{"id":1902,"date":"2020-03-06T07:08:44","date_gmt":"2020-03-06T04:08:44","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=1902"},"modified":"2020-03-06T07:09:40","modified_gmt":"2020-03-06T04:09:40","slug":"%d1%9e%d0%b7-%d2%b3%d1%83%d2%9b%d1%83%d2%9b%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d0%b7%d0%bd%d0%b8-%d1%82%d1%9e%d2%93%d1%80%d0%b8-%d0%b0%d0%bd%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b1-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d1%88%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/1902","title":{"rendered":"O`z huquqlarimizni to`g`ri anglab olishimiz, o`zgalarning huquqlarini ham hurmat qilishimiz lozim"},"content":{"rendered":"<p><em>Buvayda tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta\u02bcminlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalar ishchi xodimlari o`rtasida turli ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy, targ`ibot-tashviqot tadbirlarini o`tkazib bormoqda.<\/em><\/p>\n<p>&#8212; <em>O`tgan yili tumanimizdagi 70 ga yaqin korxona va tashkilotlarda, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida bu kabi tadbirlarni o`tkazgandik,<\/em> &#8212; <strong>deydi Buvayda tuman jamiyati raisi \u0410srorjon Yigitaliev<\/strong>. \u2013 <em>Joriy yilda ham bu ishlarni tizimli asosda davom ettirmoqdamiz. Maqsadimiz har bir iste\u02bcmolchi o`z haq-huquqlarini to`g`ri anglab olishi barobarida o`zgalarning ham huquq va manfaatlariga hurmat bilan yondoshishiga erishish. Shunda jamiyatimizdagi ayrim muammolarni kelib chiqishini oldi olinadi, ayrimlari esa butkul bartaraf etiladi<\/em>.<br \/>\nBuvayda tuman jamiyati tomonidan o`tgan yilda iste\u02bcmolchilardan kelib tushgan murojaatlarni o`rganish natijalariga ko`ra, 11 247 810 (o`n bir million ikki yuz qirq yetti ming sakkiz yuz o`n) so`m mablag` iste\u02bcmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan. Mazkur murojaatlar va ularni o`rganib chiqilishiga doir hujjatlar bilan tanishar ekanman, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligi, murojaatlarning ayrimlarida sotuvchi (xizmat ko`rsatuvchi)larning o`z majburiyatlarini o`z vaqtida va lozim darajada bajarmaganliklari ortidan iste\u02bcmolchining qimmatli vaqtini isrof qilinishi, tiklanmas asab tolalarining uzilishi, ayrimlarimiz uchun arzimas bo`lib ko`ringan masalani hal qila olmasdan idorama-idora sarson bo`lganliklari ko`z oldimdan birma-bir o`tdi. Lekin murojaatlar va ularni o`rganib chiqilishi bo`yicha to`plangan hujjatlar yig`majildini ko`rib chiqish davomida meni e\u02bctiborimni o`ziga tortgan va ranjitgan yana bir narsa bu yuqoridagi holatlarning kelib chiqishiga odamlarimizda ham biroz ayb borligi, ya\u02bcni iste\u02bcmolchilik sohasiga oid qonunchilikdan yaxshi xabardor emasliklari va o`zlarining huquqlarini to`g`ri talab qila olmaganliklari sabab bo`layotganligi bo`ldi. Demak, hali aholi o`rtasida ko`p ishlashimiz kerak, qonunchilik targ`ibotida yangi-yangi usullardan va texnologiyalardan foydalanishimiz lozim.<br \/>\nShu o`rinda tuman jamiyati tomonidan o`rganib chiqilib, iste\u02bcmolchining muammosi hal etib berilgan bitta murojaatga e\u02bctiboringiz qaratmoqchiman. Buvayda tumanida yashovchi fuqaro I. Sodiqov tuman markazida joylashgan savdo do`konidan \u0410-40 markali uyali aloqa telefonini iste\u02bcmol krediti shartlarida, ya\u02bcni pulini bir yil davomida bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan sotib oladi. \u0410mmo oradan hech qancha vaqt o`tmay uyali aloqa vositasi nosoz holatga kelib qoladi. Iste\u02bcmolchi sotib olgan aloqa vositasini sotuvchiga olib kelib sozlab berishini so`raydi. Sotuvchi esa qo`liga servis markazi manzilini berib, xushmuomalalik bilan unga chiqish eshigini ko`rsatib qo`yadi. Servis markazi ustalari esa eshiklarini taqillatib kelgan iste\u02bcmolchiga telefonni soz holatga kelishi uchun bir oy muddat talab qilinishini aytib, \u201cYaxshi kunlaringizda ham kelib turing\u201d, &#8212; qabilidagi so`zlar bilan ko`cha eshigigacha kuzatib qo`yadilar. Sotuvchi-yu xizmat ko`rsatuvchilarning biri-biridan shirin muomalalaridan sarxush iste\u02bcmolchi uyga sim qoqib: \u201cBugun bir osh damlanglar!\u201d, &#8212; deyishga og`iz juftlaydi-yu, qo`lidagi buzuq telefonga ko`zi tushib fikridan qaytadi.