{"id":12927,"date":"2026-09-07T16:43:44","date_gmt":"2026-09-07T11:43:44","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=12927"},"modified":"2026-09-07T16:43:44","modified_gmt":"2026-09-07T11:43:44","slug":"kommunal-qarzdorlik-qayerdan-paydo-bo%ca%bcldi-yoki-kommunal-to%ca%bclovda-qarzdor-bo%ca%bclib-qolmaslik-uchun-nimalarni-bilish-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/12927","title":{"rendered":"Kommunal qarzdorlik qayerdan paydo bo\u02bcldi? Yoki kommunal to\u02bclovda \u201cqarzdor\u201d bo\u02bclib qolmaslik uchun nimalarni bilish kerak?"},"content":{"rendered":"<h4>Elektr, gaz, ichimlik suvi, oqova tizimi, issiqlik, chiqindi olib chiqish&#8230; Har oy ular uchun to\u02bclov qilamiz. \u0410mmo ba\u02bczan shunday holatga duch kelamizki, telefonga xabar keladi: \u201cSizda kommunal qarzdorlik mavjud\u201d. Shunda tabiiy savol tug\u02bciladi: \u201cQarz qaerdan paydo bo\u02bcldi?\u201d \u0410gar to\u02bclovlar muntazam amalga oshirilgan bo\u02bclsa, hisoblagich ko\u02bcrsatkichlari to\u02bcg\u02bcri topshirilgan bo\u02bclsa, nega yana qarz chiqyapti?<\/h4>\n<p>Eng muhimi \u2014 kommunal hisob-kitobda ko\u02bcrsatilgan har qanday summa avtomatik ravishda \u201chaqiqiy qarz\u201d degani emas. \u0410yrim hollarda qarzdorlik iste\u02bcmolchining to\u02bclovni kechiktirgani yoki haqiqatan xizmatdan foydalangani natijasida yuzaga kelsa, ayrim hollarda hisoblagich, abonent ma\u02bclumotlari, to\u02bclovni kiritish yoki elektron baza bilan bog\u02bcliq xatolar ham sabab bo\u02bclishi mumkin. Buni so\u02bcnggi yillardagi iste\u02bcmolchilar murojaatlari ham ko\u02bcrsatmoqda.<\/p>\n<p><strong>Qarzdorlikning asosiy sababi faqat to\u02bclov qilmaganlikmi?<\/strong><\/p>\n<p>Yo\u02bcq. Masalan, 2026 yilda Farg\u02bcona shahridagi bir fuqaro 2025 yil uchun kommunal to\u02bclovlarni hatto oldindan amalga oshirgan. Shunga qaramay, boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan oldindan qilingan to\u02bclovlar hisobga olinmasdan, 293 ming so\u02bcm qo\u02bcshimcha qarz hisoblangan. O\u02bcrganishdan so\u02bcng mazkur summa qayta hisoblanib, bekor qilingan. Yana bir holatda esa Marg\u02bcilon shahrida yashovchi fuqaroga suv hisoblagichi bilan bog\u02bcliq muammolar sabab 2,6 million so\u02bcmdan ortiq qarzdorlik hisoblangan. Qo\u02bcshimcha o\u02bcrganishlar natijasida esa xonadonda bunday qarzdorlik mavjud emasligi tasdiqlangan. Demak, \u201ctizimda qarz ko\u02bcrsatyapti \u2014 demak, men qarzdorman\u201d, degan yondashuv har doim ham to\u02bcg\u02bcri emas.<\/p>\n<p><strong>Kommunal qarz qayerdan paydo bo\u02bclishi mumkin?<\/strong><\/p>\n<p>\u0410maliyotni tahlil qilganda, asosiy sabablarni bir nechta guruhga ajratish mumkin.<\/p>\n<p><strong>1. Haqiqiy iste\u02bcmol va o\u02bcz vaqtida to\u02bclanmagan to\u02bclov<\/strong><br \/>\nEng oddiy holat \u2014 xizmatdan foydalanilgan, ammo to\u02bclov o\u02bcz vaqtida amalga oshirilmagan. \u0410maldagi tartib-qoidalarga ko\u02bcra, elektr, gaz, issiqlik va chiqindi xizmatlari uchun to\u02bclovlar odatda keyingi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshirilishi kerak.<br \/>\nShuning uchun birinchi qoida oddiy:<br \/>\nXizmatdan foydalandingizmi \u2014 to\u02bclovni ham nazorat qiling.<\/p>\n<p><strong>2. Hisoblagich ko\u02bcrsatkichi bilan baza ma\u02bclumotlari mos kelmasligi<\/strong><br \/>\nIste\u02bcmolchidagi hisoblagich bir raqamni ko\u02bcrsatadi, elektron tizimda esa boshqa raqam turishi mumkin. Bunday vaziyatda hisob-kitob ham noto\u02bcg\u02bcri shakllanishi ehtimoli bor.