{"id":13284,"date":"2026-10-27T07:23:36","date_gmt":"2026-10-27T02:23:36","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=13284"},"modified":"2026-10-27T07:23:36","modified_gmt":"2026-10-27T02:23:36","slug":"uy-bosqaruvi-tolov-xizmat-va-istemolci-huquqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/13284","title":{"rendered":"UY BO\u015eQARUVI: T\u00d6LOV, XIZMAT VA ISTE\u2019MOL\u00c7I HUQUQI"},"content":{"rendered":"<h4>Bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti aholidan t\u00f6lov talab qilar ekan, \u00f6z zimmasidagi majburiyatlarni ham bajari\u015fi, sarflangan mabla\u011flar va k\u00f6rsatilgan xizmatlar yuzasidan hisobot beri\u015fi \u015fart.<\/h4>\n<p>K\u00f6p qavatli uyda ya\u015fa\u015f faqat \u00f6z xonadoningiz emas, balki bar\u00e7a xonadon egalariga umumiy b\u00f6lgan mulkning ham daxlsizligi, xavfsizligi va saqlani\u015figa e\u2019tibor qarati\u015fni anglatadi. Tomning sozligi, kiri\u015f y\u00f6laklarining holati, liftlarning i\u015fla\u015fi, yert\u00f6lalar, muhandislik tarmoqlari va uyga tuta\u015f hududlarning obodligi \u2014 bularning bar\u00e7asi aholi turmu\u015f sifatiga bevosita ta\u2019sir k\u00f6rsatadi.<\/p>\n<p>Biroq amaliyotda aynan \u015fu masalalar yuzasidan fuqarolar bilan uy-joy mulkdorlari \u015firkatlari va bo\u015fqaruv servis kompaniyalari \u00f6rtasida turli keli\u015fmov\u00e7iliklar kelib \u00e7iqmoqda. Ayrim hollarda aholi xizmatlar \u00f6z vaqtida bajarilmayotganidan norozi b\u00f6lsa, bo\u015fqa holatlarda t\u00f6lovlarning huquqiy asosi, qarzdorlik hisob-kitoblari va bo\u015fqaruv ta\u015fkilotining majburiyatlari yuzasidan savollar tu\u011filmoqda.<\/p>\n<p>Eng muhimi, bunday muammolarni hal eti\u015fda fuqaro ham, bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti ham \u00f6z huquq va majburiyatlarini aniq bili\u015fi lozim.<\/p>\n<p><strong>Raqamlar muammoning k\u00f6lamini k\u00f6rsatmoqda<\/strong><\/p>\n<p>\u00d6zbekiston iste\u2019mol\u00e7ilar huquqlarini himoya qili\u015f jamiyatlari federasiyasi Far\u011fona viloyati hududiy birla\u015fmasi ma\u2019lumotlariga k\u00f6ra, 2026-yilning dastlabki t\u00f6qqiz oyida jami 1 634 ta murojaat kelib tu\u015fgan. \u015eundan 319 tasi kommunal x\u00f6jalik, uy-joy mulkdorlari \u015firkatlari va bo\u015fqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan bo\u011fliq muammolarga taalluqli b\u00f6lgan.<\/p>\n<p>Murojaatlarda fuqarolar, asosan, \u015fartnoma masalalariga oydinlik kiritilmagan holda t\u00f6lov talab qilinayotgani, xizmatlar t\u00f6liq yoki sifatli k\u00f6rsatilmayotgani, \u015funingdek, qarzdorlik hisob-kitoblari yuzasidan e\u2019tirozlar bildiri\u015fgan.<\/p>\n<p>Bundan ta\u015fqari, hisobot davrida tuman va \u015fahar jamiyatlari qo\u015fida ta\u015fkil etilgan \u00abIste\u2019mol\u00e7i bilan muloqot\u00bb huquqiy maslahatxonalari orqali 515 nafar fuqaroga bepul huquqiy maslahat berilgan. Ularning 97 tasi aynan kommunal x\u00f6jalik, uy-joy mulkdorlari \u015firkatlari va bo\u015fqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan bo\u011fliq masalalarni qamrab olgan.<\/p>\n<p>Bu raqamlar aholi u\u00e7un nafaqat sifatli xizmat, balki t\u00f6lovlarning asosliligi, bo\u015fqaruv ta\u015fkilotlarining hisobdorligi va huquqiy axborotning o\u00e7iqligi ham muhim ekanini k\u00f6rsatadi.<\/p>\n<p><strong>\u015eartnoma b\u00f6lmasa, t\u00f6lov talab qili\u015f mumkinmi?