{"id":13107,"date":"2026-09-29T07:41:35","date_gmt":"2026-09-29T02:41:35","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=13107"},"modified":"2026-09-29T07:41:35","modified_gmt":"2026-09-29T02:41:35","slug":"suyultirilgan-gaz-yetkazib-berish-xizmatlari-sifati-boyicha-aholi-sorovnomasi-natijalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/13107","title":{"rendered":"Suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmatlari sifati bo\u2018yicha aholi so\u2018rovnomasi natijalari"},"content":{"rendered":"<h4>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmatlarining sifati, muntazamligi, ballonlarning holati, hisob-kitoblar, shartnomaviy munosabatlar va xavfsizlik masalalari yuzasidan so\u2018rovnoma o\u2018tkazildi.<\/h4>\n<p>So\u2018rovnomada 15 ta tuman va shahardan 315 nafar aholi vakili ishtirok etdi. So\u2018rovnoma natijalari suyultirilgan gaz ta&#8217;minoti sohasida ijobiy jihatlar bilan bir qatorda, iste&#8217;molchilarni qiynayotgan ayrim tizimli masalalar ham mavjudligini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p><strong>Gaz yetkazib berish muntazamligida muammolar bor<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018rov ishtirokchilarining 80,3 foizi gaz yetkazib berish kechikkan holatlarga duch kelganini, 53,7 foizi esa so\u2018nggi olti oyda gazni belgilangan vaqtda ololmay qolganini bildirgan.<\/p>\n<p>Gaz yetkazib berish doimo belgilangan grafik asosida amalga oshirilishini aytganlar ulushi 44,8 foizni tashkil etgan. 37,5 foiz ishtirokchi gaz ba&#8217;zan grafik asosida yetkazib berilishini, 9,5 foizi esa suyultirilgan gaz deyarli berilmasligini qayd etgan.<\/p>\n<p>Bu borada ayniqsa Yozyovon, Beshariq, Marg\u2018ilon, Oltiariq, Rishton, Toshloq, Farg\u2018ona va Qo\u2018shtepa tumanlarida kechikishlar yuqori ko\u2018rsatkichlarda qayd etilgan.<\/p>\n<p><strong>Ballonlarning holati ham e&#8217;tibor talab qiladi<\/strong><\/p>\n<p>Respondentlarning 51,1 foizi yetkazib berilayotgan gaz ballonlarining tashqi holatini yaxshi, 45,7 foizi qoniqarli deb baholagan. Shu bilan birga, 15,6 foiz ishtirokchi zanglagan, ezilgan, shikastlangan yoki boshqa nuqsoni bor ballon berilgan holatga duch kelganini bildirgan.<\/p>\n<p>Eng e&#8217;tiborli ko\u2018rsatkichlar Bag\u2018dod, Yozyovon va Farg\u2018ona tumanlarida kuzatilgan.<\/p>\n<p>Shuningdek, 41 foiz respondent ballonda gaz sizib chiqishi yoki ventil&#8217; bilan bog\u2018liq muammo kuzatilganini qayd etgan. 22,5 foiz ishtirokchi esa ilgari texnik holati qoniqarsiz ballonni qabul qilishga majbur bo\u2018lganini bildirgan.<\/p>\n<p><strong>Ballonning texnik holati haqida xabardorlik yetarli emas<\/strong><\/p>\n<p>Respondentlarning 60,6 foizi ballonning texnik ko\u2018rikdan o\u2018tganligi haqida ma&#8217;lumotga ega ekanini aytgan bo\u2018lsa, 34 foizi bunday ma&#8217;lumotga ega emasligini bildirgan.<\/p>\n<p>Ballonni qabul qilishdan oldin uning holati doimo tekshirilishini aytganlar 57,1 foizni tashkil etgan. 23,5 foiz ishtirokchi esa ballon holati umuman tekshirilmasligini bildirgan.<\/p>\n<p><strong>Gaz miqdori va hisob-kitoblar<\/strong><\/p>\n<p>Respondentlarning 62,9 foiziga yetkazib berilgan gaz miqdori haqida aniq ma&#8217;lumot berilishi qayd etilgan. Biroq 34 foiz ishtirokchi bunday ma&#8217;lumot berilmasligini bildirgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, 85,1 foiz respondent yetkazib berilgan gaz miqdoriga ishonch bildirgan. Gazning amaldagi narxini biladiganlar 86,3 foizni tashkil etgan.<\/p>\n<p>To\u2018lov miqdori va hisob-kitobni tushunarli deb hisoblovchilar esa 99 foizni tashkil etgan.<\/p>\n<p><strong>Chek berish masalasida kamchiliklar bor<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018rovnoma natijasiga ko\u2018ra, to\u2018lov bo\u2018yicha chek yoki boshqa qonuniy tasdiqlovchi hujjatni doimo oladiganlar 57,1 foizni tashkil etgan. 32,4 foiz ishtirokchi esa chek umuman berilmasligini bildirgan.<\/p>\n<p>Bu ko\u2018rsatkich iste&#8217;molchining o\u2018z xaridini va to\u2018lovini tasdiqlovchi hujjatga ega bo\u2018lishi nuqtai nazaridan alohida e&#8217;tibor talab qiladi.<\/p>\n<p><strong>Shartnoma va iste&#8217;molchi huquqlari<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018rov ishtirokchilarining 88,3 foizi suyultirilgan gaz ta&#8217;minoti bo\u2018yicha shartnoma tuzganini bildirgan. Biroq ularning 26,7 foizida shartnoma nusxasi mavjud emas.