<\/p>\n<p><strong>3. Hisoblagichning qiyoslov muddati yoki texnik holati bilan bog\u02bcliq muammolar<\/strong><br \/>\nSuv hisoblagichi bo\u02bcyicha kelib tushayotgan murojaatlarda aynan shu masala ko\u02bcp uchraydi.<\/p>\n<p><strong>4. To\u02bclovning boshqa abonent hisob raqamiga tushib qolishi<\/strong><br \/>\nBu ham ko\u02bcpincha e\u02bctibordan chetda qoladigan muammo. Masalan, to\u02bclov amalga oshirilgan, lekin abonent raqamida bitta raqam xato ketgan. Natijada bir xonadonda \u201cqarz\u201d paydo bo\u02bcladi, boshqa hisob raqamida esa ortiqcha to\u02bclov yuzaga kelishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>5. Bir xonadonga ikki hisob raqami ochilishi<\/strong><br \/>\nTexnik xatolik natijasida bir xonadon ikki abonent sifatida yuritilsa, qarzdorlik ham sun\u02bciy ravishda o\u02bcsib ketishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>6. Xizmat amalda ko\u02bcrsatilmagan bo\u02bclsa-da, hisob-kitob davom etishi<\/strong><br \/>\nBu esa yanada jiddiy masala. \u0410maliyotda yangi turar joy ichimlik suv tarmog\u02bciga ulanmagan bo\u02bclishiga qaramay, unga suv uchun qarz hisoblanishi va asossiz qarzdorlik summasi yuzaga kelishi holatlari ham kuzatilgan.<\/p>\n<p>Demak, iste\u02bcmolchi o\u02bczidan so\u02bcrashi kerak:<br \/>\n\u201cMenga aynan qaysi xizmat ko\u02bcrsatildi va bu summa qanday hisoblandi?\u201d<\/p>\n<p>Rasmiy Telegram kanallari tahlil qilinganda so\u02bcnggi oylarda kommunal hisob-kitob bilan bog\u02bcliq ko\u02bcpgina muammolar ko\u02bctarilgan:<\/p>\n<p><em>&#8212; to\u02bclov qilingan, ammo qarz hali ham ko\u02bcrinib turibdi;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; to\u02bclov boshqa abonent raqamiga tushib qolgan;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; bir xonadonga ikki hisob raqami ochilgan;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; kadastr raqami noto\u02bcg\u02bcri kiritilgan;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; ortiqcha to\u02bclov yoki qarzdorlik tizimda aks etmayapti;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; BSK uchun majburiy to\u02bclovlarni to\u02bclash va ularni tizimda aks ettirishda qiyinchiliklar bor.<\/em><br \/>\nBu juda muhim tendentsiyani ko\u02bcrsatadi: kommunal sohadagi muammo endi faqat tarif yoki to\u02bclov masalasi emas, balki ma\u02bclumotlarning to\u02bcg\u02bcri yuritilishi va raqamli tizimlar o\u02bcrtasidagi integratsiya masalasiga ham aylanmoqda.<\/p>\n<p>\u0410gar Sizga &#171;Qarzingiz bor&#187; degan xabar kelsa, nima qilish kerak?<br \/>\nEng katta xato \u2014 qo\u02bcrqib ketib, sababini bilmasdan yana pul to\u02bclash yoki aksincha, xabarni umuman e\u02bctiborsiz qoldirish.<\/p>\n<p><strong>Quyidagi 5 qadamni bajaring:<\/strong><\/p>\n<p>1. Shaxsiy hisob raqamingizni tekshiring.<br \/>\nQaysi xizmat bo\u02bcyicha va qancha qarz borligini aniqlang.<\/p>\n<p>2. Hisoblagich ko\u02bcrsatkichini solishtiring.<br \/>\nUydagi amaldagi raqam bilan tizimdagi ko\u02bcrsatkich bir xilmi?<\/p>\n<p>3. To\u02bclov tarixini tekshiring.<br \/>\nBank yoki to\u02bclov ilovasidagi cheklarni saqlang.<\/p>\n<p>4. Qarzning hisob-kitobini so\u02bcrang.<br \/>\nQaysi davr uchun, qanday tarif bo\u02bcyicha va qanday asosda summa chiqarilgani tushuntirilishi kerak.<\/p>\n<p>5. Norozi bo\u02bclsangiz \u2014 yozma ravishda qayta hisob-kitob talab qiling.