<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolar orasida tez-tez u\u00e7raydigan savollardan biri: \u00abBo\u015fqaruv servis kompaniyasi bilan \u015fartnoma tuzmagan b\u00f6lsam, u mendan t\u00f6lov talab qili\u015fga haqlimi?\u00bb<\/p>\n<p>U\u015fbu masala \u00d6zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi \u00d6RQ-581-sonli \u00abK\u00f6p kvartirali uylarni bo\u015fqari\u015f t\u00f6\u011frisida\u00bbgi Qonuni bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<p>Qonunning 28-moddasiga muvofiq, k\u00f6p kvartirali uyni bo\u015fqari\u015f \u015fartnomasi bo\u015fqaruv\u00e7i ta\u015fkilot yoki bo\u015fqaruv\u00e7i bilan har bir joy mulkdori \u00f6rtasida yozma \u015faklda, umumiy yi\u011fili\u015f qarorlarida belgilangan \u015fartlar asosida tuziladi. \u015eartnomada umumiy mol-mulkni saqla\u015f, undan foydalani\u015f va ta\u2019mirla\u015fga oid xizmatlar hamda i\u015flar r\u00f6yxati, t\u00f6lovni belgila\u015f va amalga o\u015firi\u015f tartibi, \u015funingdek, bajarilgan i\u015flar b\u00f6yi\u00e7a hisobot beri\u015f \u015fartlari aks ettirili\u015fi lozim.<\/p>\n<p>\u015eu bilan birga, \u015fartnoma nusxasining fuqaroda mavjud emasligi yoki uning imzolanmagani t\u00f6lov majburiyati avtomatik ravi\u015fda bekor b\u00f6ladi, degan ma\u2019noni anglatmaydi. K\u00f6p kvartirali uydagi joy mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqla\u015f xarajatlarida qonun\u00e7ilikda belgilangan tartibda i\u015ftirok etadilar.<\/p>\n<p>Biroq bu bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti istalgan miqdordagi mabla\u011fni \u00f6zbo\u015fim\u00e7alik bilan talab qili\u015fi mumkinligini ham anglatmaydi. T\u00f6lovning huquqiy asosi, uning miqdori, tegi\u015fli umumiy yi\u011fili\u015f qarori va bo\u015fqaruv \u015fartlari aniq b\u00f6li\u015fi kerak.<\/p>\n<p><strong>Fuqaro nimani talab qili\u015fi mumkin?<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li style=\"font-style: italic;\"><em>Bo\u015fqaruv \u015fartnomasi bilan tani\u015fi\u015f va uning nusxasini oli\u015f.<\/em><\/li>\n<li style=\"font-style: italic;\"><em>T\u00f6lov miqdori qanday belgilangani haqida ma\u2019lumot s\u00f6ra\u015f.<\/em><\/li>\n<li style=\"font-style: italic;\"><em>Umumiy yi\u011fili\u015f qarorlari va xizmatlar r\u00f6yxati bilan tani\u015fi\u015f.<\/em><\/li>\n<li style=\"font-style: italic;\"><em>Talab qilinayotgan qarzning davri, miqdori va hisob-kitob asoslarini tek\u015firi\u015f.<\/em><\/li>\n<\/ul>\n<p>Demak, t\u00f6lov talab qilinganda fuqaro uning huquqiy asosini bili\u015fga haqli, bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti esa \u00f6z talablarini hujjatlar bilan asoslay oli\u015fi lozim.<\/p>\n<p><strong>T\u00f6lov bor \u2014 xizmat ham b\u00f6li\u015fi kerak<\/strong><\/p>\n<p>K\u00f6p qavatli uyda ya\u015fov\u00e7ilar u\u00e7un eng o\u011friqli masalalardan biri \u2014 muntazam t\u00f6lov qilinayotgan b\u00f6lsa-da, umumiy mol-mulkni saqla\u015f va ta\u2019mirla\u015f bilan bo\u011fliq muammolar \u00f6z vaqtida hal etilmayotganidir.<\/p>\n<p>Masalan, tomdan yom\u011fir suvi \u00f6tadi, kiri\u015f y\u00f6laklaridagi \u00e7iroqlar i\u015flamaydi, lift tez-tez nosoz holatga keladi yoki umumiy hududdagi ta\u2019mirla\u015f i\u015flari ke\u00e7iktiriladi. Bunday vaziyatda aholi bo\u015fqaruv ta\u015fkilotidan \u00f6z vazifalarini bajari\u015fni talab qili\u015fga haqli.