{"id":1807,"date":"2020-02-17T17:08:55","date_gmt":"2020-02-17T14:08:55","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=1807"},"modified":"2020-02-17T17:08:55","modified_gmt":"2020-02-17T14:08:55","slug":"%d0%bc%d0%b0%d1%8a%d0%bc%d1%83%d1%80%d0%b8%d0%b9-%d1%81%d1%83%d0%b4-%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8-%d1%84%d0%be%d0%b9%d0%b4%d0%b0%d1%81%d0%b8%d0%b3%d0%b0-%d2%b3%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/1807","title":{"rendered":"Ma\u02bcmuriy sud iste\u02bcmolchi foydasiga hal qiluv qarori chiqardi"},"content":{"rendered":"<p>Iste\u02bcmolchilarning o`z huquqlarini to`liq anglab yetayotganliklari, huquqiy bilim va iste\u02bcmol madaniyatiga ega bo`layotganliklari, o`zlariga hamda atrofdagilarga nisbatan talabchan bo`lib borayotganliklari ularning o`z huquq va manfaatlarini himoya qilinishini so`rab turli idoralarga qilayotgan murojaatlarida ham aksini topmoqda. O`z o`rnida, fuqarolarning iste\u02bcmolchilik huquq va manfaatlarini himoya qilinishini so`rab Federatsiya va uning hududiy organlariga qilayotgan murojaatlari qonunlarda belgilangan muddat va tartiblarda o`rganib chiqilib, ularga amaliy yordamlar ko`rsatib kelinayotganligini ham aytib o`tish o`rinlidir.<br \/>\n<strong>Birgina misol.<\/strong> Beshariq tumani Yangiqo`rgon qishlog`ida yashovchi fuqaro M.To`xtaboevaning xonadoniga tashrif buyurgan MIB tuman bo`limi xodimi tomonidan nazorat kunida 2387000 (ikki million uch yuz sakson yetti ming) so`m qarzdorlik mavjudligi bildirilib, qarzdorlikni 5 kun muddat ichida to`lashi lozimligi to`g`risida talabnoma topshirilgan hamda o`z muddatida to`lov amalga oshirilmasa elektr tarmog`idan uzib qo`yilishi to`g`risida ogohlantirish berilgan. Elektr energiyasi iste\u02bcmoli bo`yicha qarzdor emasligiga ishongan xonadon sohibasi soha mutasaddilariga bu haqda tushuntirish berib, o`zining haqligini isbotlash yo`lida qilgan barcha sa\u02bcy-harakatlari esa besamar ketgan. Bir necha idoralarga murojaat qilib, masalasini hal qila olmagan iste\u02bcmolchi tanish-bilishlarining tavsiyasiga asosan tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat bilan kelgan.<br \/>\n<em>&#8212; Oilamiz bilan 3 oy 15 kun mobaynida elektr energiyasiz yashashga majbur bo`ldik. O`zimni nochor va ojiz sezib yurgan shu vaziyatda, tavsiyalarga asosan mendek o`z huquqlarini bilmaydigan, bunday sharoitda qanday yo`l tutishni anglay olmaydigan fuqarolarga tumanimizda yordam beradigan tashkilot borligini eshitib, bu ishni qonuniy yechimida yordam ko`rsatishlarini so`rab ularga murojaat qildim,<\/em> <strong>&#8212; deydi<br \/>\nM.To`xtaboeva murojaatini o`rganish natijalari bo`yicha tuman jamiyatiga bergan minnatdorchilik xatida.<\/strong><br \/>\nTuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan o`rganishlar natijasida murojaat egasining xonadonida foydalanishda bo`lgan SO 2M2 rusumdagi elektr hisoblagichning amaldagi ko`rsatkichlarini inkor qilgan holda, qo`shimcha ko`rsatkichlar kiritilib, ortiqcha qarzdorlik hisoblanish holatlari ma\u02bclum bo`lgach, Beshariq tuman ma\u02bcmuriy sudiga davlat inspektorining 28.08.2019 yildagi 00777820-sonli talabnoma yuborish va 02.10.2019 yildagi MIB FV \u0410-0001946-sonli dalolatnomani tuzishdan iborat harakatlarini qonunga xilof va haqiqiy emas deb topish yuzasidan da\u02bcvo arizasi kiritildi.<br \/>\nSud arizada keltirilgan holatlarni atroflicha o`rganib chiqib, MIB Beshariq tuman bo`limi xodimining 28.08.2019 yildagi 00777820-sonli talabnoma yuborish va 02.10.2019 yildagi MIB FV \u0410-0001946-sonli dalolatnomani tuzishdan iborat harakatlarini qonunga xilof deb topdi.<br \/>\nTomonlarga sudning hal qiluv qaroridan norozi bo`lgan taqdirda o`z qonuniy huquqlaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi.<br \/>\n<em>&#8212; Bu Prezidentimizning hamma narsa xalq manfaati uchun, davlat va jamiyatning barcha amalga oshirayotgan ishlari odamlarni rozi qilish uchun xizmat qilishi kerak degan purma\u02bcno so`zlarining isboti emasmi? Men amaldagi huquqlarimni himoya qilishda beminnat yordam ko`rsatgan tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga o`z minnatdorchiligimni izxor etaman,<\/em> <strong>&#8212; deydi iste\u02bcmolchi M.To`xtaboeva o`z minnatdorchilik xatini yakunlar ekan.<\/strong> <\/p>\n<p><strong>Xamidjon \u0410xmedov<br \/>\nBeshariq tuman IHHQJ ijro apparati raisi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste\u02bcmolchilarning o`z huquqlarini to`liq anglab yetayotganliklari, huquqiy bilim va iste\u02bcmol madaniyatiga ega bo`layotganliklari, o`zlariga hamda atrofdagilarga nisbatan talabchan bo`lib borayotganliklari ularning o`z huquq va manfaatlarini himoya qilinishini so`rab turli idoralarga qilayotgan murojaatlarida ham aksini topmoqda. O`z o`rnida, fuqarolarning iste\u02bcmolchilik huquq va manfaatlarini himoya qilinishini so`rab Federatsiya va uning hududiy organlariga qilayotgan murojaatlari qonunlarda belgilangan muddat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1811,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-1807","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":1134,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1807"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1807"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1807\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1812,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1807\/revisions\/1812"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1811"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1807"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1807"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1807"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}