{"id":13177,"date":"2026-10-06T08:02:49","date_gmt":"2026-10-06T03:02:49","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=13177"},"modified":"2026-10-06T08:02:49","modified_gmt":"2026-10-06T03:02:49","slug":"ichimlik-suvi-taminoti-korxonalarida-otkazilgan-organish-natijalari-boyicha-jamlama-tahliliy-malumot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/13177","title":{"rendered":"Ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonalarida o\u2018tkazilgan o\u2018rganish natijalari bo\u2018yicha jamlama tahliliy ma&#8217;lumot"},"content":{"rendered":"<h4>Hududiy birlashma tomonidan kommunal xizmatlar sohasida iste&#8217;molchilar huquqlarining ta&#8217;minlanishi, aholiga xizmat ko\u2018rsatish sifati va ochiqligi holatini o\u2018rganish maqsadida Farg\u2018ona viloyatidagi ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonalari faoliyati bo\u2018yicha o\u2018rganish o\u2018tkazildi.<\/h4>\n<p>O\u2018rganish natijalariga ko\u2018ra, aksariyat hududlarda iste&#8217;molchilarni qabul qilish uchun maxsus joylar, o\u2018tirish joylari, ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari ko\u2018rsatish qoidalari, tariflar hamda to\u2018lov tartibi haqida ma&#8217;lumotlar mavjudligi, suv hisoblagichlarini o\u2018rnatish, plombalash va dalolatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari yo\u2018lga qo\u2018yilgani aniqlangan.<br \/>\nShu bilan birga, ayrim tuman va shaharlarda iste&#8217;molchilarga axborot berish, murojaatlar bilan ishlash, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun sharoit yaratish hamda iste&#8217;molchilar huquqlariga oid ma&#8217;lumotlarni ochiqlashtirish bo\u2018yicha kamchiliklar mavjud.<\/p>\n<p><strong>1. Iste&#8217;molchilarga axborot berish va qabul qilish sharoitlari<\/strong><\/p>\n<p>Qo\u2018qon shahri va Yozyovon tumanida iste&#8217;molchilarni qabul qilish vaqti hamda mas&#8217;ul xodimlar haqida ma&#8217;lumotlarning mavjud emasligi qayd etilgan.<br \/>\nMurojaat qilish tartibi Qo\u2018qon shahri, Farg\u2018ona va Yozyovon tumanlarida ko\u2018rsatilmagan.<br \/>\nIshonch telefoni mavjudligi bo\u2018yicha Farg\u2018ona va Qo\u2018qon shaharlarida kamchilik aniqlangan.<br \/>\nNogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun tegishli sharoitlar Farg\u2018ona shahri, Yozyovon, Qo\u2018shtepa va O\u2018zbekiston tumanlarida mavjud emasligi qayd etilgan.<\/p>\n<p><strong>2. Iste&#8217;molchilar huquqlari haqida xabardorlik<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018rganishda e&#8217;tiborli jihatlardan biri \u2014 \u00abIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Qonun haqida ma&#8217;lumot mavjudligi bilan bog\u2018liq holatdir.<br \/>\nMazkur talab Farg\u2018ona va Qo\u2018qon shaharlari, Farg\u2018ona, Quva, Yozyovon hamda Uchko\u2018prik tumanlarida ta&#8217;minlanmagan.<br \/>\nShuningdek, iste&#8217;molchiga xizmatning sifati va parametrlari haqida ma&#8217;lumot berish bo\u2018yicha Qo\u2018qon shahri, Quva va Yozyovon tumanlarida kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.<\/p>\n<p><strong>3. Ichimlik suvi sifati va ta&#8217;minoti uzluksizligi<\/strong><\/p>\n<p>Suv sifatiga oid ma&#8217;lumotlarni iste&#8217;molchilarga taqdim etish masalasida Yozyovon tumanida kamchilik qayd etilgan.<br \/>\nSuv ta&#8217;minotidagi uzilishlarni qayd etish tizimi ham Yozyovon tumanida to\u2018liq yo\u2018lga qo\u2018yilmagan.<br \/>\nRejali ta&#8217;mirlash ishlari haqida aholini oldindan xabardor qilish hamda uzilishlar davomiyligini hisobga olish bo\u2018yicha O\u2018zbekiston tumanida kamchiliklar mavjud.<br \/>\nAvariya holatlarida iste&#8217;molchilarni xabardor qilish mexanizmi Qo\u2018qon shahrida, zarur hollarda muqobil suv yetkazib berish choralari esa Farg\u2018ona shahrida mavjud emasligi ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p><strong>4. Oqova suv xizmatlari<\/strong><\/p>\n<p>Oqova suv tizimidagi avariyalar, tarmoqdagi tiqilishlar bo\u2018yicha murojaatlarni bartaraf etish va oqova suv xizmatlari uchun hisob-kitoblarni alohida yuritish masalalari bo\u2018yicha Uchko\u2018prik va O\u2018zbekiston tumanlarida ayrim savollarga javob berilmagan.