{"id":2030,"date":"2020-03-26T16:03:44","date_gmt":"2020-03-26T13:03:44","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2030"},"modified":"2020-03-26T16:03:44","modified_gmt":"2020-03-26T13:03:44","slug":"%d0%b4%d0%be%d0%ba%d1%82%d0%be%d1%80-%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%bc%d1%83%d1%82%d1%83-%d0%bd%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d1%81%d0%be%d0%bd-%d1%9e%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba-%d1%85%d0%b0%d0%bb%d2%9b%d0%b8-%d2%b3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2030","title":{"rendered":"Doktor Marimutu Nadason: O`zbek xalqi hukumati atrofida jipslashib, koronavirusni yengishiga ishonaman"},"content":{"rendered":"<p>Qadrli do`stlar,<\/p>\n<p>Shu kunlarda butun jahon koronavirusning misli ko`rilmagan pandemiyasiga duch kelmoqda, u deyarli barcha mamlakatlarga tarqalib bo`ldi. Ushbu mamlakatlar xalqlari virusni jilovlash va yo`q qilish yo`lida kurashmoqda. Barchamizning birgalikdagi sa\u02bcy-harakatlarimiz natijasida uni tez orada yengishimiz va hayot karantindan so`ng yana o`z iziga tushib ketishiga ishonaman.<br \/>\nMen 2020 yil 15 \u2013 18 yanvar kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo`lib o`tgan <strong>&#171;Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari iste\u02bcmolchilari forumi&#187;<\/strong>da qatnashish uchun go`zal mamlakatingizga borgan va uning ajoyib xalqi bilan uchrashish baxtiga muyassar bo`lgan edim. O`sha forumda o`nlab xalqaro ekspertlar hamda turli mamlakatlarning davlat va nodavlat iste\u02bcmolchilar tashkilotlari vakillari ishtirok etib, iste\u02bcmolchilar huquqini himoya qilish borasidagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan masalalarni muhokama qilgan edi. O`sha masalalar pirovardida butun dunyoda iste\u02bcmolchilar huquqini himoya qilishni yaxshilashga munosib hissa bo`lib qo`shilishi shubhasiz.<br \/>\nQayd etish joizki, &#171;BMTning iste\u02bcmolchilar huquqini himoya qilishning yetakchi printsiplari\u201ddan biri \u201ciste\u02bcmolchilarni ularning salomatligi va xavfsizligiga putur yetkazishi mumkin bo`lgan xavflardan himoya qilishdir\u201d. Shuning uchun Jahon iste\u02bcmolchilar tashkiloti koronavirusni tiyib turish, tarqalishiga yo`l qo`ymaslik va bartaraf etish yo`lida qo`lidan kelgan barcha ishlarni qilmoqda.<br \/>\nO`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mana shu ishga o`z hissasini qo`shayotgani, karantin vaqtida mamlakatda iste\u02bcmol tovarlari narxi oshib ketishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida nazorat kampaniyasi o`tkazayotgani, o`z mablag`lari hisobidan shaxsiy himoya vositalarini sotib olib, aholiga tarqatayotgani hamda tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda milliy, mintaqaviy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida virusni yuqtirmaslik uchun gigiena qoidalariga qat\u02bciy amal qilishga da\u02bcvat etuvchi ko`plab materiallar tayyorlab, efirga uzatayotgani va e\u02bclon qilayotganini eshitib, xursand bo`ldim.<br \/>\nMen O`zbekistonga safarim chog`ida mehmondo`st va mehnatsevar o`zbek xalqi tozalik va tartibni qanchalik yaxshi ko`rishiga shaxsan guvoh bo`lgan edim. \u0410yni hol koronavirus tarqalishiga ishonchli to`siq bo`lishi shubhasiz. O`zbeklar koronavirusni umumiy sa\u02bcy-harakatlar bilan daf qilish yo`lida hukumati atrofida yanada jipsroq birlashishiga va pirovardida uni yengishiga ishonchim komil.<br \/>\nUshbu sinovli kunlarda o`zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.<\/p>\n<p><strong>Doktor Marimutu Nadason,<br \/>\nXalqaro iste\u02bcmolchilar tashkiloti (Consumers International) prezidenti<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadrli do`stlar, Shu kunlarda butun jahon koronavirusning misli ko`rilmagan pandemiyasiga duch kelmoqda, u deyarli barcha mamlakatlarga tarqalib bo`ldi. Ushbu mamlakatlar xalqlari virusni jilovlash va yo`q qilish yo`lida kurashmoqda. Barchamizning birgalikdagi sa\u02bcy-harakatlarimiz natijasida uni tez orada yengishimiz va hayot karantindan so`ng yana o`z iziga tushib ketishiga ishonaman. Men 2020 yil 15 \u2013 18 yanvar kunlari Toshkent [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2031,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2030","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":691,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2030"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2030"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2030\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2032,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2030\/revisions\/2032"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2031"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2030"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2030"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2030"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}