<\/p>\n<p>\u00abK\u00f6p kvartirali uylarni bo\u015fqari\u015f t\u00f6\u011frisida\u00bbgi Qonunga k\u00f6ra, uyni bo\u015fqari\u015fning asosiy maqsadi aholi u\u00e7un qulay va xavfsiz ya\u015fa\u015f \u015faroitlarini ta\u2019minla\u015f, umumiy mol-mulkni lozim darajada saqla\u015f va undan foydalani\u015f masalalarini hal eti\u015fdan iborat.<\/p>\n<p>\u015euning u\u00e7un bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti faqat t\u00f6lovlarni yi\u011fi\u015f bilan \u00e7eklanmasligi kerak. Uning zimmasidagi vazifalar qatoriga \u015fartnomada belgilangan xizmatlarni k\u00f6rsati\u015f, zarur ta\u2019mirla\u015f i\u015flarini ta\u015fkil eti\u015f, mabla\u011flardan maqsadli foydalani\u015f va mulkdorlarga faoliyati yuzasidan hisobot beri\u015f ham kiradi.<\/p>\n<p>Fuqaro xizmatlar bajarilmayotgani yoki sifatsiz k\u00f6rsatilayotganidan norozi b\u00f6lsa, muammoni foto va video orqali qayd eti\u015fi, bo\u015fqaruv ta\u015fkilotiga yozma murojaat qili\u015fi, kam\u00e7iliklarni bartaraf eti\u015f va bajarilgan i\u015flar haqida ma\u2019lumot beri\u015fni talab qili\u015fi mumkin.<\/p>\n<p>Bunda xizmat k\u00f6rsatilmaganining \u00f6zi bar\u00e7a t\u00f6lovlarni bir tomonlama t\u00f6xtati\u015f u\u00e7un avtomatik asos b\u00f6lmasligini ham unutmaslik kerak. T\u00f6lov majburiyati va qayta hisob-kitob masalasi \u015fartnoma, qonun\u00e7ilik, bajarilgan i\u015flar hamda aniq holatdan kelib \u00e7iqib baholanadi.<\/p>\n<p><strong>Xizmat k\u00f6rsatilmagan b\u00f6lsa, qanday y\u00f6l tuti\u015f kerak?<\/strong><\/p>\n<p>Fuqaroning e\u2019tirozi asosli b\u00f6li\u015fi u\u00e7un uni hujjatlar bilan mustahkamla\u015f muhim. Masalan, kiri\u015f y\u00f6lagi uzoq vaqt tozalanmayotgan b\u00f6lsa, tom ta\u2019mirlanmayotgan yoki bo\u015fqa kam\u00e7ilik bartaraf etilmayotgan b\u00f6lsa, bu holatlarning sanasi va xususiyatini qayd eti\u015f lozim.<\/p>\n<p>\u015eundan s\u00f6ng bo\u015fqaruv ta\u015fkilotiga yozma murojaat yuborib, quyidagilarni s\u00f6ra\u015f mumkin:<\/p>\n<p><em>1. Aniqlangan kam\u00e7iliklarni bartaraf eti\u015f.<\/em><br \/>\n<em>2. \u015eartnomada belgilangan xizmatlar va i\u015flar r\u00f6yxati bilan tani\u015ftiri\u015f.<\/em><br \/>\n<em>3. Bajarilgan i\u015flar va sarflangan mabla\u011flar b\u00f6yi\u00e7a hisobot taqdim eti\u015f.<\/em><br \/>\n<em>4. T\u00f6lovlar va qarzdorlik b\u00f6yi\u00e7a batafsil hisob-kitob beri\u015f.<\/em><br \/>\n<em>5. Qonun\u00e7ilik va \u015fartnoma asoslari mavjud b\u00f6lgan hollarda tegi\u015fli qayta hisob-kitobni amalga o\u015firi\u015f.<\/em><\/p>\n<p>Masalan, fuqaro zimmasiga qarzdorlik yuklatilgan b\u00f6lsa, u qarz qaysi davr u\u00e7un hisoblangani, qanday tarif yoki t\u00f6lov miqdori q\u00f6llangani va hisob-kitob qanday amalga o\u015firilganini bili\u015fi kerak. Tu\u015funarsiz yoki asossiz hisoblangan summalar yuzasidan yozma e\u2019tiroz bildiri\u015f mumkin.<\/p>\n<p>\u015euni ta\u2019kidla\u015f lozimki, xizmatning sifati va hajmini bahola\u015fda faqat bir kunlik holat emas, balki \u015fartnomada belgilangan vazifalar, ularning davriyligi, bajarili\u015f muddati va natijasi hisobga olinadi.<\/p>\n<p><strong>Fuqaro \u00f6z hisobidan ta\u2019mirla\u015f i\u015flarini bajarsa-\u00e7i?<\/strong><\/p>\n<p>Amaliyotda ba\u2019zan bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti \u00f6z vaqtida bajarmagan i\u015fni aholining \u00f6zi amalga o\u015firadi. Masalan, fuqaro umumiy hududdagi ayrim kam\u00e7iliklarni bartaraf eti\u015f yoki ta\u2019mirla\u015f i\u015flarini \u00f6z mabla\u011fi hisobidan bajaradi. \u015eundan s\u00f6ng u sarflagan mabla\u011fini bo\u015fqaruv t\u00f6lovlaridan \u00e7egirib ta\u015fla\u015f mumkinmi, degan savolga du\u00e7 keladi.