<\/p>\n<p><strong>Bugun buni onlayn tekshirish ham mumkin<\/strong><\/p>\n<p>Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko\u02bcchmas mulk ob\u02bcektining kommunal hisob raqamlarini ko\u02bcrish va jismoniy shaxsning kommunal xizmatlar bo\u02bcyicha qarzdorligi bor-yo\u02bcqligi haqida ma\u02bclumot olish imkoniyati mavjud. Xizmat avtomatik va bepul ko\u02bcrsatiladi.<br \/>\n2026 yil aprelidan esa kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi haqida ma\u02bclumotnoma berish bo\u02bcyicha alohida davlat xizmati tartibi ham tasdiqlangan. Bu ayniqsa uy-joy sotib olayotganda yoki sotayotganda muhim: \u201ckommunal qarz bormi-yo\u02bcqmi?\u201d degan savolni og\u02bczaki emas, rasmiy ma\u02bclumot bilan tekshirish mumkin.<\/p>\n<p><strong>Xorijda bu muammo qanday hal etilmoqda?<\/strong><\/p>\n<p>Taraqqiy etgan davlatlar tajribasida muhim yondashuv bor: qarzni faqat undirish emas, uning paydo bo\u02bclishining oldini olish. Masalan, \u0410ngliyada energetika sohasini nazorat qiluvchi Ofgem qarzdorlikni kamaytirish strategiyasida hisob-kitobning to\u02bcg\u02bcriligi, iste\u02bcmolchini erta ogohlantirish, qarzni boshqarish va to\u02bclov imkoniyati cheklangan oilalarga mos yondashuvni bir tizim sifatida ko\u02bcradi.<\/p>\n<p>Suv ta\u02bcminoti sohasida esa Ofwat kompaniyalardan qarzdor bo\u02bclib qolish xavfi bor iste\u02bcmolchilarni oldindan aniqlash, hisob va iste\u02bcmol ma\u02bclumotlarini tekshirish, zarur bo\u02bclsa ijtimoiy tariflar yoki boshqa yordam choralarini taklif qilishni talab qilmoqda.<\/p>\n<p>Yana bir qiziq jihat: \u0410ngliyada suv sohasida hisob-kitob muammolari juda jiddiy nazorat qilinadi. 2024\u20132025 yillarda suv hisob-kitobi bo\u02bcyicha 130 mingdan ortiq shikoyat qayd etilgani sabab kompaniyalardan billing tizimini yaxshilash bo\u02bcyicha alohida harakat rejalari talab qilingan.<\/p>\n<p>Bu tajribadan O\u02bczbekiston uchun qanday xulosa chiqarish mumkin?<\/p>\n<p>Bizningcha, kommunal sohada \u201cqarzni undirish\u201ddan \u201cadolatli hisob-kitobni ta\u02bcminlash\u201dga ko\u02bcproq e\u02bctibor qaratish vaqti keldi.<\/p>\n<p><strong>Qanday yechimlar samarali bo\u02bclishi mumkin?<\/strong><\/p>\n<p>1. \u201cQarz\u201d emas, \u201chisob-kitob tarixi\u201d ko\u02bcrsatilishi maqsadga muvofiq<br \/>\nIste\u02bcmolchi faqat: Qarzdorlik: 1 250 000 so\u02bcm degan raqamni emas, balki:<\/p>\n<p>davr \u2192 avvalgi ko\u02bcrsatkich \u2192 joriy ko\u02bcrsatkich \u2192 tarif \u2192 hisoblangan summa \u2192 to\u02bclangan summa \u2192 qoldiq<\/p>\n<p>kabi ma\u02bclumotlarni ko\u02bcra olishi kerak.<\/p>\n<p>2. Noto\u02bcg\u02bcri hisob-kitobni avtomatik aniqlaydigan tizim kerak<br \/>\nBir xonadonda ikki abonent raqami, bir xil to\u02bclovning ikki marta kiritilishi, hisoblagich ko\u02bcrsatkichining keskin o\u02bczgarishi yoki to\u02bclov bilan qarz o\u02bcrtasidagi nomutanosibliklar avtomatik signal berishi mumkin.<\/p>\n<p>3. To\u02bclov tizimlari to\u02bcliq integratsiya qilinishi lozim<br \/>\nFuqaro pul to\u02bclaganidan keyin:<br \/>\n\u201cTo\u02bclov qabul qilindi\u201d \u2192 \u201chisob raqamiga tushdi\u201d \u2192 \u201cqarzdorlikdan yechildi\u201d zanjiri avtomatik ishlashi kerak.<\/p>\n<p>4. Hisoblagich muddati haqida oldindan eslatma<br \/>\nIste\u02bcmolchi qiyoslov muddati tugaganini qarz paydo bo\u02bclganidan keyin emas, oldindan SMS, Telegram yoki mobil ilova orqali bilishi kerak.<\/p>\n<p>5. Nizoli qarz uchun \u201cbir bosishda e\u02bctiroz\u201d mexanizmi<br \/>\nIste\u02bcmolchi:<br \/>\n\u201cBu qarzga rozi emasman\u201d tugmasini bosib, chek, hisoblagich surati yoki boshqa dalilni ilova qila olishi va qayta hisob-kitob jarayonini onlayn kuzatishi kerak.