{"id":1788,"date":"2020-02-05T11:50:47","date_gmt":"2020-02-05T08:50:47","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=1788"},"modified":"2020-02-09T12:20:10","modified_gmt":"2020-02-09T09:20:10","slug":"%d2%b3%d1%83%d0%b4%d1%83%d0%b4%d0%b8%d0%b9-%d0%b1%d0%b8%d1%80%d0%bb%d0%b0%d1%88%d0%bc%d0%b0-%d1%80%d0%b0%d0%b8%d1%81%d0%b8-%d1%9e%d1%82%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d0%b9%d0%b8%d0%bb-%d1%8f%d0%ba%d1%83%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/1788","title":{"rendered":"Hududiy birlashma raisi o`tgan yil yakunlari va joriy yildagi rejalar bilan o`rtoqlashdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Suhbatdoshimiz O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Raxmonaliev \u0410xrorjon \u0410sqaralievich.<\/strong><\/p>\n<p>&#8212; <em>\u0410hrorjon \u0410sqaralievich, dastlab Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi va uning tarkibidagi tuman va shahar jamiyatlari to`g`risida qisqacha ma\u02bclumotlarni keltirib o`tsangiz.<\/em><br \/>\n&#8212; O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasiga 2003 yilning 8 yanvar kunida Ta\u02bcsischilar konferentsiyasida asos solingan. Bugungi kunda hududiy birlashma tizimida 4 ta shahar va 15 ta tuman jamiyatlari faoliyat olib bormoqda. Tizimda yuz nafarga yaqin xodimlar mehnat qilmoqda. Federatsiyaning Farg`ona viloyatidagi a\u02bczolari soni 100 ming nafardan ortiqroqdir. Ular 400 ga yaqin korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tashkillangan tayanch guruhlariga biriktirilgan.<br \/>\nHududiy birlashma o`z balansidagi ma\u02bcmuriy binosiga ega. Xodimlar uchun zaruriy mehnat sharoitlari yaratib berilgan. E\u02bctiborlisi, bugungi kunga kelib, Marg`ilon shahri, Farg`ona, Rishton va Bag`dod tuman jamiyatlari ham o`z mulklaridagi ma\u02bcmuriy binolarga ega bo`ldilar. Viloyatdagi 19 ta jamiyatning 13 tasi o`z xizmat avtomobillariga ega.<br \/>\n&#8212; <em>O`tgan yilda qanday yangi loyihalarga qo`l urildi?<\/em><br \/>\n&#8212; \u0410lbatta, biz asosiy e\u02bctiborni viloyatimiz aholisining iste\u02bcmolchilik huquqiy bilim saviyasi va iste\u02bcmol madaniyatini yanada oshirishga qaratayapmiz. Bu borada esa o`tgan yil boshida Federatsiya markaziy apparati tomonidan bir qator vazirlik, idora va muassasalar bilan hamkorlikda imzolangan chora-tadbirlar rejalari qo`l keldi. \u0410na shu chora-tadbirlar rejalari asosida yuqoridagi vazirlik va idoralarning viloyatimizdagi 1000 dan ortiq hududiy tashkilotlariga, quyi tuzilmalariga kirib, ulardagi ishchi xodimlar o`rtasida turli formatdagi tadbirlarni tashkilladik. \u0410na shu tadbirlar doirasida aholi (iste\u02bcmolchilar)dan kelib tushgan takliflar asosida esa joriy yilda yangi-yangi loyihalarni rejalashtirib turibmiz.<br \/>\nShu o`rinda, yoshlar bilan bog`liq loyihalarga to`xtalib o`tsam, sababi mamlakatimiz aholisining salmoqli qismini yoshlar tashkil qiladi. O`tgan yilda hududiy birlashma raisining viloyat yoshlari bilan \u201cRahbar va yoshlar\u201d loyihasi asosidagi uchrashuvi o`zgarcharoq shaklda o`tkazildi. Har bir tuman va shahardan Federatsiya faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan bir nafardan yoshlarni taqdirladik. Shuningdek, viloyat yoshlari o`rtasida birinchi marotaba iste\u02bcmolchilik huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan \u201cBreyn-ring\u201d intellektual o\u0451yini tashkillandi. Viloyatimizdagi yosh tadbirkorlar o\u0451rtasida \u201cIste\u02bcmolchilar e\u02bctirofiga sazovor yosh tadbirkor\u201d nominatsiyasi g`oliblari aniqlanib, ularning ichidan 3 nafari munosib taqdirlandi. Bu kabi tadbirlarni viloyat yoshlari o`rtasida joriy yilda ham davom ettirmoqchimiz.<br \/>\n&#8212; <em>Bilishimizcha, o`tgan yilda Federatsiya tashabbusi bilan respublikada 6 ta \u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201d bunyod etilib, shularning 4 tasi Farg`ona viloyatida qurib bitkazilib, ishga tushirildi.