<\/p>\n<p>Bu masalada \u015fo\u015filin\u00e7 qaror qabul qili\u015f t\u00f6\u011fri emas. Fuqaroning \u00f6z mabla\u011fi hisobidan i\u015f bajargani sarflangan summa avtomatik ravi\u015fda oylik t\u00f6lovdan \u00e7egiriladi, degani emas.<\/p>\n<p>Avvalo, bajarilgan i\u015f umumiy mol-mulkka taalluqlimi, uni amalga o\u015firi\u015f bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti bilan keli\u015filganmi, zarur qarorlar qabul qilinganmi va xarajatlar hujjatlar bilan tasdiqlanganmi \u2014 \u015fu jihatlar aniqlani\u015fi lozim.<\/p>\n<p>Eng maqbul y\u00f6l \u2014 ta\u2019mirla\u015f i\u015flarini bo\u015fla\u015fdan oldin bo\u015fqaruv ta\u015fkilotiga yozma murojaat qili\u015f, i\u015f hajmi va smetasini keli\u015fi\u015f, zarur hollarda mulkdorlarning umumiy yi\u011fili\u015fi qaroriga eri\u015fi\u015fdir. I\u015f yakunlanga\u00e7, t\u00f6lov \u00e7eklari, bajarilgan i\u015flar dalolatnomasi va bo\u015fqa tasdiqlov\u00e7i hujjatlar rasmiyla\u015ftirili\u015fi kerak.<\/p>\n<p>\u015eundan keyin xarajatni qopla\u015f yoki t\u00f6lovlarni hisob-kitob qili\u015f masalasini tegi\u015fli huquqiy asos va keli\u015fuv doirasida hal eti\u015f mumkin. Bunday keli\u015fuv b\u00f6lmasa, fuqaro sarflagan mabla\u011f avtomatik ravi\u015fda bo\u015fqaruv t\u00f6lovidan ayirilmasligi mumkin.<\/p>\n<p>\u015eu sababli, fuqarolarga \u00f6z hisobidan ta\u2019mirla\u015f i\u015flarini amalga o\u015firi\u015fdan oldin ularni keli\u015fib oli\u015f, bo\u015fqaruv ta\u015fkilotining javobini yozma ravi\u015fda oli\u015f va xarajatlarni tasdiqlov\u00e7i hujjatlarni saqla\u015f tavsiya etiladi.<\/p>\n<p><strong>Bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti qan\u00e7alik o\u00e7iq va hisobdor?<\/strong><\/p>\n<p>K\u00f6p kvartirali uyni samarali bo\u015fqari\u015f faqat texnik xizmat k\u00f6rsati\u015f bilan emas, balki moliyaviy o\u00e7iqlik bilan ham belgilanadi.<\/p>\n<p>Mulkdorlar \u00f6zlari t\u00f6layotgan mabla\u011flar nimalarga sarflanayotganini, qaysi i\u015flar rejala\u015ftirilganini va qaysi i\u015flar bajarilganini bili\u015flari kerak. \u015eu bois bo\u015fqaruv ta\u015fkilotlari yillik i\u015flar rejasi, daromad va xarajatlar smetasi, uning ijrosi hamda bajarilgan i\u015flar haqidagi ma\u2019lumotlarni mulkdorlarga taqdim eti\u015fi muhim.<\/p>\n<p>\u00d6zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy maslahat portalida ham k\u00f6p kvartirali uylarni bo\u015fqari\u015f organlarining vazifalari qatorida har bir uy b\u00f6yi\u00e7a i\u015flar rejasini, daromad va xarajatlar smetasini hamda ularning ijrosi t\u00f6\u011frisidagi hisobotni tayyorla\u015f zarurligi k\u00f6rsatilgan.<\/p>\n<p>Aholi ham uyni bo\u015fqari\u015fga befarq b\u00f6lmasligi lozim. Mulkdorlarning umumiy yi\u011fili\u015flarida i\u015ftirok eti\u015f, muammolarni jamoaviy muhokama qili\u015f, bajarilgan i\u015flar b\u00f6yi\u00e7a hisobotlarni \u00f6rgani\u015f va asosli takliflar bildiri\u015f uy-joy bo\u015fqaruvini yax\u015fila\u015fga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>Muammo hal etilmasa, qayerga murojaat qili\u015f mumkin?<\/strong><\/p>\n<p>Agar bo\u015fqaruv ta\u015fkilotiga yuborilgan murojaat natija bermasa yoki fuqaroning qonuniy talabi bajarilmasa, masalani vakolatli idoralarga olib \u00e7iqi\u015f mumkin.