{"id":12693,"date":"2026-08-06T18:05:04","date_gmt":"2026-08-06T13:05:04","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12693"},"modified":"2026-08-06T18:05:04","modified_gmt":"2026-08-06T13:05:04","slug":"davlat-tibbiyot-muassasalarida-jamoatchilik-monitoringi-otkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12693","title":{"rendered":"Davlat tibbiyot muassasalarida jamoatchilik monitoringi o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<h4>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan aholiga ko\u2018rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va ochiqligini baholash, bemorlar manfaatlarini himoya qilish hamda tibbiyot muassasalarida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini jamoatchilik nazorati asosida o\u2018rganish maqsadida respublika bo\u2018ylab keng ko\u2018lamli monitoring tadbirlari davom ettirilmoqda.<\/h4>\n<p>Federatsiya raisi tomonidan tasdiqlangan tegishli buyruqqa muvofiq joriy yilning iyun&#8217;\u2013avgust oylarida davlat tibbiyot muassasalarida o\u2018tkazilayotgan jamoatchilik monitoringlari doirasida O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati hududiy birlashmasining ishchi guruhi tomonidan Qo\u2018shtepa tumanidagi davlat tibbiyot muassasalarida ham jamoatchilik nazorati tadbirlari tashkil etildi.<\/p>\n<p>Monitoringning asosiy maqsadi tibbiyot muassasalarida aholiga ko\u2018rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va shaffofligini, dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni tayinlash va realizasiya qilish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini o\u2018rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish jarayonida bemorlarning tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan ilk daqiqasidan boshlab ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar kompleks tarzda baholandi. Jumladan, bemorlarni qabul qilish va navbat tizimi, shifokorlar faoliyatining tashkil etilishi, pullik va bepul tibbiy xizmatlar haqida axborot berish tartibi, to\u2018lovlarni amalga oshirish jarayoni, xodimlarning muomala madaniyati hamda murojaat va shikoyatlarni qabul qilish mexanizmlari o\u2018rganildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar, keksalar, homilador ayollar va bolalar uchun yaratilgan qulayliklar, ularning tibbiy xizmatlardan to\u2018laqonli foydalanish imkoniyatlari ham alohida e&#8217;tibor markazida bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Monitoring davomida bemorlarning o\u2018z huquqlaridan qay darajada xabardorligi, ularga sog\u2018lig\u2018i holati, tashxisi va davolash usullari bo\u2018yicha yetarli ma&#8217;lumot berilishi, tibbiy aralashuv uchun rozilik olish tartibi, shaxsiy ma&#8217;lumotlar va tibbiy sirning daxlsizligi hamda shikoyat qilish mexanizmlarining amaldagi holati ham tahlil qilindi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, dori vositalarini tayinlash va reseptlarni rasmiylashtirish amaliyoti, xalqaro patentlanmagan nom bo\u2018yicha dori tavsiya etilishi, elektron resept tizimidan foydalanish hamda bemorlarga dori vositalarini qabul qilish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berilishi o\u2018rganildi. Shu bilan birga, shifokorlar tomonidan muayyan dorixona yoki muayyan savdo belgisiga ega dori vositalarini tavsiya qilish holatlariga ham e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Jamoatchilik nazorati doirasida tibbiyot muassasalarining sanitariya-gigiena holati ham atroflicha ko\u2018zdan kechirildi. Xususan, palatalar, yo\u2018laklar, qabulxonalar, hojatxona va yuvinish xonalarining tozaligi, ichimlik suvi va gigiena vositalari bilan ta&#8217;minlanganligi, tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish tartibi, dezinfeksiya ishlari hamda hudud obodonchiligi baholandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, stasionar bo\u2018limlarda bemorlarning ovqatlanish sharoitlari, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, parhez taomlar bilan ta&#8217;minlanishi, oshxona va ovqat tarqatish joylarining sanitariya holati, shuningdek, krovat, choyshab, issiq va sovuq suv, isitish-sovitish tizimlari, kutish zallari hamda evakuasiya yo\u2018laklarining holati ham monitoring dasturi asosida o\u2018rganildi.<\/p>\n<p>Monitoring yakunida to\u2018plangan ma&#8217;lumotlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli davlat organlari hamda mutasaddi tashkilotlarga asoslangan takliflar kiritilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Jamoatchilik monitoringining bosh maqsadi nazorat o\u2018tkazish emas, balki tibbiyot muassasalarida aholiga ko\u2018rsatilayotgan xizmatlarni yanada sifatli, shaffof, xavfsiz va qulay tashkil etishga jamoatchilik nazorati orqali amaliy ko\u2018mak berishdan iborat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan aholiga ko\u2018rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va ochiqligini baholash, bemorlar manfaatlarini himoya qilish hamda tibbiyot muassasalarida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini jamoatchilik nazorati asosida o\u2018rganish maqsadida respublika bo\u2018ylab keng ko\u2018lamli monitoring tadbirlari davom ettirilmoqda. Federatsiya raisi tomonidan tasdiqlangan tegishli buyruqqa muvofiq joriy yilning iyun&#8217;\u2013avgust oylarida davlat tibbiyot muassasalarida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12694,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-12693","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":5,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12693"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12693"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12693\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12696,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12693\/revisions\/12696"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12694"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12693"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12693"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12693"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}