushuntirildi.<\/p>\n<p>Uy-joy sotib olish bo\u2018yicha tuzilgan shartnoma bekor qilinganda yoki quruvchi o\u2018z majburiyatlarini o\u2018z vaqtida bajarmaganda iste\u2019molchi yolg\u2018iz emas. Bunday vaziyatlarda hujjatlarni saqlab qolish, yozma murojaat qilish va zarur hollarda iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat etish muammoning qonuniy va samarali hal etilishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Mazkur holat ham shuni ko\u2018rsatadiki, Federatsiya tizimi tomonidan olib borilgan huquqiy o\u2018rganishlar va rasmiy muloqot natijasida iste\u2019molchining manfaatlari himoya qilinib, to\u2018langan mablag\u2018larni qaytarish jarayoni amaliy bosqichga olib chiqildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg\u2018ona shahrida ko\u2018p qavatli uy xarid qilgan fuqaroning murojaati O\u2018zbekiston iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimi tomonidan o\u2018rganilib, iste\u2019molchi manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy choralar ko\u2018rildi. Ma\u2019lum bo\u2018lishicha, fuqaro \u201cAziza CREDO MAX\u201d MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida bir va ikki xonali ikkita xonadon xarid qilish uchun jami 172 132 422 so\u2018m to\u2018lovni amalga oshirgan. Biroq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12675,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12674","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":4,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12674"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12674"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12674\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12677,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12674\/revisions\/12677"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12675"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12674"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12674"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12674"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}