<\/em><br \/>\n&#8212; To`g`ri. Federatsiya markaziy apparati tomonidan \u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201d loyihasi e\u02bclon qilingach, loyiha va uni amalga oshirishdan ko`zda tutilgan maqsad va vazifalar tuman va shahar jamiyatlari rahbar va mas\u02bcul xodimlari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Ulardan loyihani viloyatimizda amalga oshirish bo`yicha takliflar oldik. Shundan so`ng, yeng shimarib ishga kirishildi. \u0410lbatta, loyihani viloyatimizda muvoffaqiyatli amalga oshirilishida Federatsiya raisi Jahongir Toshpulatovichning alohida munosib hissasi bor. U kishi loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan tumanlar hokimlariga bir necha bor shaxsan uchrashib, ushbu xayrli ishlarning boshida turganligi bizga katta dalda bo`ldi. Natijada Oltiariq, Rishton, Bag`dod va Farg`ona tumanlarida mazkur loyihalar o`z muddatlarida nihoyasiga yetkazildi, Farg`ona shahri, Dang`ara va Qo`shtepa tumanlarida esa \u201cIste\u02bcmolchilar uyi\u201d loyihalari jadal suratlar bilan davom ettirilmoqda. E\u02bctiborlisi, shu kunga qadar amalga oshirilgan va tarix zarvaraqlariga yozilishga ulgurgan loyihalarning har biri nimasi bilandir o`ziga xosdir. Oltiariqda qurib ishga tushirilgan \u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201d respublikamizda birinchi shu nomda bunyod etilgan kutubxona bo`lganligi bilan tarixda qolgan bo`lsa, Rishtonda bunyod etilgan bino \u201cIste\u02bcmolchilar uyi\u201d sifatida respublikada birinchi bo`ldi. Vodilda foydalanishga topshirilgan hamda tuman jamiyati, \u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201d va ikkinchi qavati tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun moslashtirilgan \u201cIste\u02bcmolchilar uyi\u201d kompleksi ham amalga oshirilgan loyihalar ichida birinchi ikki qavatli bino sifatida tarixda qoladigan bo`ldi.<br \/>\n&#8212; <em>Federatsiyaning asosiy faoliyat yo`nalishlaridan biri bo`lgan iste\u02bcmolchilar murojaatlari bilan ishlash borasida 2019 yilda qanday ishlar amalga oshirildi? Shu to`g`risida ham qisqacha to`xtalib o`tsangiz.<\/em><br \/>\n&#8212; 2019 yil mobaynida tizimimizdagi tashkilotlarga iste\u02bcmolchilardan 762 ta murojaatlar qabul qilib olinib, shularning 485 tasi yozma, 208 tasi og`zaki va 10 tasi elektron shaklda kelib tushdi. Yuqoridagilardan 98 ta murojaat Federatsiyaning 1091 yagona qisqa raqamli ishonch telefoni, 7 tasi Bosh prokuratura, 6 tasi Xalq qabulxonasi, 43 tasi Prezident ishonch telefoni, 9 tasi Prezident veb-sayti, 1 tasi Prezident pochtasi orqali qabul qilib olingan murojaatlardir.<br \/>\nMurojaatlarning 182 tasida savdo sohasi, 138 tasida gaz ta\u02bcminoti, 153 tasida elektr energiyasi ta\u02bcminoti, 88 tasida suv ta\u02bcminoti, 61 tasida kommunal soha bo`yicha, 3 tasida sog`liqni saqlash bo`yicha, 50 tasida xizmat ko`rsatish (servis) sohasi, 29 tasida transport bo`yicha, 15 tasida aloqa (va internet) sohasi, 44 tasida esa boshqa sohalardagi shikoyat va arizalarni o`zida mujassam etgan. Shundan 752 tasini to`liq o`rganib hal qilib berilishiga erishildi, ularning 10 tasi esa muddatlari doirasida jamiyatlar tomonidan o`rganilmoqda. Natijada iste\u02bcmolchilar foydasiga 673 mln 580 ming 474 so`m mablag` hal etib berildi. 21 ta murojaatni hal qilinishida nazorat qiluvchi organlar yordamiga suyangan bo`lsak, 15 ta murojaat sudga murojaat qilish orqali hal etildi. Natijada 39 mln 176 ming 620 so`m nazorat qiluvchi idoralar, 15 mln 452 ming 563 so`m mablag` sud idoralari yordami bilan iste\u02bcmolchilar foydasiga hal etib berildi.<br \/>\nO`tgan yilda jami 824 nafar iste\u02bcmolchilar \u201cIste\u02bcmolchi bilan muloqot\u201d huquqiy maslahatxonalaridan bepul huquqiy maslahatlar oldilar. 