<br \/>\nShu joyga kelganda amaldagi qonunchilik talablari bo`yicha iste\u02bcmolchi qanday hatti-harakatlarni amalga oshirishi lozim edi, qanday qilsa to`g`ri yo`l tutgan va muammosini qonuniy yechimiga erishgan bo`lar edi, degan savol tug`ilishi tabiiy hol.<br \/>\n\u0410gar iste\u02bcmolchiga sotilgan tovarda nuqsonlar yuzaga chiqsa, iste\u02bcmolchi tovar aynan shu yerdan sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa yoki tovar cheki, tovar pasporti yoki boshqa)ni ilova qilgan holda o`z e\u02bctirozlarini sotuvchiga bildiradi. Sotuvchi esa, agar iste\u02bcmolchi tovarni almashtirish talabini qo`ysa, uni yetti kunlik muddat ichida almashtirish, agar iste\u02bcmolchi kafolatli ta\u02bcmirlatish talabini qo`ysa uni yigirma kun ichida ta\u02bcmirlatish choralarini ko`radi. Shuningdek, iste\u02bcmolchining talabi bilan tovar nuqsonlarini bartaraf etish davrida foydalanib turish uchun iste\u02bcmolchiga xuddi shu markadagi tovarni berib turadi.<br \/>\n\u0410gar iste\u02bcmolchi to`g`ridan-to`g`ri servis markaziga, ya\u02bcni ishlab chiqaruvchining vakili huzuriga kelsa, servis markazi o`n kunlik muddatda tovardagi nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko`rishi kerak bo`ladi.<br \/>\nYuqoridagi har ikki holatda ham belgilangan muddatlarni o`tkazib yuborilishi, o`tkazib yuborilgan har bir kun uchun sotuvchi (xizmat ko`rsatuvchi, ishlab chiqaruvchi) tomonidan tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to`lanishiga olib keladi.<br \/>\nMurojaatni o`rganish davomida iste\u02bcmolchiga yuqoridagi holatlar tushuntirilgan. Sotuvchiga esa amaldagi qonunchilik bo`yicha majburiyatlari uqtirilgan. O`rganish natijalari va iste\u02bcmolchining tanloviga ko`ra, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste\u02bcmolchining tovardagi nuqsonlarni bartaraf etish to`g`risidagi talabini bajarmaganligi uchun ularga nisbatan amaldagi qonunning 16-moddasiga asosan shartnomani bekor qilinishi talabi qo`yilgan. Nuqsonli tovar sotuvchiga, tovar uchun to`langan pul summasi esa iste\u02bcmolchiga qaytarilgan. Qonunning 20-moddasi bo`yicha o`ziga yetkazilgan moddiy ziyon qoplab berilgan iste\u02bcmolchiga mazkur qonunning 22-moddasi bo`yicha sotuvchidan ma\u02bcnaviy zarar ham undirib olishi mumkinligi va buning uchun masalani sudga olib chiqish lozimligi tushuntirilgan. Lekin iste\u02bcmolchi shartnomani bekor qilinib, yetkazilgan moddiy ziyon qoplanishidan qoniqish hosil qilganligini bildirgan.<br \/>\nBugungi kunda tuman jamiyati tomonidan iste\u02bcmolchilardan kundalik turmush faoliyatiga taalluqli bo`lgan turli tuman masalalarda kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal qilib berish yo`nalishidagi ishlar tizimli asosda davom ettirilmoqda. Men esa iste\u02bcmolchilardan kelib tushgan murojaatlar va ularni o`rganib chiqish davomida to`plangan hujjatlar jamlanmasini yopar ekanman, insonlarning og`irini yengil qilish, ularni qiynab turgan muammolarni hal qilib berish kabi xayrli ishlarni olib boradigan shunday tashkilotda ish boshlayotganimdan ko`nglim ravshan tortib, o`zimcha g`ururlanib ham qo`ydim.<\/p>\n<p><strong>Mirzoxid Nuraliev<br \/>\nBuvayda tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buvayda tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta\u02bcminlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalar ishchi xodimlari o`rtasida turli ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy, targ`ibot-tashviqot tadbirlarini o`tkazib bormoqda. &#8212; O`tgan yili tumanimizdagi 70 ga yaqin korxona va tashkilotlarda, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida bu kabi tadbirlarni o`tkazgandik, &#8212; [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1903,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-1902","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":897,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1902"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1902"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1902\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1905,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1902\/revisions\/1905"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1903"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1902"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1902"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1902"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}