<\/p>\n<p>Qarzdorlikni undirishda ham adolat bo\u02bclishi kerak<\/p>\n<p>2026 yil aprelidan kommunal xizmatlar bo\u02bcyicha ayrim qarzdorliklarni undirish uchun ijroni soddalashtirilgan tartib joriy etildi. Bu kommunal qarzlarni undirish mexanizmi kuchayayotganini anglatadi.<\/p>\n<p>Shu sababli iste\u02bcmolchi uchun yana bir qoida ayniqsa muhim:<\/p>\n<p>Qarzni e\u02bctiborsiz qoldirmang. \u0410mmo qarz summasiga ham ko\u02bcr-ko\u02bcrona rozi bo\u02bclmang.<\/p>\n<p>\u0410vvalo uning qaerdan paydo bo\u02bclganini aniqlang.<\/p>\n<p>Kommunal xizmatlar \u2014 har bir oila hayotining ajralmas qismi. Shuning uchun bu sohada to\u02bclov intizomi ham, hisob-kitob adolati ham birdek muhim. Shu sababli iste\u02bcmolchi to\u02bclovlarni o\u02bcz vaqtida to\u02bclashi kerak. Xizmat ko\u02bcrsatuvchi esa to\u02bcg\u02bcri hisoblashi, to\u02bclovni to\u02bcg\u02bcri aks ettirishi va asossiz qarzdorlik yuzaga kelgan bo\u02bclsa, uni bartaraf etishi lozim.<\/p>\n<p>Bugun mamlakatimizda kommunal sohada raqamlashtirish jarayoni jadallashmoqda. \u201cMening uyim\u201d kabi tizimlarda noto\u02bcg\u02bcri to\u02bclov, dublikat abonent, umumiy maydon va qoldiq qarzdorlikni qayta hisoblash imkoniyatlarining paydo bo\u02bclayotgani \u2014 muammoni raqamli hal qilish sari muhim qadam.<\/p>\n<p>\u0410mmo raqamli tizim qanchalik zamonaviy bo\u02bclmasin, uning asosiy mezoni bitta bo\u02bclishi kerak:<\/p>\n<p>\u201cTizimda raqam bormi?\u201d emas, \u201cBu raqam haqiqatga to\u02bcg\u02bcri keladimi?\u201d<\/p>\n<p>Shuning uchun, aziz iste\u02bcmolchi:<\/p>\n<p><em>&#8212; to\u02bclovlarni vaqtida amalga oshiring;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; chekingizni saqlang;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; hisoblagichingizni nazorat qiling;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; qarzdorlikni muntazam tekshiring;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; shubhali summa bo\u02bclsa \u2014 sababini so\u02bcrang va qayta hisob-kitob talab qiling.<\/em><\/p>\n<p>Chunki adolatli kommunal hisob-kitob \u2014 iste\u02bcmolchining huquqi, to\u02bclov intizomi esa uning mas\u02bculiyatidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Elektr, gaz, ichimlik suvi, oqova tizimi, issiqlik, chiqindi olib chiqish&#8230; Har oy ular uchun to\u02bclov qilamiz. \u0410mmo ba\u02bczan shunday holatga duch kelamizki, telefonga xabar keladi: \u201cSizda kommunal qarzdorlik mavjud\u201d. Shunda tabiiy savol tug\u02bciladi: \u201cQarz qaerdan paydo bo\u02bcldi?\u201d \u0410gar to\u02bclovlar muntazam amalga oshirilgan bo\u02bclsa, hisoblagich ko\u02bcrsatkichlari to\u02bcg\u02bcri topshirilgan bo\u02bclsa, nega yana qarz chiqyapti? Eng muhimi \u2014 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12929,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-12927","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":9,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12927"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12927"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12927\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12930,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12927\/revisions\/12930"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12927"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12927"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12927"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}