<br \/>\nOqova suv chiqindilarining ko\u2018cha yoki aholi yashash hududiga chiqib ketishi holatlarini tahlil qilish bo\u2018yicha esa Qo\u2018qon va Marg\u2018ilon shaharlarida kamchilik aniqlangan.<\/p>\n<p><strong>5. Murojaatlar bilan ishlash<\/strong><\/p>\n<p>Murojaatlarni qayd etish tizimi hamda murojaatlarga javob berish muddatlarini nazorat qilish bo\u2018yicha Yozyovon tumanida kamchiliklar qayd etilgan.<br \/>\nQayta murojaatlarni tahlil qilish tizimi esa Qo\u2018qon shahrida mavjud emasligi ko\u2018rsatilgan.<br \/>\nTuman va shaharlar kesimida umumiy holat<br \/>\nO\u2018rganish natijalarida nisbatan yaxshi ko\u2018rsatkichlar Toshloq, Oltiariq, Rishton, Bag\u2018dod, Dang\u2018ara va Beshariq tumanlarida qayd etilgan bo\u2018lib, jadvaldagi savollar bo\u2018yicha \u00abyo\u2018q\u00bb javoblari aniqlanmagan.<br \/>\nMarg\u2018ilon shahrida \u2014 1 ta, Qo\u2018shtepa tumanida \u2014 1 ta, Uchko\u2018prik tumanida \u2014 1 ta aniq kamchilik qayd etilgan.<br \/>\nFarg\u2018ona tumani va Quva tumanida 2 tadan, O\u2018zbekiston tumanida 3 ta, Farg\u2018ona shahrida 4 ta kamchilik aniqlangan.<br \/>\nEng ko\u2018p kamchiliklar Qo\u2018qon shahrida \u2014 9 ta va Yozyovon tumanida \u2014 10 ta savol bo\u2018yicha qayd etilgan.<\/p>\n<p><strong>Xulosa<\/strong><\/p>\n<p>Umuman, o\u2018rganish natijalari ichimlik suvi ta&#8217;minoti sohasida iste&#8217;molchilarga xizmat ko\u2018rsatishning asosiy tashkiliy mexanizmlari aksariyat hududlarda shakllanganini ko\u2018rsatmoqda. Biroq iste&#8217;molchilarga axborot berish, murojaatlar bilan ishlash, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun qulay sharoit yaratish, suv ta&#8217;minotidagi uzilishlar haqida oldindan xabardor qilish va iste&#8217;molchilar huquqlariga oid ma&#8217;lumotlarni ochiq joylashtirish yo\u2018nalishlarida ayrim tizimli kamchiliklar mavjud.<br \/>\nAyniqsa, Yozyovon tumani va Qo\u2018qon shahrida aniqlangan kamchiliklar kompleks ravishda tahlil qilinib, iste&#8217;molchilarga xizmat ko\u2018rsatish sifati va axborot ochiqligini oshirish bo\u2018yicha amaliy chora-tadbirlar belgilash maqsadga muvofiq.<br \/>\nShuningdek, o\u2018rganishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, iste&#8217;molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash hamda kommunal xizmatlar sohasida ochiqlik va javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish maqsadga muvofiq.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hududiy birlashma tomonidan kommunal xizmatlar sohasida iste&#8217;molchilar huquqlarining ta&#8217;minlanishi, aholiga xizmat ko\u2018rsatish sifati va ochiqligi holatini o\u2018rganish maqsadida Farg\u2018ona viloyatidagi ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonalari faoliyati bo\u2018yicha o\u2018rganish o\u2018tkazildi. O\u2018rganish natijalariga ko\u2018ra, aksariyat hududlarda iste&#8217;molchilarni qabul qilish uchun maxsus joylar, o\u2018tirish joylari, ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari ko\u2018rsatish qoidalari, tariflar hamda to\u2018lov tartibi haqida ma&#8217;lumotlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13178,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-13177","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":0,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13177"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13177"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13177\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13180,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13177\/revisions\/13180"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13178"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13177"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13177"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13177"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}