<\/p>\n<p>Shartnoma shartlari 70,8 foiz ishtirokchiga tushuntirilgan bo\u2018lsa, 29,2 foizida bu borada tushuntirish berilmagan.<\/p>\n<p>Shuningdek, iste&#8217;molchi sifatidagi huquqlari tushuntirilganini bildirganlar 69,5 foizni tashkil etgan, 30,5 foiz ishtirokchi esa o\u2018z huquqlari tushuntirilmaganini qayd etgan.<\/p>\n<p><strong>Xavfsizlik bo\u2018yicha tushuntirishlar ijobiy, ammo yetarli emas<\/strong><\/p>\n<p>Suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari tushuntirilganini bildirganlar 87,6 foizni, gaz sizib chiqqanda qaerga murojaat qilishni biladiganlar esa 92,4 foizni tashkil etgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, gaz ballonidan foydalanish bo\u2018yicha yo\u2018riqnoma yoki tushuntirish olmaganlar 25,7 foizni tashkil etgan.<\/p>\n<p>So\u2018nggi vaqtlarda gaz uskunalari yoki ballonlar xavfsizligi bo\u2018yicha mutaxassislar xonadonga tashrif buyurganini 54,6 foiz respondent bildirgan, 31,7 foizi esa bunday tashrif bo\u2018lmaganini qayd etgan.<\/p>\n<p><strong>Murojaatlar bilan ishlash<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018rovda ishtirok etganlarning 30,2 foizi ilgari suyultirilgan gaz ta&#8217;minoti bo\u2018yicha shikoyat yoki murojaat qilgan.<\/p>\n<p>Murojaatlarning asosiy qismi gazning o\u2018z vaqtida yetkazilmasligi, ballon holati, gaz miqdori, to\u2018lov va boshqa ta&#8217;minot masalalari bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Murojaat qilganlarning 23,8 foizi murojaatiga javob berilganini, 4,1 foizi javob berilmaganini, 2,2 foizi esa qisman javob berilganini bildirgan. Muammo amalda bartaraf etilganini qayd etganlar 22,2 foizni tashkil etgan.<\/p>\n<p><strong>Tuman va shaharlar kesimida<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018rovnoma natijalarida xizmat sifatiga berilgan o\u2018rtacha baho bo\u2018yicha O\u2018zbekiston tumani \u2014 4,6, Bag\u2018dod \u2014 4,44, Buvayda va Dangara \u2014 4,2, Uchko\u2018prik va Qo\u2018qon shahri \u2014 4,0 ko\u2018rsatkich bilan yuqori natijalarni qayd etgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Farg\u2018ona tumani \u2014 2,7, Beshariq va Qo\u2018shtepa tumanlari \u2014 3,0, Oltiariq \u2014 3,06, Rishton \u2014 3,48 ko\u2018rsatkich bilan nisbatan past baholangan.<\/p>\n<p>Umuman, 315 nafar respondentning baholari bo\u2018yicha suyultirilgan gaz ta&#8217;minoti xizmatining o\u2018rtacha ko\u2018rsatkichi 3,65 ballni tashkil etgan.<\/p>\n<p><strong>Xulosa<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018rovnoma natijalari suyultirilgan gaz ta&#8217;minoti sohasida gaz yetkazib berishning belgilangan grafikka rioya qilinishi, kechikishlar haqida iste&#8217;molchilarni o\u2018z vaqtida xabardor qilish, gaz ballonlarining texnik holati, chek berish, shartnoma nusxasini iste&#8217;molchiga taqdim etish va iste&#8217;molchilar huquqlari bo\u2018yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Ayniqsa, gaz yetkazib berishda kechikishlar yuqori qayd etilgan hamda xizmat sifatiga baho nisbatan past bo\u2018lgan hududlarda mazkur masalalarni alohida o\u2018rganish, aniqlangan muammolarning sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo\u2018yicha amaliy choralar ko\u2018rish maqsadga muvofiq.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmatlarining sifati, muntazamligi, ballonlarning holati, hisob-kitoblar, shartnomaviy munosabatlar va xavfsizlik masalalari yuzasidan so\u2018rovnoma o\u2018tkazildi. So\u2018rovnomada 15 ta tuman va shahardan 315 nafar aholi vakili ishtirok etdi. So\u2018rovnoma natijalari suyultirilgan gaz ta&#8217;minoti sohasida ijobiy jihatlar bilan bir qatorda, iste&#8217;molchilarni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13108,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-13107","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":3,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13107"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13107"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13107\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13110,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13107\/revisions\/13110"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13108"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13107"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13107"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13107"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}