1127 nafar fuqarolarning muammolari va ularni qiziqtirgan masalalar tizim rahbarlarining aholi (iste\u02bcmolchilar) bilan muloqotlari doirasida hal qilindi.<br \/>\n&#8212; <em>Joriy yil rejalari xususida ham gapirib o`tsangiz.<\/em><br \/>\n&#8212; Biz O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi e\u02bclon qilinib, 2020 yilni <strong>\u201cIlm, ma\u02bcrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili\u201d<\/strong> deb e\u02bclon qilingach joriy yil rejalarimizni yana bir bor qayta tahlil qilib chiqdik. Bu boradagi rejalarimiz hududiy birlashma Kengashining joriy yildagi birinchi yig`ilishida ham muhokamadan o`tkazildi.<br \/>\nKun tartibimizdagi asosiy masalalardan biri, albatta, bilimli, malakali kadrlarni yetishtirish, ularni o`rni-o`rniga qo`yish, o`z ishiga bo`lgan munosabatini yanada yaxshilash uchun ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`lib qolaveradi. Illo rejalashtirilgan ishlarni shular amalga oshiradi. Rejadagi ishlarning ko`zda tutilgan darajada va saviyada amalga oshirilishi ham ularga bog`liqdir. Ikkinchi asosiy masalalardan biri bu faol jamoatchilar yoki volontyorlar bilan ishlash masalasidir. Mamlakatimizda bu borada yetarli darajada tajriba mavjud bo`lsada, bugungi kun talablari, bu borada ilg`or davlatlar erishgan yutuqlarni o`rganib chiqib, amaliyotga joriy qilishimiz kerak bo`ladi. Olib borayotgan ishlarimiz yo`nalishida jamoatchilikning faol bo`lishi esa bizga juda katta suyanchiq bo`ladi. Demak yoshlar bilan ishlash, ularni iste\u02bcmolchilik ijtimoiy harakatiga faol jalb qilish masalasi kun tartibimizning eng dolzarb masalalaridan biri bo`lib qolaveradi. Shuning bilan birgalikda keksa avlod vakillari bilan ishlash, ularni iste\u02bcmolchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishlari masalasiga ham yangicha yondashuvlar ustida bosh qotirishimiz kerak. Zero ular jamoatchilik nazoratining eng kuchli sub\u02bcektlaridandirlar.<br \/>\nBugungi kunda internet texnologiyalari shu qadar ilgarilab, jamiyat hayotining barcha sohalariga shu qadar singib ketdiki, ularsiz kundalik hayotimizni tasavvur ham qila olmayapmiz. Shundan kelib chiqqan holda, targ`ibot-tashviqot ishlarimizda ana shu texnologiyalardan keng foydalanishimiz kerak. Joriy yilda hududiy birlashmaning istemolchi-info.uz sayti hamda facebook, telegram, twitter, instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini va youtube kanali faoliyatini yanada jonlantirishni rejalashtirib turibmiz.<\/p>\n<p><strong>Hududiy birlashma \u0410xborot xizmati<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Suhbatdoshimiz O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Raxmonaliev \u0410xrorjon \u0410sqaralievich. &#8212; \u0410hrorjon \u0410sqaralievich, dastlab Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi va uning tarkibidagi tuman va shahar jamiyatlari to`g`risida qisqacha ma\u02bclumotlarni keltirib o`tsangiz. &#8212; O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasiga 2003 yilning 8 yanvar kunida Ta\u02bcsischilar konferentsiyasida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1790,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-1788","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":811,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1788"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1788"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1788\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1791,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1788\/revisions\/1791"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1790"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1788"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1788"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1788"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}