{"id":13364,"date":"2026-11-21T14:36:39","date_gmt":"2026-11-21T09:36:39","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=13364"},"modified":"2026-11-22T07:45:18","modified_gmt":"2026-11-22T02:45:18","slug":"radardan-kelgan-jarimaga-subhangiz-bolsa-qanday-yol-tutis-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/13364","title":{"rendered":"RADARDAN KELGAN JARIMAGA \u015eUBHANGIZ B\u00d6LSA, QANDAY Y\u00d6L TUTI\u015e KERAK?"},"content":{"rendered":"<h4>S\u00f6nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foto va video qayd eti\u015f qurilmalari (radarlar) tomonidan haydov\u00e7ilarning tezligi not\u00f6\u011fri qayd etilayotgani, natijada fuqarolarga asossiz jarimalar rasmiyla\u015ftirilayotgani haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab b\u00f6lmoqda.<\/h4>\n<p>\u015eunday ekan, agar sizga ham not\u00f6\u011fri deb hisoblagan radar jarimasi kelgan b\u00f6lsa, \u00f6z huquqlaringizni bili\u015f va belgilangan tartibda himoya qili\u015f muhim. Quyida bunday vaziyatlarda nimalarga e\u2019tibor beri\u015f kerakligi haqida t\u00f6xtalamiz.<\/p>\n<p><strong>Jarimaga \u015fubhangiz b\u00f6lsa, uni tek\u015firing<\/strong><\/p>\n<p>Foto va video qayd eti\u015f qurilmalari ham texnik vosita b\u00f6lgani sababli ularning i\u015fla\u015fida nosozliklar yoki \u00f6l\u00e7a\u015f natijalariga ta\u2019sir k\u00f6rsatuv\u00e7i xatoliklar yuzaga keli\u015fi mumkin.<\/p>\n<p>\u015eu bois, radar orqali qayd etilgan qoidabuzarlik haqidagi qarorni olganingizda, avvalo uni diqqat bilan \u00f6rganib \u00e7iqing.<\/p>\n<p>Bunda qoidabuzarlik sodir etilgan sana va vaqt, joy, transport vositasining davlat raqami, qayd etilgan tezlik va belgilangan tezlik k\u00f6rsatki\u00e7larini tek\u015firing. Zarur hollarda qurilmaning texnik holati va metrologik qiyosla\u015fdan \u00f6tganligini tasdiqlov\u00e7i hujjatlar haqida ham ma\u2019lumot s\u00f6ra\u015fingiz mumkin.<\/p>\n<p><strong>Radar nosozligi aniqlansa, jarimani bekor qildiri\u015f mumkinmi?<\/strong><\/p>\n<p>Agar qurilmaning texnik talablarga javob bermasligi yoki metrologik qiyosla\u015f bilan bo\u011fliq muammolar aniqlansa, bu holat tegi\u015fli qarorning qonuniyligi va asosliligini bahola\u015fda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Biroq qurilmaning nosozligi aniqlangani bar\u00e7a avvalgi jarimalar avtomatik ravi\u015fda bekor qilini\u015fini anglatmaydi. Har bir ma\u2019muriy qaror b\u00f6yi\u00e7a holatlar va dalillar alohida \u00f6rganili\u015fi lozim.<\/p>\n<p>\u00d6zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy javobgarlik t\u00f6\u011frisidagi kodeksining 314 va 315-moddalariga muvofiq, fuqaro \u00f6ziga nisbatan \u00e7iqarilgan ma\u2019muriy qaror ustidan yuqori turuv\u00e7i organga yoki jinoyat i\u015flari b\u00f6yi\u00e7a tuman (\u015fahar) sudiga \u015fikoyat qili\u015f huquqiga ega.<\/p>\n<p>\u015eikoyat beri\u015f muddati ham muhim. Kodeksning 316-moddasiga muvofiq, qaror nusxasi olingan kundan e\u2019tiboran \u00f6n kun i\u00e7ida \u015fikoyat berili\u015fi mumkin.<\/p>\n<p>\u015eikoyatda radarning texnik holati, metrologik qiyosla\u015f hujjatlari, fotosuratdagi holatlar va bo\u015fqa dalillarga tayani\u015f mumkin.<\/p>\n<p>Masalan, suratda bir ne\u00e7ta avtomobil aks etgan b\u00f6lsa va bu holat qoidabuzarlikni aynan qaysi transport vositasi sodir etganini aniqla\u015fga ta\u2019sir k\u00f6rsatsa, mazkur holat ham \u015fikoyatda k\u00f6rsatili\u015fi mumkin.<\/p>\n<p><strong>\u015eikoyat berilsa, qaror ijrosi t\u00f6xtatiladi<\/strong><\/p>\n<p>Haydov\u00e7ilarni k\u00f6pin\u00e7a \u00abJarima ustidan \u015fikoyat qilsam ham, i\u015f Majburiy ijro byurosiga yuborili\u015fi mumkinmi?\u00bb degan savol qiziqtiradi.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy javobgarlik t\u00f6\u011frisidagi kodeksning 318-moddasiga muvofiq, belgilangan muddatda \u015fikoyat berili\u015fi ma\u2019muriy jazo q\u00f6lla\u015f t\u00f6\u011frisidagi qaror ijrosini \u015fikoyat k\u00f6rib \u00e7iqilgunga qadar t\u00f6xtatib turadi.<\/p>\n<p>\u015euning u\u00e7un qarorga e\u2019tiroz bildiri\u015fning \u00f6zi bilan \u00e7eklanmasdan, belgilangan tartibda rasmiy \u015fikoyat beri\u015f zarur.<\/p>\n<p>Agar \u015fikoyat k\u00f6rib \u00e7iqili\u015fi natijasida qaror bekor qilinsa, u ijroga qaratilmasligi kerak. Agar jarima avval undirib olingan b\u00f6lsa, t\u00f6langan mabla\u011fni qaytari\u015f masalasi ham qonun\u00e7ilikda belgilangan tartibda hal etiladi.<\/p>\n<p><strong>Huquqlaringizni biling!<\/strong><\/p>\n<p>Har bir haydov\u00e7i \u00f6ziga nisbatan \u00e7iqarilgan ma\u2019muriy qarorning qonuniyligi va asosliligini tek\u015firi\u015fni talab qili\u015f huquqiga ega.<\/p>\n<p>\u015eu bois, radar orqali kelgan jarima xabarnomasini befarq qoldirmang. Agar qaror not\u00f6\u011fri \u00e7iqarilgan deb hisoblasangiz, uni belgilangan muddatda va qonuniy tartibda bahsla\u015fing.<\/p>\n<p>Unutmang, \u00f6z huquqlaringizni bili\u015f va ularni qonuniy himoya qili\u015f \u2014 har bir fuqaroning muhim huquqidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>S\u00f6nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foto va video qayd eti\u015f qurilmalari (radarlar) tomonidan haydov\u00e7ilarning tezligi not\u00f6\u011fri qayd etilayotgani, natijada fuqarolarga asossiz jarimalar rasmiyla\u015ftirilayotgani haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab b\u00f6lmoqda. \u015eunday ekan, agar sizga ham not\u00f6\u011fri deb hisoblagan radar jarimasi kelgan b\u00f6lsa, \u00f6z huquqlaringizni bili\u015f va belgilangan tartibda himoya qili\u015f muhim. Quyida bunday vaziyatlarda nimalarga e\u2019tibor beri\u015f [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-13364","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":5,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13364"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13364"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13364\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13367,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13364\/revisions\/13367"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13364"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13364"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13364"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}