<\/p>\n<p>Fuqaro k\u00f6p kvartirali uylarni bo\u015fqari\u015f sohasidagi vakolatli davlat organlariga, iste\u2019mol\u00e7ilar huquqlarini himoya qili\u015f jamiyatlariga murojaat qili\u015fi mumkin. Qonun\u00e7ilikda belgilangan tartibda sud orqali huquqlarini himoya qili\u015f imkoniyati ham mavjud.<\/p>\n<p>Murojaatga \u015fartnoma, t\u00f6lov hujjatlari, qarzdorlik hisob-kitoblari, bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti bilan yozi\u015fmalar, foto-video materiallar va bo\u015fqa dalillarni ilova qili\u015f maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p>Far\u011fona viloyatida faoliyat yuritayotgan \u00abIste\u2019mol\u00e7i bilan muloqot\u00bb huquqiy maslahatxonalari ham fuqarolarga \u00f6z huquqlarini angla\u015f va muammoli vaziyatlarda huquqiy y\u00f6l-y\u00f6riq oli\u015fda yordam beradi.<\/p>\n<p><strong>Huquq va majburiyat \u2014 ikki tomonlama mas\u2019uliyat<\/strong><\/p>\n<p>K\u00f6p kvartirali uyni bo\u015fqari\u015fda fuqaro va bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti \u00f6rtasidagi munosabatlar \u00f6zaro mas\u2019uliyatga asoslani\u015fi kerak. Mulkdor umumiy mol-mulkni saqla\u015f bilan bo\u011fliq qonuniy majburiyatlarini bajari\u015fi, t\u00f6lovlarning asosini bili\u015fi va sifatli xizmat talab qili\u015fi mumkin. Bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti esa \u00f6z zimmasidagi vazifalarni bajari\u015fi, mabla\u011flardan belgilangan maqsadlarda foydalani\u015fi va mulkdorlar oldida hisobdor b\u00f6li\u015fi \u015fart.<\/p>\n<p>Muammolarni hal eti\u015fda \u00f6zaro ayblovlardan k\u00f6ra, \u015fartnoma, hujjatlar, hisobot va qonun\u00e7ilik talablariga tayani\u015f samaraliroqdir.<\/p>\n<p><strong>Unutmang:<\/strong> uy bo\u015fqaruvida t\u00f6lovning asosliligi, xizmatning sifati va mabla\u011flarning \u015faffof sarflani\u015fi bir-biridan ajralmas masalalardir. Huquqingizni biling, talab qiling va qonuniy manfaatlaringizni himoya qiling!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bo\u015fqaruv ta\u015fkiloti aholidan t\u00f6lov talab qilar ekan, \u00f6z zimmasidagi majburiyatlarni ham bajari\u015fi, sarflangan mabla\u011flar va k\u00f6rsatilgan xizmatlar yuzasidan hisobot beri\u015fi \u015fart. K\u00f6p qavatli uyda ya\u015fa\u015f faqat \u00f6z xonadoningiz emas, balki bar\u00e7a xonadon egalariga umumiy b\u00f6lgan mulkning ham daxlsizligi, xavfsizligi va saqlani\u015figa e\u2019tibor qarati\u015fni anglatadi. Tomning sozligi, kiri\u015f y\u00f6laklarining holati, liftlarning i\u015fla\u015fi, yert\u00f6lalar, muhandislik tarmoqlari va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13285,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-13284","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":2,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13284"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13284"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13284\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13287,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13284\/revisions\/13287"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13285"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13284"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13284"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13284"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}