{"id":13233,"date":"2026-10-13T10:30:57","date_gmt":"2026-10-13T05:30:57","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=13233"},"modified":"2026-10-13T10:30:57","modified_gmt":"2026-10-13T05:30:57","slug":"qo%ca%bcqonda-oliy-va-professional-ta%ca%bclim-muassasalarida-talabalar-uchun-yaratilgan-sharoitlar-o%ca%bcrganilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/13233","title":{"rendered":"Qo\u02bcqonda oliy va professional ta\u02bclim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o\u02bcrganilmoqda"},"content":{"rendered":"<h4>Sifatli ta\u02bclim olish faqat bilim berish jarayoni bilan cheklanmaydi. Talaba va o\u02bcquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta\u02bclim xizmatlarining ochiqligi, xavfsizligi, ijtimoiy-maishiy qulayliklar hamda ularning qonuniy manfaatlari ta\u02bcminlanishi ham muhim ahamiyatga ega.<\/h4>\n<p>O\u02bczbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi buyrug\u02bciga muvofiq, respublika bo\u02bcylab oliy, o\u02bcrta maxsus va professional ta\u02bclim muassasalarida jamoatchilik monitoringi tadbirlari tashkil etilmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur jarayon doirasida Federatsiyaning Farg\u02bcona viloyati hududiy birlashmasi Ishchi guruhi tomonidan Qo\u02bcqon davlat universiteti, shahardagi 4-sonli texnikumi hamda \u0410bu \u0410li ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ham o\u02bcrganish ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>O\u02bcrganishlardan ko\u02bczlangan asosiy maqsad \u2014 talaba va o\u02bcquvchilarga ko\u02bcrsatilayotgan ta\u02bclim, ijtimoiy-maishiy va boshqa xizmatlarning sifati, ular uchun yaratilgan sharoitlar hamda iste\u02bcmolchi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlarining qay darajada ta\u02bcminlanayotganini baholashdan iborat.<\/p>\n<p><strong>O\u02bcrganishlarda nimalarga e\u02bctibor qaratilmoqda?<\/strong><\/p>\n<p>\u0410vvalo, ta\u02bclim muassasalarida axborot ochiqligi, talabalar uchun zarur ma\u02bclumotlarning mavjudligi, ichki tartib-qoidalar, baholash mezonlari, rahbariyatning qabul kunlari va murojaat qilish imkoniyatlari o\u02bcrganilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, o\u02bcquv auditoriyalari va laboratoriyalarning texnik holati, ularning yoritilishi, isitish va sovitish tizimlari, mebel\u044c va jihozlar bilan ta\u02bcminlanganligi, sanitariya-gigiena sharoitlari ham e\u02bctibor markazida.<\/p>\n<p>Kutubxona va axborot-resurs markazlarining zamonaviy adabiyotlar bilan ta\u02bcminlanganligi, elektron kutubxona, komp\u044cyuter xonalari hamda internet xizmatidan foydalanish imkoniyatlari ham monitoringning muhim yo\u02bcnalishlaridan hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, mavjud talabalar turar joylarida yashash sharoitlari, ichimlik va issiq suv ta\u02bcminoti, sanitariya holati, oshxona va bufetlarda taomlar sifati, narxlarning ochiqligi hamda talabalar uchun hamyonbopligiga e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>\u0410lohida yo\u02bcnalish sifatida nogironligi bo\u02bclgan talaba va o\u02bcquvchilar uchun qulay muhit yaratilganligi, shuningdek, yoshlarning taklif va shikoyatlarini qabul qilish, ularni ko\u02bcrib chiqish mexanizmlari ham o\u02bcrganilmoqda.<\/p>\n<p><strong>Talaba va o\u02bcquvchilarning fikri ham muhim<\/strong><\/p>\n<p>Jamoatchilik monitoringi jarayonida faqat mavjud sharoitlarni ko\u02bczdan kechirish bilan cheklanilmaydi. Talaba va o\u02bcquvchilarning ta\u02bclim hamda ijtimoiy-maishiy xizmatlar sifati yuzasidan fikr-mulohazalarini o\u02bcrganishga ham alohida ahamiyat qaratiladi.<\/p>\n<p>Buning uchun anonim so\u02bcrovnomalardan foydalanish nazarda tutilgan bo\u02bclib, ular orqali yoshlarning o\u02bcquv sharoitlari, kutubxona, ovqatlanish, turar joy va murojaatlar bilan ishlash tizimiga munosabatini bilish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>O\u02bcrganishlar yakunida har bir ta\u02bclim muassasasi bo\u02bcyicha to\u02bcplangan ma\u02bclumotlar umumlashtirilib, ijobiy tajribalar va e\u02bctibor qaratilishi lozim bo\u02bclgan masalalar yuzasidan tegishli xulosa hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishi ko\u02bczda tutilgan.<\/p>\n<p>Zero, ta\u02bclim muassasasida yaratilgan har bir qulaylik \u2014 yoshlarning sifatli bilim olishi, o\u02bcz salohiyatini ro\u02bcyobga chiqarishi va kelajakda malakali mutaxassis bo\u02bclib yetishishiga xizmat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sifatli ta\u02bclim olish faqat bilim berish jarayoni bilan cheklanmaydi. Talaba va o\u02bcquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta\u02bclim xizmatlarining ochiqligi, xavfsizligi, ijtimoiy-maishiy qulayliklar hamda ularning qonuniy manfaatlari ta\u02bcminlanishi ham muhim ahamiyatga ega. O\u02bczbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi buyrug\u02bciga muvofiq, respublika bo\u02bcylab oliy, o\u02bcrta maxsus va professional ta\u02bclim muassasalarida jamoatchilik monitoringi tadbirlari tashkil etilmoqda. Mazkur [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13235,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-13233","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":3,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13233"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13233"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13233\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13236,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13233\/revisions\/13236"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13235"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13233"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13233"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13233"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}