{"id":13249,"date":"2026-10-16T15:48:05","date_gmt":"2026-10-16T10:48:05","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=13249"},"modified":"2026-10-16T15:48:05","modified_gmt":"2026-10-16T10:48:05","slug":"oliy-orta-maxsus-va-professional-talim-muassasalarida-jamoatchilik-monitoringlari-otkazilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/13249","title":{"rendered":"Oliy, o\u2018rta maxsus va professional ta&#8217;lim muassasalarida jamoatchilik monitoringlari o\u2018tkazilmoqda"},"content":{"rendered":"<h4>Bugun O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati hududiy birlashmasi Ishchi guruhi tomonidan Farg\u2018ona shahridagi oliy, o\u2018rta maxsus va professional ta&#8217;lim muassasalarida jamoatchilik monitoringi \u2014 kuzatuv va o\u2018rganish ishlari olib borildi. Jumladan, Ishchi guruhi Farg\u2018ona davlat texnika universiteti hamda mazkur universitet qoshidagi akademik liseyda bo\u2018lib, o\u2018rganish ishlarini olib bordi.<\/h4>\n<p>O\u2018rganishlarning asosiy maqsadi \u2014 ta&#8217;lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va o\u2018quvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ta&#8217;minlanganlik darajasini o\u2018rganish, ularga ko\u2018rsatilayotgan ta&#8217;lim, ijtimoiy-maishiy va madaniy xizmatlar sifatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.<\/p>\n<p>Ishchi guruh tomonidan ta&#8217;lim muassasalaridagi axborot stendlari va rasmiy ma&#8217;lumotlarning ochiqligi, o\u2018quv xonalari va laboratoriyalarning holati, kutubxona hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari, sanitariya-gigiena sharoitlari, ovqatlanish xizmatlari sifati va narxlari, shuningdek, talabalar va o\u2018quvchilarning murojaatlari bilan ishlash tizimi kabi yo\u2018nalishlarga e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, ta&#8217;lim muassasalarida nogironligi bo\u2018lgan yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar, tibbiy yordam ko\u2018rsatish imkoniyatlari va zarur axborotlarni olish sharoitlarini o\u2018rganish ham monitoringning muhim vazifalari sirasiga kiradi.<\/p>\n<p>O\u2018rganishlar davomida talabalar va o\u2018quvchilarning fikr-mulohazalarini xolisona o\u2018rganish maqsadida anonim ijtimoiy so\u2018rovnomalardan foydalanish ham nazarda tutilgan. Aniqlangan holatlar tegishli savolnomalar va dalillar asosida qayd etilib, har bir ta&#8217;lim muassasasi kesimida umumlashtiriladi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash joizki, mazkur tadbirlar nazorat-tekshiruv emas, balki jamoatchilik monitoringi hisoblanadi. Uning davomida ta&#8217;lim muassasalarining moliyaviy-xo\u2018jalik faoliyatiga aralashmaslik, o\u2018quv jarayoniga xalaqit bermaslik hamda faqat xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar va iste&#8217;molchilar huquqlarining ta&#8217;minlanganlik darajasiga e&#8217;tibor qaratish belgilangan.<\/p>\n<p>Monitoring natijalari asosida mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo\u2018yicha tegishli vakolatli tashkilotlarga amaliy takliflar kiritish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Mazkur tashabbus ta&#8217;lim muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish, talabalar va o\u2018quvchilarning huquqiy xabardorligini mustahkamlash hamda ta&#8217;lim olish uchun munosib shart-sharoitlarni ta&#8217;minlashga xizmat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati hududiy birlashmasi Ishchi guruhi tomonidan Farg\u2018ona shahridagi oliy, o\u2018rta maxsus va professional ta&#8217;lim muassasalarida jamoatchilik monitoringi \u2014 kuzatuv va o\u2018rganish ishlari olib borildi. Jumladan, Ishchi guruhi Farg\u2018ona davlat texnika universiteti hamda mazkur universitet qoshidagi akademik liseyda bo\u2018lib, o\u2018rganish ishlarini olib bordi. O\u2018rganishlarning asosiy maqsadi \u2014 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13250,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-13249","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":9,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13249"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13249"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13249\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13252,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13249\/revisions\/13252"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13250"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13249"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13249"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13249"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}